Ðåçóëüòàòîâ: 157

Tramp Eron energetikasini “to‘liq” yo‘q qilish bilan tahdid qildi; Pentagon Eronda quruqlikdagi operatsiyalarga tayyorgarlik ko‘rmoqda

Tramp Tehron yaqin vaqt ichida kelishuvga rozi bo‘lmasa va Hurmuz bo‘g‘ozini ochmasa, Eronning barcha energetika infratuzilmasini “to‘liq” yo‘q qilish bilan tahdid qildi. AQSh prezidentining ushbu bayonoti Pentagonning Eronda quruqlikdagi operatsiyalarga tayyorgarlik ko‘rayotgani haqidagi xabarlardan so‘ng yangradi. gazeta.uz »

2026-3-30 17:05

Isroilda O‘zbekiston fuqarosi mahalliy aholini haqorat qildi, u deportatsiya qilinishi mumkin

Isroilda ishlovchi O‘zbekiston fuqarosi TikTok’da mahalliy aholini haqoratlab video joyladi. Uni mamlakat politsiyasi qo‘lga oldi. Elchixona fuqaro hozirda xavfsiz joydaligini ma’lum qildi. Fuqaro ustidan shikoyat qilgan isroillikning aytishicha, elchixona unga fuqaroning deportatsiya qilinishini bildirgan. gazeta.uz »

2026-3-5 15:23

O‘zbekiston mobil operatorlari telefon firibgarligidan himoya joriy qildi

O‘zbekistondagi mobil operatorlar soxta raqamlardan qo‘ng‘iroqlarni blokirovka qiluvchi anti-spoofing texnologiyasi joriy etilganini ma’lum qildi. Raqamli texnologiyalar vazirligi qo‘llab-quvvatlagan loyiha telefon firibgarligidan himoyalanish va shaxsiy ma’lumotlar sizib chiqishining oldini olishga qaratilgan. gazeta.uz »

2025-10-22 21:58