Ðåçóëüòàòîâ: 232

Rossiya Markaziy Osiyoning yagona energetika tizimiga qo‘shilishi mumkin

Rossiyaning “Tizim operatori” Markaziy Osiyoning yagona energetika tizimiga qo‘shiladi, dedi RF Energovazirligi rahbari. Unga ko‘ra, O‘zbekiston bu qarorni qo‘llab-quvvatlamoqda. Bu tashabbus nafaqat elektr energiyasi eksporti, balki davlatlar o‘rtasidagi oqimlarni boshqarish bilan ham bog‘liq, deya tushuntirdi u. gazeta.uz »

2024-9-10 17:49

Toshkentda Urbanizatsiya, arxitektura va dizayn bo‘yicha Markaziy Osiyo forumi bo‘lib o‘tadi

Toshkentda o‘tkaziladigan Markaziy Osiyo urban-forumida xorijlik me’mor, urbanist va dizaynerlar yig‘iladi. Ular shaharlarni kengaytirish va u bilan bog‘liq ekologik muammolarni muhokama qiladi. Ushbu masalalardagi takliflar davlat organlariga taqdim etiladi. Forumda barcha fuqarolar ishtirok etishi mumkin. gazeta.uz »

2024-9-9 09:54

O‘zbekiston Markaziy Osiyoning kelajagi uchun alohida mas’uliyatni o‘z zimmasiga olgan — Abdulaziz Komilov

O‘zbekiston Markaziy Osiyo kelajagi uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olgan, deyiladi prezident maxsus vakili Abdulaziz Komilovning maqolasida. O‘zbekiston taraqqiyotining barcha hayotiy masalalari chegaradoshlar bilan yaxshi qo‘shnichilik va oldindan taxmin qilish mumkin bo‘lgan munosabatlarga bog‘liq, dedi u. gazeta.uz »

2024-8-14 08:58

“Strategik maqsad — Markaziy Osiyo davlatlarining energiyaga bo‘lgan ehtiyojini qondirish” — Turkmaniston prezidenti

Turkmaniston yetakchisi Serdar Berdimuhamedov MO davlatlari rahbarlari sammitidagi nutqida besh davlat mintaqani global energiya bozoridagi salbiy ssenariylardan himoya qila oladigan tizim va kutilmagan holatlarda milliy energiya tizimlari uchun xavfsizlik zaxirasini yaratishi kerakligini ta’kidladi. gazeta.uz »

2024-8-9 18:01

Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo bo‘yicha milliy ID kartalarni o‘zaro tan olishni taklif qildi. Boshqa takliflar

Markaziy Osiyo ta’lim va akademik almashuv dasturini qabul qilish, milliy ID kartalarni o‘zaro tan olish, Xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash konsepsiyasini ishlab chiqish, Strategik sheriklik va hamkorlik to‘g‘risida ko‘p tomonlama bitim imzolash - Shavkat Mirziyoyev Ostonadagi uchrashuvda nimalarni taklif qildi? gazeta.uz »

2024-8-9 15:58

“Markaziy Osiyoning buguni va kelajagi umumiy sa’y-harakatlarimizga bog‘liq” — Shavkat Mirziyoyev

“Ukraina va Yaqin Sharqdagi voqealar mintaqaning barqaror rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatyapti”, - dedi Shavkat Mirziyoyev MO davlatlari rahbarlari sammitida. Uning aytishicha, Markaziy Osiyoning “buguni va kelajagi umumiy sa’y-harakatlar va mintaqa manfaatlarini birgalikda ilgari surish”ga tayyorlikka bog‘liq. gazeta.uz »

2024-8-9 13:27

Google Markaziy Osiyo va Kavkaz dasturchilari uchun barqaror rivojlanish muammolarini hal qilish dasturini ishga tushiradi

Google Build with AI for Sustainable Growth dasturi doirasida bir qator hakaton va seminarlar o‘tkazib, dasturchilarni barqaror rivojlanish muammolarini, jumladan, ekologiya, suv va yer resurslarini muhofaza qilish hamda havo sifatini yaxshilashda o‘z mahsulotlari bilan ishtirok etishga taklif qiladi. gazeta.uz »

2024-6-12 18:24

“Shengen Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun ilhom manbai bo‘lib xizmat qilishi mumkin” — YI delegatsiyasi rahbari

Yevroittifoqning Toshkentdagi delegatsiyasi 31-martdan boshlab Bolgariya va Ruminiya Shengen hududi tarkibiga kirishini bildirdi. “Shengen YIning eng qimmatbaho gavhari bo‘lib qolmoqda, u Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun ham ilhom manbai bo‘lib xizmat qilishi mumkin”, - dedi YI elchisi Sharlotta Adrian. gazeta.uz »

2024-3-29 20:41

Rossiyada teraktdan keyin migrantlarga qarshi choralar va Markaziy Osiyo bilan viza rejimini joriy etish muhokama qilinmoqda

Markaziy Osiyodan kelgan muhojirlar Moskva yaqinidagi “Krokus”da terakt sodir etishda ayblanayotgani fonida Rossiyada muhojirlarga qarshi choralar, xususan, viza rejimini joriy etish, huquqbuzarlik uchun deportatsiya qilish hamda patentlar bo‘yicha cheklovlar muhokamasi avj oldi. gazeta.uz »

2024-3-27 11:29