Andijonda Malibu piyodalar yo‘lidan o‘tayotgan uch kishini urib ketdi, ulardan ikkisi vafot etdi
Andijon shahrida Malibu 2 haydovchisi tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joyidan o‘tayotgan uch nafar piyodani urib yubordi. Oqibatda ulardan ikki nafari shifoxonada vafot etdi. Holat yuzasidan jinoyat ishi doirasida dastlabki tergov harakatlari boshlandi. gazeta.uz »






