Ðåçóëüòàòîâ: 87

Davlat aktivlari agentligi yangi qonun maklerlarni qanday qilib “soya”dan chiqarishini tushuntirdi

“Rieltorlik faoliyati to‘g‘risida”gi qonunning yangi tahriri “makler”larni “soya”dan chiqarishi kutilmoqda, dedi DABA rahbari o‘rinbosari. Ularga sertifikat va kasbiy uyushmalarga a’zoliksiz ko‘chmas mulk agenti sifatida legallashish taklif etiladi, bitimlar esa rieltorlik kompaniyalari orqali rasmiylashtiriladi. gazeta.uz »

2026-4-10 13:44

Ekopartiya hayvonlarni shafqatsiz munosabatdan himoya qilish to‘g‘risidagi qonun loyihasini tayyorlamoqda

Iyundan boshlab hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lganlik uchun jarimalar miqdori oshiriladi. Biroq jazo baribir nomutanosib bo‘lib qolmoqda. Ekopartiya ushbu sohani tartibga solishga “tizimli va kompleks yondashuvni” ta’minlash maqsadida qonun loyihasini tayyorlayotganini ma’lum qildi. gazeta.uz »

2026-4-5 09:29

Davlat xizmatchilari daromadlarini deklaratsiyalashga oid qonun loyihasi nega cho‘zilmoqda? Akmal Burxanov izohi

Davlat xizmatchilari daromadlarini deklaratsiyalashga oid qonun loyihasi takomillashtirilib, uni jamoatchilik muhokamasiga qo‘yish jarayoni ketmoqda va bu vakolat Adliya vazirligida, dedi Antikorrupsiya agentligi rahbari Akmal Burxanov. “Bu to‘xtab qoladigan hujjat emas”, - dedi u. gazeta.uz »

2026-2-7 08:38

Deputatlar davlat budjeti to‘g‘risidagi qonun loyihasini birinchi o‘qishda ma’qulladi

Deputatlar davlat budjeti to‘g‘risidagi qonun loyihasini birinchi o‘qishda ma’qulladi. Loyihaga ko‘ra, 2026-yilda O‘zbekiston YAIMning real o‘sish sur’ati 6,6 foizni tashkil etadi. 2026-yilda budjet taqchilligi chegarasi YAIMning 3 foizi, yangi tashqi qarzlar chegarasi 5 mlrd dollar miqdorida belgilangan. gazeta.uz »

2025-12-3 13:32

Surxondaryoda 38,5 mlrd so‘mlik davlat xaridida qonun buzilishi aniqlandi, xarid bekor qilindi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi SurxondaryoQurilishInvest buyurtmasi asosida o‘tkazilgan 38,5 mlrd so‘mlik tender jarayonida qonun buzilishi holatini aniqlab, xaridni bekor qildi. Aytilishicha, tender ishtirokchilaridan birining soliq hisobvarag‘iga soliqdan qarzdorlik haqida soxta ma’lumot kiritilgan. gazeta.uz »

2025-11-16 17:34

Birinchi bosqich — o‘zini o‘zi tartibga solish, keyin — qonun. Markaziy bank — O‘zbekistondagi bo‘lib to‘lash bozori haqida

Markaziy bank bozor ishtirokchilari bilan birga BNPL (bo‘lib to‘lash) sohasida faoliyat yurituvchi kompaniyalar uchun axloq kodeksi joriy qilmoqda. Bozor ishtirokchilariga axborotni ochiqlash, “foizsiz” kabi so‘zlardan foydalanmaslik, qo‘shimcha to‘lov miqdorini majburiy ko‘rsatish singari qator talablar qo‘yiladi. gazeta.uz »

2025-10-27 17:55

Shaxsning roziligisiz uni tasvirga olishni taqiqlovchi qonun Senatga yuborildi

Qonunchilik palatasi majlisida shaxslarning tasvirga bo‘lgan huquqlari himoyasini kuchaytirishga qaratilgan qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 46−1-moddasiga kiritilayotgan norma deputatlarda savollar tug‘dirdi. Qonun qabul qilinib, Senatga yuborildi. gazeta.uz »

2025-10-7 15:37

“Boj stavkalari faqat qonun darajasida belgilanishi lozim” — Bobur Bekmurodov

“Yuksalish” harakatiga ko‘ra, shaxsiy ehtiyoj uchun olib kiriladigan tovarlar bo‘yicha bojsiz limitlar fuqarolarga qo‘shimcha xarajat va bozorda raqobatning pasayishiga sabab bo‘lmoqda. Harakat raisi stavkalarni qonun darajasida belgilash, Vazirlar Mahkamasi esa tartiblarni ishlab chiqishi lozimligini ta’kidladi. gazeta.uz »

2025-10-7 09:43

Deputatlar O‘zbekistonda islomiy banklar joriy etish to‘g‘risidagi qonun loyihasini muhokama qilmoqda. Tafsilotlar

O‘zbekiston deputatlari islomiy bank to‘g‘risidagi qonun loyihasini birinchi o‘qishda qabul qildi. Qayd etilishicha, hujjat qabul qilinishi aholi va biznesga muqobil moliyaviy xizmatlar ko‘rsatuvchi islomiy banklar, islomiy “darcha” va islomiy mikromoliya tashkilotlarini tashkil etish imkonini beradi. gazeta.uz »

2025-9-16 14:27

O‘zbekistonda elektron sigaretlar taqiqlanmoqda. Qonun kuchga kirgach qanday muammolar tug‘iladi va ularning yechimi qanday?

Elektron sigaretni to‘liq taqiqlashga oid qonun prezident imzosini kutmoqda. Veypning zararli tomonlariga doir matbuot anjumanida nega o‘smirlar sanoatning asosiy nishoniga aylanib qolayotgani, ular qanchalik xavfliligi, qonun kuchga kirgach tug‘iladigan muammolar va ularga tayyorgarlik masalalari gaplashildi. gazeta.uz »

2025-8-6 20:00

Avtoyo‘llar to‘g‘risidagi yangilangan qonun loyihasi nimalarni nazarda tutadi? Tafsilotlar

Qonunchilik palatasi 8-iyul kungi yig‘ilishida “Avtomobil yo‘llari to‘g‘risida”gi qonunning yangi tahrirdagi loyihasini birinchi o‘qishda qabul qildi. Hujjat piyodalar xavfsizligini ta’minlagan holda budjetga tushadigan yuklamani kamaytirish va pulli yo‘llar qurish uchun huquqiy asos yaratishga qaratilgan. gazeta.uz »

2025-7-11 16:19

Transport infratuzilmasida ustuvorlik piyoda va velosipedchilar uchun berilishi qonun bilan belgilanmoqda

O‘zbekistonda transport infratuzilmasini rejalashtirishda ustuvorlik birinchi navbatda piyodalarga berilishi qonun bilan belgilanib qo‘yilmoqda. Keyingi navbatda esa velosiped va individual harakatlanish vositalari, jamoat va maxsus hamda boshqa transport vositalari uchun ustuvorlik inobatga olingan. gazeta.uz »

2025-7-9 13:18

Ha, onlayn platformalarning barcha foydalanuvchilari blogerlardir. AOKA qonun loyihasi bo‘yicha e’tirozlarga munosabat bildirdi

AOKA onlayn platformalar to‘g‘risidagi qonun loyihasi bo‘yicha e’tirozlarga munosabat bildirdi. Ular onlayn platformalarning barcha foydalanuvchilari shundoq ham blogerlar hisoblanishini ta’kidlab, kontent “faqat jamoat tartibi va xavfsizligiga tahdid solsagina” noqonuniy deb hisoblanishiga ishontirdi. gazeta.uz »

2025-5-31 10:07

Onlayn platformalar to‘g‘risidagi qonun loyihasi: foydalanuvchilar va blogerlar uchun nima o‘zgaradi?

Jamoatchilik muhokamasi uchun qo‘yilgan qonun loyihasi O‘zbekistondagi onlayn platformalar va saytlar (OAV emas), blogerlar va inflyuyenserlarga nisbatan talablar belgilaydi. Agar noqonuniy kontentni o‘chirish to‘g‘risidagi ko‘rsatma bajarilmasa, sud qarorisiz foydalanuvchilarning kirishi cheklanishi mumkin. gazeta.uz »

2025-5-13 07:45

O‘zbekistonda haydovchilar uchun jarima ballari to‘g‘risidagi qonun imzolandi. Asosiy ma’lumotlar

Qonunchilikka kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, 12 balldan ko‘proq jarima to‘plagan haydovchilar transportni boshqarish huquqidan vaqtincha mahrum etilishi belgilanmoqda. Shuningdek, avtomobilni mast holda boshqargan va tekshiruvdan o‘tishdan bo‘yin tovlagan haydovchilar jinoiy javobgarlikka tortiladi. gazeta.uz »

2025-2-21 09:45

Armaniston parlamenti YIga kirishni boshlash to‘g‘risidagi qonun loyihasini ma’qulladi

Armaniston parlamenti mamlakatning Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lish jarayonini boshlash to‘g‘risidagi qonun loyihasini birinchi o‘qishda ma’qulladi. Avvalroq bosh vazir Pashinyan loyiha YIga to‘g‘ridan to‘g‘ri a’zolikni anglatmasligi va bu masala bo‘yicha qaror referendum orqali qabul qilinishini aytgandi. gazeta.uz »

2025-2-12 14:11

O‘zbekistonda veyplarni import qilish va sotishni taqiqlash to‘g‘risidagi qonun deputatlar tomonidan bir ovozdan qabul qilindi

O‘zbekiston deputatlari elektron sigaretalarni (veyplar) mamlakatga olib kirish va ularning muomalasini taqiqlash haqidagi qonunni qabul qilib, uni Senatga yubordi. Parlament a’zolari hujjatni ikkinchi va uchinchi o‘qishda hech qanday savollarsiz, bir ovozdan ma’qulladilar. gazeta.uz »

2025-1-30 14:08

O‘zbekistonda mahalla raislarining vakolat muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi qonun birdaniga uch o‘qishda qabul qilindi

Deputatlar mahalla raislarining vakolat muddatini 3 yildan 5 yilgacha uzaytirish to‘g‘risidagi qonunni birdaniga uch o‘qishda qabul qildi. Spiker oldinda 40 dan ortiq qonun borligini ta’kidlab, hujjatni qabul qilishni tezlashtirishni taklif qildi. Mahalla raislari saylovi may oyida bo‘lib o‘tadi. gazeta.uz »

2025-1-15 15:21