Ðåçóëüòàòîâ: 78

O‘zbekistonda 2025-yilda uy-joy ijarasi 8,3% ga oshdi, Toshkentda esa yer arzonladi — Markaziy bank

2025-yil yakunlariga ko‘ra, O‘zbekistonda ijara stavkalari dollar hisobida 8,3% ga oshdi. Toshkentda yer uchastkalari narxi 9,4% ga arzonlab, bir sotix uchun 319 mln so‘mni tashkil etdi. Markaziy bank buni shahar chekkasidagi yer uchastkalari ulushi ortgani va markaziy tumanlarda taklif qisqargani bilan izohladi. gazeta.uz »

2026-4-13 13:52

O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari 50 mlrd dollardan oshdi — bu yangi tarixiy maksimum

Avgust oyida O‘zbekistonning xalqaro zaxiralari 50 mlrd dollardan oshdi, bu kuzatuvlar boshlangan 2013-yildan buyon rekord ko‘rsatkich hisoblanadi. O‘sishga jahon bozorlarida oltin narxining ortishi sabab bo‘ldi: birgina avgust oyida narx ko‘tarilishining ta’siri 1,2 mlrd dollarni tashkil etdi. gazeta.uz »

2025-9-8 17:12

“Limit qo‘yildi, narx oshdi, lekin uzilishlarning oxiri ko‘rinmayapti” — aholi elektr ta’minotidagi beqarorlikdan norozi

Anomal jazirama sabab elektr tarmoqlariga yuklama oshdi, oqibatda Toshkentning turli joylarida soatlab uzilishlar yuz berdi. Aholi ushbu holatdan noroziligini bildirdi, mas’ullardan hech bo‘lmasa uzilishlar haqida oldindan axborot berishni so‘radi. Gazeta foydalanuvchilarning munosabatlarini jamladi. gazeta.uz »

2025-7-25 16:35

O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari qariyb uchdan bir qismga oshdi, MB 2025-yil uchun prognozni yaxshiladi

Birinchi chorakda O‘zbekistonga 3,3 mlrd dollar pul o‘tkazmalari kelib tushdi - bu o‘tgan yilga nisbatan 32% ga ko‘p. Markaziy bank buni hamkor davlatlar valyutalarining mustahkamlanishi va daromadliroq mamlakatlarga migratsiyaning o‘sishi bilan bog‘lamoqda. MB 2025-yil uchun pul o‘tkazmalari prognozini yaxshiladi. gazeta.uz »

2025-5-22 15:53