Ðåçóëüòàòîâ: 236

Qozog‘iston Senati oiladagi zo‘ravonlikni jinoiy javobgarlikka tortuvchi qonunni qabul qildi

Qozog‘istonda oiladagi zo‘ravonlikni jinoiy javobgarlikka tortuvchi qonun qabul qilindi. Hujjat kaltaklash va qasddan badanga yengil shikast yetkazish uchun jinoiy javobgarlikni nazarda tutadi, badanga o‘rtacha va og‘ir shikast yetkazish uchun javobgarlikni kuchaytiradi. Endi qonunni prezident imzolashi kerak. gazeta.uz »

2024-4-12 10:18

Qozog‘iston o‘zining dunyoviy maqomini har tomonlama mustahkamlashi kerak — Qosim-Jomart Toqayev

Qozog‘iston dunyoviy maqomini mustahkamlashi kerak, lekin u G‘arb tendensiyalariga ergashmaydi, dedi prezident Toqayev. U tarixiy obidalarni himoya qilishni kuchaytirishni buyurdi, “sovet davri belgilari” borligi sabab mamlakat gerbini o‘zgartirishni taklif qildi, jamiyatda shafqatsizlik kuchayayotganiga ishora qildi. gazeta.uz »

2024-3-16 22:22

Rossiya O‘zbekiston va Qozog‘iston kabi davlatlar orqali YeIning sanksiyalangan tovarlarini olishda davom etmoqda — Bloomberg

2023-yilning yanvar-sentabr oylarida Yevropa Ittifoqidan Rossiyaga 450 mln yevrolik yuqori ustuvorlikka ega tovarlar yetib borgan. Tovarlarning chorak qismi to‘g‘ridan-to‘g‘ri YeIdan, qolgani esa O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Xitoy, BAA kabi davlatlar orqali Rossiyaga yetib borgan, deb yozmoqda Bloomberg. gazeta.uz »

2024-2-27 10:09