Ðåçóëüòàòîâ: 141

“Prezident topshiriqlarining ijrosi Hisob palatasi nazoratida bo‘ladi” — Mehriddin Abdullayev

Hisob palatasi manfaatlar to‘qnashuvini aniqlash va affillangan shaxslar bo‘yicha ma’lumotlarni tahlil qilish uchun SI vositalarini joriy etmoqda. Idoraga yirik loyihalarni amalga oshirish uchun hududlarga ajratilgan 43 trln so‘m mablag‘ning maqsadli sarflanishi ustidan nazoratni kuchaytirish topshirildi. gazeta.uz »

2025-7-24 16:16

“Jurnalistlarning mehnatini Vatan posbonlarining jasoratiga qiyoslasak o‘rinli bo‘ladi”. Prezident OAV xodimlarini bayram bilan tabrikladi

O‘zbekiston prezidenti 27-iyunda - Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni bilan soha xodimlarini tabrikladi. “Jurnalist ahlining mashaqqatli mehnatini muqaddas sarhadlarimizda sergak turgan Vatan posbonlarining jasoratiga qiyoslasak o‘rinli bo‘ladi”, - deyiladi tabrikda. gazeta.uz »

2025-6-27 08:01

“O‘zbekistonda energiya Xitoydagiga qaraganda arzonroq bo‘ladi” — ACWA Power rahbari

ACWA Power kompaniyasi rahbari Muhammad Abunayyan O‘zbekiston dunyodagi eng raqobatbardosh yashil energiya ishlab chiqaruvchilardan biriga aylanishini ta’kidladi. U Qoraqalpog‘istonning shamol salohiyatini nafaqat mintaqada, balki dunyoda ham noyob deb atadi: “Ishoning, bu yerda energiya Xitoydagidan arzonroq bo‘ladi”. gazeta.uz »

2025-6-13 15:10

5-iyunda Toshkentda Eko Ritm festivali bo‘ladi. Kirish — “maxsus” chiptalar bilan

Toshkentdagi “Moviy gumbazlar” bog‘ida Eko Ritm festivali bo‘lib o‘tadi. Dastur ekofaollik, ekobrend yarmarkasi, “Krûlya Origami” guruhi va DJ Josef Tumari konsertini o‘z ichiga oladi. Bo‘sh plastik idishlar, batareyalar, makulatura, yaxshi holatdagi kiyim-kechak va o‘yinchoqlar kirish chiptalari sifatida qo‘llanadi. gazeta.uz »

2025-6-3 19:22

O‘zbekistonda 26-may — 1-iyun kunlari ob-havo qanday bo‘ladi? “Gazeta.uz” sharhi

O‘zbekistonda bu haftaning ish kunlari sovuq antitsiklon chekkasi ta’sirida salqin ob-havo kuzatiladi. Tog‘larda, shuningdek, Toshkent viloyati va Farg‘ona vodiysi hududlarida hafta davomida chaqmoq-momaqaldiroqli jarayonlardan so‘ng qisqa muddatli jala yog‘inlar kutiladi, bunday holatlar esa sel xavfini oshiradi. gazeta.uz »

2025-5-26 07:44

19,5 ming daraxt taqdiri nima bo‘ladi? Toshkentdagi Ipakchilik instituti o‘rnida “ekopark” tashkil etilishi mumkin

Tarmoqlarda Ipakchilik ilmiy-tadqiqot instituti hududidagi daraxtlar ko‘chirib o‘tkazilgani haqida xabarlar tarqaldi. Shayxontohur tumani hokimligi hududda ekopark tashkil etilishini ma’lum qildi. Ammo loyiha slaydida ko‘ngilochar bog‘ haqida so‘z boradi. Batafsil “Gazeta.uz” reportajida. gazeta.uz »

2025-5-19 15:04

19,5 ming daraxt taqdiri nima bo‘ladi? Toshkentdagi Ipakchilik instituti o‘rnida ekopark tashkil etilishi mumkin

Tarmoqlarda Ipakchilik ilmiy-tadqiqot instituti hududidagi daraxtlar ko‘chirib o‘tkazilgani haqida xabarlar tarqaldi. Shayxontohur tumani hokimligi hududda ekopark tashkil etilishini ma’lum qildi. Ammo loyiha slaydida ko‘ngilochar bog‘ haqida so‘z boradi. Batafsil “Gazeta.uz” reportajida. gazeta.uz »

2025-5-19 15:04

“Millatlar va dinlararo hamjihatlikni asrash doimo e’tiborimiz markazida bo‘ladi”. Prezidentning Ramazon tabrigi

Prezident O‘zbekiston xalqini Ramazon oyi kirib kelayotgani bilan tabrikladi. U mamlakatdagi “tinch va farovon hayotni, millatlar va dinlararo hamjihatlik muhitini ko‘z qorachig‘idek asrab-avaylash” bundan buyon ham doimiy e’tibor markazida bo‘lishini ta’kidladi. gazeta.uz »

2025-2-28 19:21

OTMlarda ekologiya dasturlari paydo bo‘ladi, texnika va tibbiyot yo‘nalishlari kvotalari 25 ming o‘ringa yetkaziladi

2025/2026 o‘quv yilida Green University sirkulyar iqtisodiyot bo‘yicha mutaxassislar tayyorlashni boshlaydi, yirik shaharlarda “yashil texnikumlar” paydo bo‘ladi. Davlat OTMlarida aniq va tabiiy fanlar, muhandislik-texnika, tibbiyot yo‘nalishlari bo‘yicha grant asosida ta’lim kvotalari 25 ming o‘ringa yetkaziladi. gazeta.uz »

2025-2-11 22:37

Ulushdorlar quruvchini elektron platforma orqali tekshirishi mumkin bo‘ladi

O‘zbekistonda 1-iyuldan uy-joy qurilishi bo‘yicha elektron platforma ishga tushirilishi rejalashtirilmoqda. Unda quruvchilar loyihasi haqidagi ma’lumotlarni e’lon qilishi kerak. Xaridor platformada quruvchining reytingi, avvalgi ishlari, muddatlarga amal qilishi va boshqa ma’lumotlarni tekshirishi mumkin bo‘ladi. gazeta.uz »

2025-2-5 18:50

Toshkent shahriga 3 mingta avtobus yetarli bo‘ladi — “Toshshahartransxizmat” vakili

Toshkent shahridagi harakat tarkibida hozir 1847 ta avtobus bor, ularning 1557 tasi kunlik yo‘nalishga chiqariladi. “Toshshahartransxizmat” rahbari o‘rinbosarining aytishicha, shahar maydoni, aholi, har yuz ming kishiga taqsimlangan avtobus sonidan kelib chiqib, poytaxtga 3000 ta avtobus yetarli bo‘ladi. gazeta.uz »

2025-1-15 15:25