Samarqandda YTH oqibatida 4 yoshli bola halok bo‘ldi
Jomboy tumanida Gentra haydovchisi yo‘l chetidagi 4 yoshli piyodani urib yubordi. Oqibatda bola tan jarohatlari bilan voqea joyida halok bo‘ldi. gazeta.uz »
Oqibatida - Ïîñëåäíèå íîâîñòè [ Ôîòî â íîâîñòÿõ ] | |
Jomboy tumanida Gentra haydovchisi yo‘l chetidagi 4 yoshli piyodani urib yubordi. Oqibatda bola tan jarohatlari bilan voqea joyida halok bo‘ldi. gazeta.uz »
Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tumanida 221 bosh baliqni elektr qarmoq bilan ovlagan 4 nafar fuqaro ushlandi. Ular tabiatga 1,4 mlrd so‘m zarar yetkazgan. gazeta.uz »
Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida ikkita UAZ to‘qnashuvida ulardan biri ag‘darildi. Oqibatda mashina salonidagi 6 kishi jarohatlandi. YTHga oid hujjatlar jinoiy sudga yuborildi. gazeta.uz »
Sirdaryo daryosining Bekobod tumanidan o‘tgan hududida qum-shag‘al aralashmalari qazib olinayotgani aniqlandi. Buning ortidan tabiatga 87 mlrd so‘mdan ortiq zarar yetdi, 3 ta yuk mashinasi vaqtinchalik jarima maydonchasiga joylashtirildi. gazeta.uz »
Baliqchi tumanida yuk mashinasi bilan to‘qnashgan Nexia 2 avtomobilining 61 yoshli haydovchisi vafot etdi. gazeta.uz »
Kattaqo‘rg‘on tumanida Nexia mashinasining mast haydovchi velosipedda 4 va 7 yoshli qizlari bilan ketayotgan yo‘lovchini urib yubordi. Oqibatda ota va kichik qiz voqea joyida halok bo‘ldi, haydovchi qamoqqa olindi. gazeta.uz »
Chust tumanidagi istiroxat bog‘ida attroksion texnik nosozlik sabab daraxt shoxiga urildi. Oqibatda 3 kishi yengil jaroxat oldi, 1 kishining oyog‘i sindi. gazeta.uz »
Mirobod tumanida rul boshqaruvini yo‘qotgan Lacetti beton ustunga borib urildi. Oqibatda haydovchi va bir yo‘lovchi vafot etdi, yana 3 kishi shifoxonaga yotqizildi. gazeta.uz »
Qo‘ng‘irot tumanida Lacetti haydovchisi rul boshqaruvini yo‘qotib, qarama-qarshi yo‘ldagi Cobalt bilan to‘qnashdi. Oqibatda 2 haydovchi va 1 yo‘lovchi voqea joyida halok bo‘ldi, yana 5 kishi shifoxonada vafot etdi. gazeta.uz »
Ekologlar ikki holatda Qashqadaryo daryosi o‘zanidan noqonuniy tarzda qum qazib olinganini aniqladi. Umumiy hisobda tabiatga 6,3 mlrd so‘m zarar yetgan. To‘plangan hujjatlar prokuraturaga yuborildi. gazeta.uz »
Shanba kuni Toshkent viloyatidagi Chorvoq suv omborida katamaranga gidrotsikl kelib urildi. Oqibatda katamaranda bo‘lgan 2 nafar fuqaro tan jarohati olib, voqea joyida vafot etdi. Hozirda IIB va prokuratura surishtiruv ishlari olib bormoqda. gazeta.uz »
Sel kelishi sababli Xo‘jaobod va Jalaquduq tumanlari orasidagi ko‘priklaridan biri qulab tushdi. Hodisa oqibatida jarohatlanganlar yo‘q, rasmiylardan iborat ishchi guruh voqea joyida ish olib bormoqda. gazeta.uz »
Sergeli tumanida yuqori tezlikdagi Spark qarama-qarshi yo‘ldagi 2 ta mashinaga borib urilgandi. YHXB hodisa oqibatida bir yo‘lovchi vafot etgani va 2 kishi shifoxonaga yotqizilganini ma’lum qildi. gazeta.uz »
Qarshi shahrida BYD Song Plus yo‘liga chiqib kelgan Spark bilan to‘qnashdi. Hodisa oqibatida Spark haydovchisi shifoxonada vafot etdi. gazeta.uz »
Xatirchi tumanida yuqori tezlikdagi BYD Song Plus Champion mashinasi piyodalar o‘tish joyidan o‘tayotgan 2-sinf o‘quvchisini bosib ketdi. Qiz voqea joyida vafot etdi. Holat bo‘yicha jinoiy ish ochildi. gazeta.uz »
Sergeli tumanida o‘zaro tanish bo‘lgan fuqarolar og‘zaki kelishmovchilik sabab janjallashdi. Tarmoqlardagi videoda voqea ishtirokchilaridan biri avtomobilni odamlar ustiga haydagani aks etgan. Oqibatda 5 kishi jarohat oldi, holat bo‘yicha jinoiy ish ochilib, gumonlanuvchilar ushlandi. gazeta.uz »
Xo‘janddan Dushanbe shahri tomon harakatlangan Nexia 2 avtomobili yuk mashinasi bilan to‘qnashdi. Oqibatda uch nafar o‘zbekistonlik fuqaro - mashina haydovchisi va ikki nafar yo‘lovchi voqea joyida halok bo‘ldi. gazeta.uz »
Toshkentning Yunusobod tumanidagi ko‘p qavatli uylarning hovli va yerto‘lalari quvur yorilishi oqibatida suvga to‘ldi. “Gazeta.uz” fotomuxbiri Yevgeniy Sorochin hodisa joyida bo‘lib, fotoreportaj tayyorladi. gazeta.uz »
Senat O‘zbekistondagi yo‘l harakati xavfsizligi bilan bog‘liq vaziyatni yana tanqid qildi. Qayd etilishicha, 5 oy davomida yo‘l-transport hodisalari oqibatida 65 nafar maktab o‘quvchisi halok bo‘lgan, 294 nafari jarohatlangan. gazeta.uz »
Janubiy Koreyaning Xvason shahridagi litiy batareyalar ishlab chiqaruvchi zavodda sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida 22 kishi, asosan, xorijliklar halok bo‘ldi. gazeta.uz »
Zangiota tumanida temiryo‘lni velosipedda kesib o‘tmoqchi bo‘lgan 10 yoshli bolani poyezd urib yubordi. Oqibatda u voqea joyida vafot etdi. gazeta.uz »
Shirin shahrida Nexia 2 avtomobili Janubiy Mirzacho‘l kanaliga quladi. Oqibatda haydovchi va to‘rt nafar yo‘lovchi halok bo‘ldi. gazeta.uz »
Ishtixon tumanida Nexia 3 yo‘l chetida to‘xtab turgan Isuzu’ga borib urildi. Hodisa oqibatida 2 kishi vafot etdi. gazeta.uz »
Uchtepa tumanida “Zil” yo‘ldan o‘tayotgan 3 yoshli bolani urib ketdi. Voqea oqibatida bola vafot etdi. gazeta.uz »
Nurota tumanida Onix avtomobili Damas`ni quvib o‘tmoqchi bo‘lganida qarama-qarshi yo‘nalishdagi Gentra bilan to‘qnashdi. Oqibatda bir oilaning 5 a’zosi (xususan, 2 yoshli bola va 2 oylik qiz) hamda bir haydovchi vafot etdi. gazeta.uz »
Qoraqalpog‘istonning To‘rtko‘l tumanida Cobalt haydovchisi tezlikni oshirish oqibatida boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetidagi pastlikka quladi. U voqea joyida halok bo‘ldi. gazeta.uz »
Jondor tumanida aprel oyi so‘ngida Nexia avtomobili shinasi yorilib ketishi oqibatida 3 kishi halok bo‘lgani ma’lum bo‘ldi. Yana 2 kishi tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan. gazeta.uz »
Jizzax viloyati G‘allorol tumanida Nexia-2 mashinasiga o‘rnatilgan gaz balloni portladi, oqibatda uning ichidagi 4 kishi voqea joyida halok bo‘ldi. gazeta.uz »
Isroilning Rafahdagi chodirlar lageriga havo hujumi oqibatda kamida 45 kishi halok bo‘ldi, yuzlab odamlar jarohat oldi. Hujum BMT va Yevropa Ittifoqi tomonidan qoralandi. Netanyaxu zarbani “fojiali baxtsiz hodisa” deb atadi, lekin maqsadlarga erishilmaguncha urushni tugatish niyatida emasligini ma’lum qildi. gazeta.uz »
Papua-Yangi Gvineya shimolidagi ko‘chki oqibatida 2000 dan ortiq odam halok bo‘lgan bo‘lishi mumkin, deya xabar bermoqda mamlakat rasmiylari. Hududdagi og‘ir sharoit va telekommunikatsiyalar yetishmovchiligi sababli ofat ko‘lamini aniqlash qiyin kechmoqda. gazeta.uz »
Nurobod tumanida 5 yoshli bola elektr toki urishi oqibatida halok bo‘ldi. “Samarqand viloyat hududiy elektr tarmoqlari” faoliyati yuzasidan tekshiruv tayinlandi. gazeta.uz »
Eron prezidenti Ibrohim Raisiy vertolyot qulashi oqibatida halok bo‘ldi, deb yozmoqda Mehr agentligi. Unga ko‘ra, prezidentdan tashqari, tashqi ishlar vaziri hamda Eronning Sharqiy Ozarbayjon viloyati gubernatori ham halok bo‘lgan. gazeta.uz »
Hindistonda chang bo‘roni va jala vaqtida ulkan reklama banneri qulab tushdi, oqibatda kamida 14 kishi halok bo‘ldi, o‘nlab odamlar jarohatlandi. Mahalliy hokimiyat vakillari 250 tonnalik bilbord noqonuniy ravishda o‘rnatilganini aytdi. gazeta.uz »
Sherobod tumanida Tracker haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetidagi yuk mashinasiga urildi. Oqibatda 59 yoshli haydovchi va 4 nafar yo‘lovchi ayol voqea joyida vafot etdi. Tarmoqlarda YTHga yo‘ldagi chuqurlik sabab bo‘lgani aytilmoqda. gazeta.uz »
Afg‘oniston shimolida kuchli yomg‘irlar sababli suv toshqinlari yuz berib, kamida 150 kishi halok bo‘ldi, 100 dan ortiq odam jarohatlandi. Hodisadan eng ko‘p Bag‘lon viloyati zarar ko‘rdi. Uyidan ayrilgan oilalarga chodir, ko‘rpa-to‘shak va oziq-ovqat tarqatilmoqda. gazeta.uz »
Sherobod tumanida sel oqizib ketishi oqibatida 360 bosh qo‘y nobud bo‘ldi. Qo‘ylar jasadi Sanitariya-epidemiologiya boshqarmasi tomonidan har xil kasalliklar tarqamasligi uchun dezinfeksiya qilinib ko‘mildi. gazeta.uz »
Chiroqchi va Shahrisabz tumanlarini bog‘lovchi daryoda sel ko‘prikning asos poydevorini yuvib ketdi, oqibatda ko‘prik qulab tushdi. Yo‘lda transport harakati to‘xtab qolgani aytildi. gazeta.uz »
Veolia Energy Tashkent ustiga daraxt qulashi oqibatida halok bo‘lgan bir yoshli qizning oilasiga yordam ko‘rsatishini ma’lum qildi. Kompaniya ish jarayonlariga, jumladan, ta’mirlash ishlariga o‘zgartirishlar kiritishni rejalashtirmoqda. gazeta.uz »
Toshkent viloyati Ohangaron tumanidagi to‘qayzorda oldin taxmin qilinganidek 1500 ta emas, 775 ta daraxt va buta yoqib yuborilgani aniqlandi. Oqibatda tabiatga 459,6 mln so‘m zarar yetgan. Ekologiya bo‘limi yerni auksiondan olib, davlatga qaytarish bo‘yicha prokuraturaga so‘rovnoma yubordi. gazeta.uz »
Ekologiya vazirligi Chirchiq daryosidan qum-shag‘al qazib olinishi oqibatida tabiatga 83,3 mlrd so‘m zarar yetkazilganini aniqladi. Aybdorlarga chora ko‘rish maqsadida hujjatlar Bosh prokuraturaga yuborildi. gazeta.uz »
Boysunda tik balandlik paytida to‘xtash tizimida nosozlik yuzaga kelgan Damas yo‘l chetidagi molxonaga urildi. Oqibatda mashina salonidagi 3 nafar yosh bola va 3 nafar ayol halok bo‘ldi. Haydovchi mashinani 8 nafar yo‘lovchi bilan boshqargan, deyiladi tuman YHXB xabarida. gazeta.uz »
Rossiya harbiylari Ukrainaning Xarkov shahridagi teleminoraga raketa hujumi uyushtirdi. Videotasvirlardan teleminoraning yuqori qismi qanday qulab tushganini ko‘rish mumkin. gazeta.uz »
Termiz shahridagi Bolajon madaniyat va istirohat bog‘ida attraksion trosi uzilib ketishi sababli 2 qiz va 2 ayol jarohatlandi. Ulardan 2 nafari Qozog‘iston fuqarolari bo‘lgan. Sanoat xavfsizligi qo‘mitasi attraksion mavsum oldidan sinovdan o‘tkazilmaganini bildirdi. gazeta.uz »
Yangihayot tumanida Bestune, Cobalt va Damas avtomashinalari to‘qnashdi. Oqibatda uchala haydovchi ham olgan jarohati sababli shifoxonaga olib ketildi. gazeta.uz »
Rossiyaning Samara viloyatida ichida 66 kishi bo‘lgan avtobus ag‘darilib ketdi. Oqibatda 2 nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi, 20 ga yaqin kishi jarohat oldi. Mamlakatning Rossiyadagi elchixonasi “vaziyat alohida nazorat ostida” ekanini bildirdi. gazeta.uz »
Dunyodagi murakkab vaziyat, Yaqin Sharq va O‘zbekistonning “asosiy hamkorlari” o‘rtasidagi mojaro munosabati bilan iqtisodiyot va aholi daromadlariga salbiy ta’sirni kamaytirish muhim vazifa hisoblanadi, dedi prezident. gazeta.uz »
Chilonzor tumanidagi Seul ko‘chasida Nexia va 2 ta Cobalt ishtirokida YTH yuz berdi. Ikki haydovchi jarohatlangani uchun shifoxonaga olib ketildi. gazeta.uz »
Samarqand viloyatidagi Oqdaryo daryosidan 13 ming kub hajmdagi qum-shag‘alni o‘zboshimchalik bilan qazib olganlar aniqlandi. Ular davlat va jamiyat manfaatlariga 6 mlrd so‘m zarar yetkazgani ma’lum bo‘ldi. gazeta.uz »
Sariosiyo tumanida 41 yoshli ayol boshqaruvidagi Nexia 3 yo‘ldan chiqib ketib, beton to‘siqqa urildi. YTH ortidan avtomobilda yong‘in yuz berdi, oqibatda ayol va uning ikki bolasi voqea joyida halok bo‘ldi. gazeta.uz »
Kuchli shamol tufayli Toshkent shahridagi elektr uzatish tarmog‘i avariyaviy o‘chdi. Oqibatda Toshkent viloyatidagi 12,5 mingdan ortiq iste’molchi elektr ta’minotidan uzildi. Chilonzorda daraxt qulab tushgani sababli gaz quvuri uzilib, 768 ta xonadon vaqtincha gazsiz qoldi. gazeta.uz »