Đĺçóëüňŕňîâ: 51

Madaniyat sohasini rivojlantirishga 2030-yilgacha 1 trln so‘mdan ortiq yo‘naltiriladi

2030-yilgacha madaniyat sohasini rivojlantirishga 1 trln so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘naltirish rejalashtirilmoqda. Shu bilan birga, mamlakatdagi 839 ta madaniyat markazini transformatsiya qilish, Samarqandda yangi Ipak yo‘li muzeyini barpo etish va nodavlat madaniyat tashkilotlarini qo‘llab-quvvatlash ko‘zda tutilgan. gazeta.uz »

2026-4-17 20:13

Xorazmda Telegram’da virusli fayllar tarqatib, fuqarolardan 1 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ni o‘g‘irlagan guruh aniqlandi

Xorazmda Telegram’da virusli fayllar orqali akkauntlarni buzib, fuqarolar bank kartalaridan 1 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ni o‘g‘irlagan guruh fosh etildi. Shuningdek, ular jabrlanuvchilar nomidan yaqinlariga yozib, pul o‘tkazib olgan. Jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov olib borilmoqda. gazeta.uz »

2026-4-1 09:28

Hisobga 1 mlrd so‘mdan ortiq naqd kirimlar “yuqori darajadagi tavakkalchilik” toifasidagi operatsiyalarga kiritilishi mumkin

O‘zbekiston Markaziy banki 16 yoshga to‘lmagan shaxslar hisobvaraqlarida mablag‘larning keskin harakati bilan bog‘liq operatsiyalarni gumonli deb baholashni, shuningdek, 30 kun ichida 1,03 mlrd so‘mdan ortiq naqd kirimlar va xavfi yuqori davlatlarga o‘tkazmalar ustidan monitoringni kuchaytirishni taklif etmoqda. gazeta.uz »

2026-3-30 14:33

Sirdaryoda virusli ilova orqali fuqarolarning 2 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ni o‘zlashtirgan yigit ushlandi

Sirdaryoda yashovchi fuqaro hududlardan 9 nafar shaxsni yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tkazgan. U ushbu shaxslarning akkauntlaridan foydalanib, virusli ilova orqali fuqarolarning telefonlariga zararli dastur yuborgan va jami 201 nafar fuqarodan 2 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ yechib olgan. gazeta.uz »

2026-3-28 09:10

Toshkent viloyatidagi chiqindi tashish korxonalari aholidan 8,8 mlrd so‘mdan ortiq asossiz mablag‘ olgani aniqlandi

Toshkent viloyatidagi 5 ta chiqindi tashish korxonasi iste’molchilardan asossiz mablag‘ olgani aniqlandi. Xususan, ular xonadonlardan chiqindilarni umuman olib ketmagan, biroq to‘lovlar hisoblagan. Raqobat qo‘mitasi qarori bilan aholiga 8,8 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ qayta hisob-kitob qilinadigan bo‘ldi. gazeta.uz »

2025-12-2 08:13

2024-yilda haydovchilarning 20 millionga yaqin qoidabuzarligi uchun 1 trln so‘mdan ortiq jarima solindi — YHXX

2024-yilda haydovchilar 20 millionga yaqin qoidabuzarlik sodir etib, 1 trln so‘mdan ortiq jarima to‘ladi. Mas’ullar bu mablag‘lar davlat budjetiga yo‘naltirilishini ta’kidladi. YHXX 1 mln 250 mingta transport vositasida umuman qoidabuzarlik sodir etilmaganini ma’lum qildi gazeta.uz »

2025-2-26 15:31

Bekobodda ferma mansabdorlari 1 mlrd so‘mdan ortiq kredit pulini talon-toroj qilgani aytilmoqda

Toshkent viloyatida ferma mansabdorlari chorva mollari importi uchun bankdan 1 mlrd 680 mln so‘m kredit, davlat jamg‘armasidan esa 116 mln so‘m subsidiya olgan. Ular bankka ko‘rsatilgan biznes rejaga amal qilmay, mollarni sotib yuborgan va kreditni o‘zlashtirgan. Ferma va bank mansabdorlari tergov qilinmoqda. gazeta.uz »

2024-7-19 17:39

Energetika vazirligi: Metan uchun 3350 so‘mdan ziyod to‘lov qilgan bo‘lsangiz, uni qaytarishni talab qilish huquqiga egasiz

O‘zbekistonning ayrim hududlarida 1-aprel kuni AGTKSHlarda metan 3800 so‘mdan sotildi, bu belgilangan chegara, ya’ni 3350 so‘mdan yuqori. Energetika vazirligi iste’molchilar shoxobchaga chek bilan qaytib, ortiqcha to‘langan summani qaytarishni talab qilish huquqiga ega ekanini ma’lum qildi. gazeta.uz »

2024-4-2 19:55

“Dok-1 Maks”dan vafot etgan va sog‘lig‘i o‘ta og‘ir har bir bola uchun 1 mlrd so‘mdan undirib beriladi

Sud “Dok-1 Maks”dan vafot etgan 68 nafar bola va sog‘lig‘i o‘ta og‘ir ahvoldagi 4 nafar bolaning har biri uchun 1 mlrd so‘mdan ma’naviy zarar undirilishi haqida qaror qildi. Sog‘lig‘i qoniqarli 4 nafar bola uchun 500 mln so‘mdan, sog‘lig‘i yaxshilangan 8 nafar bola uchun esa 200 mln so‘mdan undirilishi belgilandi. gazeta.uz »

2024-2-26 14:41