Ðåçóëüòàòîâ: 157

Hindiston o‘zining ilk gipertovushli raketasini muvaffaqiyatli uchirganini e’lon qildi

Hindiston o‘zining birinchi gipertovushli raketasini muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazdi. “Bu bizni ilg‘or harbiy texnologiyalarga ega davlatlar guruhiga olib chiqdi”, - dedi mamlakat mudofaa vaziri. So‘nggi yillarda Nyu-Dehli mudofaa sohasini AQSh, Yaponiya va Avstraliya bilan ittifoqchilikda mustahkamlamoqda. gazeta.uz »

2024-11-18 21:31

Norvegiya elektromobillar soni benzinli avtomobillar sonidan oshgan ilk davlat bo‘ldi

Norvegiyada elektromobillar soni (754,3 mingdan ziyod) birinchi marta benzinli avtomobillar sonidan oshib ketdi. Sotuv va chiqindi soliqlaridan ozod qilish, avtoturargoh to‘lovlarini kamaytirish va elektromobillar uchun avtobus yo‘laklaridan foydalanishga ruxsat berilishi bunga turtki bo‘lgani qayd etildi. gazeta.uz »

2024-9-18 12:41

Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston erkaklar jamoasi Olimpiadada ilk mag‘lubiyatga uchradi, qizlar esa g‘alabali yurishni davom ettirmoqda

Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi Budapeshtdagi olimpiadaning to‘rtinchi turida Vetnam terma jamoasidan ilk mag‘lubiyatini qabul qilib oldi. Ayollar jamoasi yuqori baholangan Bolgariya termasini mag‘lub etib, g‘alabali yurishlarini davom ettirmoqda. gazeta.uz »

2024-9-15 12:20

Foto: O‘zbekistonda ilk bor MDH davlatlarining “Sharq-Aksilterror” mashg‘ulotlari o‘tkazildi

O‘zbekistonda ilk bor “Sharq-Aksilterror” qo‘shma antiterror mashg‘ulotlari o‘tkazildi. Ishtirokchilar garovga olinganlarni ozod qilish va muhim infratuzilma obyektlarida shartli terrorchilarni zararsizlantirish ssenariylarini ishlab chiqdi, bunda aviatsiya va uchuvchisiz apparatlardan foydalanildi. gazeta.uz »

2024-9-6 10:06

“Ilm-fan har qanday taraqqiyotning asosidir”. Nobel olgan ilk ayol — Mariya Kyuri hikoyasi

“Gazeta.uz” xotin-qizlar haqidagi stereotiplarni yo‘qqa chiqarib, o‘z faoliyati bilan tarixda o‘chmas iz qoldirgan ayollar haqidagi hikoyalarni davom ettiradi. Bu galgi qahramon - Mendeleyevning elementlar davriy jadvali boyishiga, fan va tibbiyot rivojiga ulkan hissa qo‘shgan Mariya Sklodovskaya-Kyuri. gazeta.uz »

2024-8-18 08:18

O‘zbekiston taekvondo terma jamoasi Olimpiadada ilk bor 5 sportchi bilan qatnashadi

O‘zbekistonlik taekvondochilar Parijdagi Olimpiada o‘yinlarida 5 kishi bo‘lib qatnashadi - Nikita Rafalovich so‘nggi yo‘llanmaga ega chiqdi. Bu XOQning neytral maqomdagi rossiyalik sportchilar ro‘yxatida taekvondochilar qayd etilmagani bilan bog‘liq. Shu vaqtgacha O‘zbekistonda 4 dan ortiq yo‘llanma bo‘lmagan. gazeta.uz »

2024-6-20 14:40

“Flynas" àâèàêîìïàíèÿñè Íàìàíãàíäàí Æèääàãà èëê ïàðâîçèíè àìàëãà îøèðäè

Æèääà-Íàìàíãàí-Æèääà é¢íàëèøèäàãè ïàâîçëàð õàôòàíèíã äóøàíáà, ÷îðøàíáà âà æóìà êóíëàðè àìàëãà îøèðèëèøè ðåæàëàøòèðèëãàí. ru.sputniknews-uz.com »

2023-10-17 06:40