Ðåçóëüòàòîâ: 88

2025-yilda 673,3 mlrd so‘mlik davlat xaridlarida qonunbuzarliklar aniqlandi — Antikorrupsiya agentligi

2025-yilda 673,3 mlrd so‘mlik 192 ta davlat xaridlarida qonunbuzarliklar aniqlandi. Antikorrupsiya agentligiga ko‘ra, 70 mlrd so‘mlik 60 ta xaridlar bekor qilingan. Qonunchilikni buzgan 14 kishiga ma’muriy, 12 nafariga intizomiy jazo choralari qo‘llanilgan. 2 ta holat bo‘yicha jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan. gazeta.uz »

2026-2-7 14:38

Surxondaryoda 38,5 mlrd so‘mlik davlat xaridida qonun buzilishi aniqlandi, xarid bekor qilindi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi SurxondaryoQurilishInvest buyurtmasi asosida o‘tkazilgan 38,5 mlrd so‘mlik tender jarayonida qonun buzilishi holatini aniqlab, xaridni bekor qildi. Aytilishicha, tender ishtirokchilaridan birining soliq hisobvarag‘iga soliqdan qarzdorlik haqida soxta ma’lumot kiritilgan. gazeta.uz »

2025-11-16 17:34

O‘zbekistonda 10 ta xususiy klinika litsenziyasiz xizmatlar ko‘rsatayotgani aniqlandi

Raqobat qo‘mitasi o‘rganishlarida 10 ta xususiy klinikada litsenziyasiz xizmatlar ko‘rsatilayotgani ma’lum bo‘ldi. 7000 dan ortiq tibbiyot muassasasida o‘tkazilgan tekshiruvlarda peshlavhalar, davlat tilidagi ma’lumotlar va narxnomalarning yo‘qligi bilan bog‘liq qoidabuzarliklar ham aniqlandi. gazeta.uz »

2025-10-15 10:01