Ðåçóëüòàòîâ: 87

Deputatlar elektron sigaretalarni taqiqlash to‘g‘risidagi qonun loyihasini birinchi o‘qishda qabul qildi. Asosiy ma’lumotlar

Deputatlar elektron sigaretalar (tamakini isitish tizimlari emas, veyplar) muomalasini taqiqlash to‘g‘risidagi qonun loyihasini birinchi o‘qishda qabul qildi. Sog‘liqni saqlash vaziri bunday sigaretalar yoshlar orasida keng tarqalganini aytib, ularning zarari haqida ma’lumot berdi. gazeta.uz »

2025-1-8 09:22

Avstraliyada 16 yoshgacha bo‘lganlarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishini taqiqlovchi qonun qabul qilindi

Avstraliyada 16 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishini butunlay taqiqlovchi qonun qabul qilindi. Hujjat bunday taqiq bo‘yicha dunyodagi eng qat’iy talablardan biri ekani ta’kidlanmoqda. Tanqidchilar va inson huquqlari vakillari qonunni qoraladi. gazeta.uz »

2024-11-29 20:28

O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi tavakkalchiliklarini sug‘urtalash to‘g‘risidagi qonun loyihasi ishlab chiqildi

O‘tgan yili qishda jami 13 ming gektar bog‘ va uzumzor sovuq urishi tufayli zararlandi, oqibatda 207 ming tonna hosil yo‘qotildi. Shu bois prezident topshirig‘iga muvofiq, Ispaniya, Turkiya, AQSh tajribalari asosida “Qishloq xo‘jaligi tavakkalchiliklarini sug‘urta qilish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ishlab chiqildi. gazeta.uz »

2024-11-26 12:24

Bolalarni barcha turdagi zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risidagi qonun imzolandi. Nimalar o‘zgaradi?

Bolalarni barcha turdagi zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risidagi qonunda zo‘ravonlik turlari aniq belgilab berildi. Hujjat jabrlanuvchi bolalar va ularning oilalarini qo‘llab-quvvatlash hamda maktablarda zo‘ravonlikning oldini olish choralarini ko‘zda tutadi. Batafsil “Gazeta.uz” sharhida. gazeta.uz »

2024-11-19 13:30

Gruziya Konstitutsiyaviy sudi “xorijiy agentlar to‘g‘risida"gi qonun bo‘yicha da’volarni ko‘rib chiqishni boshladi

Gruziya Konstitutsiyaviy sudi mamlakatda ommaviy noroziliklarga sabab bo‘lgan “xorijiy agentlar to‘g‘risida"gi qonunga qarshi da’volarni ko‘rib chiqishni boshladi. Da’vogarlar Gruziya prezidenti, nodavlat tashkilotlar, muxolifat deputatlari va mediatashkilotlar hisoblanadi. gazeta.uz »

2024-8-29 22:43

Deputatlar infoqalloblarga qarshi kurashish bo‘yicha qonun qabul qildi

O‘zbekiston deputatlari aldov yo‘li bilan pul ishlab olmoqchi bo‘lgan “soxta trener va lektorlar”ning ma’ruzalari ko‘paygani sababli ma’rifiy faoliyatni tartibga solish bo‘yicha qonun qabul qildi. Deputatning aytishicha, bunday tadbirlar, jumladan, ko‘pxotinlilik, jinsiy kamsitish va feminizmni targ‘ib qiladi. gazeta.uz »

2024-7-23 14:49

Deputatlar “Kosmik faoliyat to‘g‘risida"gi qonun loyihasini birinchi o‘qishda qabul qildi

Qonunchilik palatasi sohadagi davlat siyosatini, taqiq va cheklovlarni belgilab beruvchi “Kosmik faoliyat to‘g‘risida"gi qonun loyihasini birinchi o‘qishda qabul qildi. Deputatlar O‘zbekistonning kosmosdan foydalanish bo‘yicha xalqaro shartnomaga qo‘shilishi to‘g‘risidagi bitimni ham ma’qulladi. gazeta.uz »

2024-7-3 17:39

Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi qonun va daromadlar deklaratsiyasi to‘g‘risidagi qonun loyihasi taqdiri nima bo‘ldi?

Manfaatlar to‘qnashuvi bo‘yicha qonun Prezident administratsiyasida muhokamada, daromadlar deklaratsiyasi to‘g‘risidagi qonun loyihasi esa jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilishi kutilmoqda. “Jarayon to‘xtab qolgani yo‘q, masala dolzarbligini yo‘qotgani yo‘q”, - dedi Antikorrupsiya agentligi direktori Akmal Burxanov. gazeta.uz »

2024-5-19 12:30

Budjet jarayonini takomillashtirish bo‘yicha qonun loyihasida qanday o‘zgarishlar nazarda tutilmoqda?

O‘zbekistonda budjet jarayoni va ichki auditni takomillashtirish bo‘yicha qonun loyihasi yuzasidan jamoatchilik muhokamasi davom etmoqda. Loyiha, jumladan, Moliya vazirligi davlat budjeti ijrosi bo‘yicha Qonunchilik palatasiga har chorakda emas, har yarim yilda axborot berishini nazarda tutadi. Asosiy ma’lumotlar. gazeta.uz »

2024-3-18 12:23

12