Ðåçóëüòàòîâ: 443

Namanganda 57 ta iPhone’ni ro‘yxatdan o‘tkazib berish evaziga 6 ming dollar pora olgan bojxona inspektori qo‘lga olindi

Namangan viloyatida “Uchqo‘rg‘on” chegara bojxona posti inspektori mobil qurilmalarni noqonuniy ro‘yxatga o‘tkazib berishni va’da qilib pora olayotgan vaqtida qo‘lga olindi. Holat yuzasidan bojxona inspektoriga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi. Tergov harakatlari boshlangan. gazeta.uz »

2025-7-18 12:15

Agalarov Development kompaniyasi Chorvoqdagi kurortiga 5 mlrd dollar investitsiya kiritadi

Mashhur xonanda Emin ishtirokidagi Sea Breeze Uzbekistan loyihasi O‘zbekiston turizm infratuzilmasiga yo‘naltirilgan eng yirik xususiy investitsiyaga aylanishi mumkin. ISSVda kelishuv imzolanishi chog‘ida loyiha qiymati 5 mlrd dollarga baholangani ma’lum qilindi. Avvalroq bu miqdor 10 mlrd dollar edi. gazeta.uz »

2025-6-12 08:42

Gulnora Karimovaning aktivlaridan ta’lim sohasiga ham 43,5 mln dollar yo‘naltiriladi. Bu qanday loyihalarga sarflanadi?

Gulnora Karimovaning Shveysariyada musodara etilgan aktivlaridan 43,5 mln dollari ta’limga yo‘naltiriladi. Bunda ikkita yirik loyiha amalga oshiriladi. Xususan, maktablarda iqlim o‘zgarishiga chidamlilik oshiriladi, sanitariya va isitish tizimlari yaxshilanadi, 50 ta maktab inklyuziv ta’limga moslashtiriladi. gazeta.uz »

2025-4-25 16:11

“Barcha ariq va kanallarni betonlashga 5 mlrd dollar kerak” — O‘zbekiston suv xo‘jaligi vaziri

Suv xo‘jaligi vaziriga ko‘ra, ayni paytda magistral va ichki kanallarni betonlashtirish jarayoni qizg‘in kechmoqda. Bu ishlarga 2025-yil uchun davlat budjetidan 800 mlrd so‘m mablag‘ ajratildi. “Xalqaro ekspertlar hisob-kitobiga ko‘ra, barcha ariq va kanallarni betonlashga 5 mlrd dollar mablag‘ kerak”, - deydi u. gazeta.uz »

2025-3-21 12:58

Tramp 5 mln dollar evaziga AQShda yashash va ishlash huquqini beruvchi “oltin karta” sotishni taklif qildi

AQSh prezidenti Donald Tramp xorijliklarga 5 mln dollar to‘lov evaziga AQShda yashash va ishlash huquqini beruvchi hamda fuqarolikka yo‘l ochuvchi “oltin karta” sotishni taklif qildi. Shuningdek, u kartalarni rossiyalik oligarxlar olishi mumkinligi haqida savolga “ular juda yaxshi odamlar” deb javob qaytardi. gazeta.uz »

2025-2-26 16:46