Ðåçóëüòàòîâ: 70

O‘zbekistonda ilk bor elektr ishlab chiqarish, uzatish va taqsimlash tariflari ochiqlandi

Idoralararo tarif komissiyasi elektr energetikasining asosiy bo‘g‘inlari - ishlab chiqarishdan tortib taqsimlashgacha bo‘lgan yangi tariflarni tasdiqladi. 1 kVt/soat ishlab chiqarish qiymati 522 so‘mdan 1126 so‘mgacha, tarmoqlar orqali uzatish 98 so‘m, hududlarda taqsimlash esa 171 so‘mdan 410 so‘mgachani tashkil etadi. gazeta.uz »

2026-8-9 08:27

O‘zbekistonda ichimlik suvini ishlab chiqarish va yetkazib berish korxonalari ajratiladi

Prezidentga qilingan taqdimotda ichimlik suvini ishlab chiqarish va uni yetkazib berish vazifalarini ajratish, Magistral suv ta’minoti korxonasini tuzish, tarif komissiyasi hamda shaharlar va tuman markazlaridagi iste’molchilarni masofadan ma’lumot uzatuvchi hisoblagichlar bilan ta’minlash muhokama qilindi. gazeta.uz »

2026-7-21 19:36

Potida markaz, zaytun, dori ishlab chiqarish va turizm. O‘zbekiston va Gruziya nimalar haqida kelishib oldi?

O‘zbekiston va Gruziya qariyb 1 mlrd dollarlik loyihalar haqida kelishib oldi. Poti portida savdo-logistika va ishlab chiqarish markazini tashkil etish, Surxondaryoda zaytun yetishtirishni kengaytirish, dori va ozuqa ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish, shuningdek, turizm va elektrotexnikani rivojlantirish reja qilindi. gazeta.uz »

2026-7-6 10:49

O‘zbekistonda Volkswagen`ning yettita modelini chiqarish rejalashtirilmoqda

O‘zbekistonda Volkswagen’ning yettita modelini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish rejalashtirmoqda, deya ma’lum qildi “O‘zavtosanoat” rahbari Ulug‘bek Rozukulov. Dastlab avtomobillarni Toshkentda ishlab chiqarish mo‘ljallanmoqda, keyinchalik Angrendagi sanoat zonasida yirik zavod qurish masalasi ko‘rib chiqiladi. gazeta.uz »

2026-5-22 13:57

Qozog‘iston va Turkiya uchuvchisiz uchish apparatlarini ishlab chiqarish bo‘yicha qo‘shma korxona tashkil etadi

Qozog‘iston va Turkiya ANKA uchuvchisiz uchish apparatlarini ishlab chiqarish va ularga texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha qo‘shma korxona tuzadi. Ushbu apparatlar Turkish Aerospace Industries kompaniyasi tomonidan Turkiya Harbiy-havo kuchlari va eksport uchun ishlab chiqilmoqda. gazeta.uz »

2026-5-16 16:59

Prezident neft-gaz tarmog‘ida ishlab chiqarish barqarorligini ta’minlash topshirig‘ini berdi

Shavkat Mirziyoyevga “O‘zbekneftgaz”ning birinchi choragi yakunlari, ikkinchi chorakdagi asosiy vazifalar, ishlab chiqarish va moliyaviy ko‘rsatkichlar dinamikasi taqdim etildi. Davlat rahbari neft-gaz tarmog‘ida ishlab chiqarish barqarorligini ta’minlash va moliyaviy intizomni mustahkamlash yuzasidan topshiriqlar berdi. gazeta.uz »

2026-4-15 08:06

O‘zbekistonda fosfogipsni qayta ishlash va sulfat kislotasi ishlab chiqarish loyihasi ishga tushiriladi

O‘zbekistonda fosfogips chiqindilarini qayta ishlash va sulfat kislotasi ishlab chiqarish loyihasini yo‘lga qo‘yish ko‘zda tutilmoqda. “O‘zkimyosanoat” ma’lumotlariga ko‘ra, “Ammofos-Maksam” korxonasi atrofida 78 mln tonnaga yaqin ushbu turdagi chiqindilar to‘planib qolgan. gazeta.uz »

2026-3-13 23:26

Navoiy xalqaro aeroportini markazlashgan boshqaruvdan chiqarish rejalashtirilmoqda

Navoiy xalqaro aeroportiga Uzbekistan Airports’ning markazlashgan operativ boshqaruv tizimidan chiqib, aviakompaniyalar bilan mustaqil shartnomalar tuzish huquqi berilishi mumkin. Havo bandargohi daromadlarini o‘z modernizatsiyasiga sarflash, “porto-franko” erkin bojxona zonasini tashkil etish ko‘zda tutilmoqda. gazeta.uz »

2026-2-2 17:50

“Elektr energiyasi ishlab chiqarish jihatdan masalamiz yo‘q. Faqat tarmoqlarda ishni davom ettirish kerak” — vazir

O‘zbekiston to‘liq elektr energiyasi ishlab chiqarish quvvatiga ega va qishda cheklovlar kutilmayapti (favqulodda vaziyatlardan tashqari), dedi energetika vaziri. Uning ta’kidlashicha, asosiy muammolar 35 foizi 40 yildan ortiq vaqt davomida ishlayotgan elektr tarmog‘ining eskirishi bilan bog‘liq. gazeta.uz »

2025-10-30 18:10

O‘zbekistonda shamol generatorlari uchun butlovchi qismlarni ishlab chiqarish rejalashtirilmoqda

Bir qancha xorijiy kompaniyalar tomonidan O‘zbekistonda shamol generatorlari uchun zarur butlovchi qismlarni ishlab chiqaruvchi zavod qurish rejalashtirilgan. Zomin tumanida shamol parraklarini, Qo‘ng‘irot tumanida shamol elektr stansiyasi minorasini ishlab chiqaruvchi zavodlarni qurish ishlari amalga oshirilmoqda. gazeta.uz »

2025-10-28 15:45

O‘zbekistonda Cobalt ishlab chiqarish ketma-ket uch oydan buyon kamaymoqda, ammo u eng ko‘p sotilayotgan avtomobil bo‘lib qolmoqda

Cobalt ishlab chiqarish hajmi ketma-ket uchinchi oy 2024-yilning mos davrlariga nisbatan kamayib bormoqda. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlarida aytiladi. “O‘zavtosanoat” ma’lumotlariga ko‘ra, Cobalt yarim yillikda eng ko‘p sotilgan avtomobil bo‘ldi. gazeta.uz »

2025-7-22 13:09

Slovakiya O‘zbekiston bilan o‘q-dori ishlab chiqarish va tanklarni modernizatsiyalashdagi hamkorlikni muhokama qildi

Slovakiya O‘zbekiston bilan birgalikda o‘q-dori ishlab chiqarish va harbiy texnikani modernizatsiya qilishdan manfaatdor, dedi bosh vazir Robert Fitso Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashuvdan so‘ng. “Bu yerda Slovakiya kompaniyalari uchun imkoniyatlar juda katta - hatto biz tasavvur qilganimizdan ham ko‘proq”, - dedi u. gazeta.uz »

2025-6-10 11:24

O‘zbekistonda AES uchun quruq sovitish tizimlarini ishlab chiqarish 2026-yilda boshlanadi — “O‘zatom” rahbari

O‘zbekistonda atom elektr stansiyasi uchun quruq sovitish tizimlarini ishlab chiqarish 2026-yilda boshlanishi rejalashtirilmoqda, deya ma’lum qildi “O‘zatom” rahbari Azim Axmedxadjayev. Uning aytishicha, Vengriya kompaniyasi kelgusi oy mahalliylashtirish imkoniyatlarini baholash uchun delegatsiya yuboradi. gazeta.uz »

2025-5-22 12:34