Ðåçóëüòàòîâ: 62

Akasining mashinasida YTH sodir etib, sinfdoshining o‘limiga sabab bo‘lgan 17 yoshli yigitga sud hukmi o‘qildi

Toshkentda akasiga tegishli mashinani uydan ruxsatsiz olib chiqib, YTH sodir etgan va do‘stining o‘limiga sabab bo‘lgan 17 yoshli o‘quvchiga sud hukmi o‘qildi. Yigit muqaddam sudlangan. O‘talmagan jazosini qisman qo‘shgan holda, u to‘rt yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosiga shartli hukm qilindi. gazeta.uz »

2025-10-13 08:50

O‘zPFL Superliga ramziy termasi e’lon qilinishini YTH qurbonlari xotirasiga bag‘ishladi

Noyabrning uchinchi yakshanbasida butun dunyoda yo‘l-transport hodisalari qurbonlari xotirlanadi. Bu yil sana 17-noyabrga to‘g‘ri keldi. O‘zbekiston Professional futbol ligasi shu kuni Superliganing 2024-yilgi ramziy termasini maxsus videorolik bilan e’lon qildi va uni YTH qurbonlari xotirasiga bag‘ishladi. gazeta.uz »

2024-11-17 15:50

Toshkentda bir kunda ikkita “garmoshkali” avtobus ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Dushanba kuni Toshkentning Uchtepa tumanida King Long rusumli “garmoshkali” avtobus haydovchisi boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida transport yo‘l chetidagi ko‘chatlar sotiladigan joyga kirib ketdi. Kechga yaqin yana bir avtobus Lacetti bilan to‘qnashdi. Hozirda ikkala holat ham IIBB YHXB tomonidan o‘rganilmoqda. gazeta.uz »

2024-11-12 09:52