Ðåçóëüòàòîâ: 153

O‘zbekiston va Qozog‘iston chegarasida yonilg‘i kontrabandasi uchun qo‘llanilgan tunnel aniqlandi

Qozog‘iston va O‘zbekiston chegarasida yonilg‘i-moylash materiallarini kontrabanda yo‘li bilan olib o‘tish uchun qazilgan 450 metr uzunlikdagi yer osti tunneli aniqlandi. O‘zbekiston huquqni muhofaza qiluvchi organlari ham o‘z hududida tegishli choralarni ko‘rgan. Jinoiy sxemaning barcha ishtirokchilari aniqlangan. gazeta.uz »

2025-7-22 09:47

O‘zbekiston, Qozog‘iston va Turkmaniston Ustyurt platosida tabiat muhofazasini kuchaytiradi. O‘zi unga qanday tahdid bor?

O‘zbekiston, Qozog‘iston va Turkmaniston o‘ziga xos ekotizim - Ustyurt platosi tabiatini birgalikda muhofaza qilish bo‘yicha kelishib oldi. 2030-yilgacha mo‘ljallangan yo‘l xaritasi migratsiya yo‘nalishlarini saqlab qolish, monitoringni takomillashtirish va brakonerlikka qarshi kurashni kuchaytirishga yordam beradi. gazeta.uz »

2025-5-30 14:53

OTB va OIIB O‘zbekiston, Qozog‘iston va Ozarbayjonga Yevropaga yashil energiya yo‘lagi loyihasining texnik-iqtisodiy asoslarini shakllantirishda yordam beradi

O‘zbekiston, Qozog‘iston va Ozarbayjon energetika vazirliklari, shuningdek, OTB va OIIB o‘rtasida memorandum imzolandi. U Markaziy Osiyodan Yevropaga yashil energiya eksportini nazarda tutuvchi Kaspiy yashil energetika yo‘lagi loyihasi bo‘yicha texnik-iqtisodiy asoslashni qo‘llab-quvvatlashni nazarda tutadi. gazeta.uz »

2025-4-8 09:37

O‘zbekiston va Qozog‘iston xavfsizlik maslahatlashuvlarining yettinchi raundi bo‘lib o‘tdi

Toshkentdagi maslahatlashuvlarda O‘zbekiston va Qozog‘iston Xavfsizlik kengashlari harbiy va harbiy-texnik sohalardagi hamkorlik, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish, xalqaro terrorizm, diniy ekstremizm va transmilliy uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash masalalarini muhokama qildi. gazeta.uz »

2025-3-28 16:44

Qozog‘iston bilan chegaradagi “Navoiy” — “Qoplonbek” chegara bojxona posti qayta ochildi

O‘zbek-qozoq chegarasidagi “Navoiy” - “Qoplonbek” chegara bojxona posti qayta qurilishdan so‘ng ochildi. U 2022-yilning noyabrida modernizatsiya ishlari sabab yopilgandi. Post yonida avtoturargoh qurildi, xalqaro yo‘nalishdagi avtotransportlar uchun elektron navbat tizimini yo‘lga qo‘yish ham kutilmoqda. gazeta.uz »

2025-1-27 15:07

O‘zbekiston fuqarolari uchun Qozog‘iston va Tojikiston chegarasini ID karta orqali kesib o‘tish tartibini joriy etish rejalashtirilmoqda

O‘zbekiston fuqarolarining Qozog‘iston va Tojikiston chegaralarini faqatgina ID karta orqali kesib o‘tishi tartibini joriy etish rejalashtirilmoqda. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev ma’lum qildi. Avvalroq shunday tartib Qirg‘iziston bilan joriy etilgandi. gazeta.uz »

2024-11-20 10:28

Qoraqalpog‘iston va Buxoroda imtiyozli kreditni talon-toroj qilgan hokim yordamchilariga jinoyat ishi ochildi

Qoraqalpog‘iston Respublikasining Ellikqal’a tumanida hokim yordamchisi 33 kishiga 1 mlrd 88 mln so‘m imtiyozli kredit ajratishga erishib, ularni o‘zlashtirgan. Buxoro viloyatining G‘ijduvon tumanida ham hokim yordamchisi 26 kishiga chiqarilgan 821 mln so‘m kreditni talon-toroj qildi. Ularga jinoyat ishi ochildi. gazeta.uz »

2024-11-19 09:51