Ðåçóëüòàòîâ: 120

Mobiuz Raqobat qo‘mitasi ko‘rsatmasi bilan tarifni o‘zgartirishdagi cheklovni olib tashladi

Raqobat qo‘mitasi ko‘rsatmasi bilan Mobiuz operatori “Mazza!” tarif rejasiga o‘tishdagi cheklovlarni olib tashladi. Iste’molchilar, shuningdek, oylik abonent to‘lovi uchun hisobda mablag‘ yetishmaganida kunlik to‘lovga o‘tish mumkinligidan xabardor qilinmagan. Operator bu borada saytida e’lon joylashtirdi. gazeta.uz »

2025-7-15 14:58

Raqobat qo‘mitasi Ucell kompaniyasiga ma’naviy zarar uchun javobgarlikni ofertaga kiritish majburiyatini yukladi

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi Ucell kompaniyasiga ommaviy oferta shartlarini qonun hujjatlariga muvofiq qayta ko‘rib chiqish majburiyatini yukladi. Natijada kompaniya hujjatga oldin bo‘lmagan ma’naviy zararni qoplash to‘g‘risidagi o‘zgartirishni kiritdi. gazeta.uz »

2025-5-27 13:05

“Iqtisodiyotni qo‘llash va tashmachilikka qarshi kurash”. Bojxona qo‘mitasi bojsiz olib kirish normalari pasaytirilganini asosladi

Bojxona qo‘mitasi O‘zbekistonda tovarlarni bojsiz olib kirish normalari shu paytgacha yuqori bo‘lgani, endi u xalqaro standartlarga yaqin bo‘lishini ma’lum qildi. Qo‘mita amaldagi tartibni suiiste’mol qilish holatlarini ko‘rsatib, o‘zgartirishlar fuqarolar turmushini yaxshilashga xizmat qilishiga ishontirdi. gazeta.uz »

2025-4-21 08:09

“1 mlrd so‘mni o‘zgartirish rejamiz yo‘q” — Soliq qo‘mitasi QQSga o‘tish chegarasi haqida

QQS to‘lovi uchun belgilangan 1 mlrd so‘mlik yillik aylanma miqdorini o‘zgartirish taklifi berilmoqda. Soliq qo‘mitasi ushbu chegarani qayta ko‘rish rejasi yo‘qligini bildirdi. Mubin Mirzayevga ko‘ra, 1 mlrd so‘m eng optimal summa, mazkur variantda ishlashga qo‘mita ham, tadbirkorlar ham o‘rganib qolgan. gazeta.uz »

2025-4-3 15:34

Bojxona qo‘mitasi telefonlarni deklaratsiyalash tufayli aeroportda yuzaga kelgan navbatlarga izoh berdi

Tarmoqlarda Toshkent aeroportida mobil qurilmalarni UzIMEI`dan o‘tkazish sababli paydo bo‘lgan navbatlar muhokamaga sabab bo‘ldi. Bojxona qo‘mitasi tez orada onlayn deklaratsiyalash ishga tushishi va infokiosklar o‘rnatilishini bildirdi, telefonlarni aeroportda ro‘yxatdan o‘tkazish majburiy emasligini eslatdi. gazeta.uz »

2025-2-21 12:13

Raqobat qo‘mitasi internetdagi foydalanuvchilarni chalg‘itadigan mahsulotlar reklamasidan ogohlantirdi

Raqobat qo‘mitasi internetda og‘ir kasalliklarni samarali davolaydi deya targ‘ib qilinadigan biologik faol qo‘shimchalar, malham, damlama, suv reklamalarining noto‘g‘ri talqinidan ogohlantirdi. Tashkilot reklamaga ishonib olgan mahsulotining foydasini sezmagan fuqarolardan murojaatlar tushayotganini ham eslatdi. gazeta.uz »

2024-11-21 09:16

Raqobat qo‘mitasi monopoliyaga qarshi organ roziligisiz davlat ishtirokidagi korxona tashkil etilgan 4 ta holatni aniqladi

Raqobat qo‘mitasi Andijon viloyatining Oltinko‘l tuman hokimligi, Toshkent viloyatining ayrim sanoat zonasini boshqarish direksiyasi va Kinematografiyani rivojlantirish markazini davlat ishtirokidagi korxonalarni tashkil etishda monopoliyadan oldindan rozilik olmaganini aniqladi. Ularga tegishli ko‘rsatma berildi. gazeta.uz »

2024-11-6 10:03

Raqobat qo‘mitasi Vodiy Sanoat Faxri korxonasini paxta tolasi sotishda narx manipulyatsiyasiga yo‘l qo‘yganlikda aybladi

Raqobat qo‘mitasi Andijon boshqarmasi Vodiy Sanoat Faxri MCHJ 42,5 mlrd so‘mlik paxta tolasini birjaga qo‘ymay, to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma imzolaganini aniqladi. Korxona, shuningdek, narxlarni birja kotirovkalariga nisbatan arzon qo‘llab, narx manipulyatsiyasi sodir etgan. Unga nisbatan tegishli chora ko‘rildi. gazeta.uz »

2024-9-18 18:36

Raqobat qo‘mitasi “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi”ga yo‘lovchilardan undirilgan ortiqcha haq bo‘yicha jarima qo‘lladi

“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” kompaniyasi yo‘lovchilarning chiptalaridan vositachilik yig‘im qiymati bo‘yicha 660 mln so‘mga yaqin ortiqcha haq undirgani aniqlandi. Raqobat qo‘mitasi unga va xuddi shu holat bo‘yicha “Shahar atrofida yo‘lovchi tashish” kompaniyasiga moliyaviy jarima qo‘lladi, pullar iste’molchilarga qaytariladi. gazeta.uz »

2024-8-21 10:34

Raqobat qo‘mitasi reklama qonunchiligi talablariga rioya qilishni so‘rab telekanallarga xat yubordi

Raqobat qo‘mitasi so‘nggi vaqtlarda OAVda reklama tarqatishda “qonunchilik talablari buzilishi” fonida barcha davlat va nodavlat telekanallariga ko‘rsatma xati yubordi. Qo‘mita ulardan bir oy ichida reklama faoliyatini qonunchilikka muvofiqlashtirishni so‘rab, aks holda moliyaviy sanksiyalar qo‘llashdan ogohlantirdi. gazeta.uz »

2024-8-13 20:33