Ðåçóëüòàòîâ: 62

Raqobat qo‘mitasi call-markazlardagi uzoq kutishlarni bartaraf etish bo‘yicha vazirlikka takliflar yubordi

Raqobat qo‘mitasiga ko‘ra, aholi bilan ishlovchi tashkilotlar va kommunal idoralarning qisqa raqamlari bo‘yicha muammolar ko‘paymoqda. Idora call-markazlar faoliyatiga yagona talablarni joriy etish va kamchiliklar uchun javobgarlik belgilash taklifi bilan Raqamli texnologiyalar vazirligiga murojaat qildi. gazeta.uz »

2026-7-2 08:49

Raqobat qo‘mitasi dori reklamalaridagi chalg‘ituvchi iboralardan ogohlantirdi

Raqobat qo‘mitasi dori vositalari reklamalarida “eng samarali”, “eng xavfsiz” kabi iste’molchilarni chalg‘itishi mumkin bo‘lgan iboralardan foydalanish holatlari kuzatilayotganini ma’lum qildi. Qo‘mita bunday iboralar qonunchilikka zid ekanini eslatib, reklama beruvchilarni talablarga rioya qilishga chaqirdi. gazeta.uz »

2026-6-24 12:45

Raqobat qo‘mitasi Centrum Air va Qanot Sharq’dagi reys kechikishlari va ortiqcha chipta sotilishi yuzasidan O‘zaviatsiyaga so‘rov yubordi

Raqobat qo‘mitasi Centrum Air va Qanot Sharq faoliyati yuzasidan Fuqaro aviatsiyasi agentligiga so‘rov yubordi. Qo‘mitaga ko‘ra, yo‘lovchilar reyslarning kechikishi, ortiqcha chipta sotilishi, xizmat sifati pastligi va kompensatsiya to‘lanmasligidan shikoyat qilmoqda. gazeta.uz »

2026-5-26 07:58

Raqobat qo‘mitasi o‘tgan yil davomida davlat xaridlarida 28 mingdan ortiq raqobatga zid harakatlarni aniqladi

Qo‘mita o‘tgan yili boshlang‘ich qiymati jami 18,8 trln so‘m bo‘lgan 23 mingdan ortiq davlat xaridini o‘rgandi. Natijada 28 mingdan ortiq raqobatga zid harakatlar aniqlangan. Asosiy muammolar kelishuvlar, ayrim ishtirokchilarga imtiyozli shart-sharoit yaratish va affillanganlik holatlari bilan bog‘liq bo‘lgan. gazeta.uz »

2026-3-10 14:17

Raqobat qo‘mitasi Golden House`ga “tanqid uchun 10 foizli jarima” bo‘yicha ogohlantirish berdi. Kompaniya iste’molchilar huquqlari cheklanmaganini bildirdi

Raqobat qo‘mitasi Golden House’ga iste’molchilar bilan tuzilgan shartnomaning “tanqid uchun jarima” bandini olib tashlashni buyurgandi. Kompaniya bu yerda ikki xil qoida aralashtirib yuborilgani, mijozlarning qonuniy murojaat qilish huquqi cheklanmaganini ma’lum qildi. gazeta.uz »

2025-10-31 11:14

Raqobat qo‘mitasi 4,3 mlrd so‘mlik davlat xaridlarida qonunbuzarlik holatlarini aniqladi

Raqobat qo‘mitasi tomonidan 4,3 mlrd so‘mdan ortiq davlat xaridlarida qonunbuzarlik holatlari aniqlanib, tegishli choralar ko‘rildi. Respublika miqyosida 9 ta buyurtmachi, xususan, “O‘zbekiston temir yo‘llari”, Navoiy shahar Obodonlashtirish boshqarmasi, “O‘zbekko‘mir” AJ tenderlarida qonunbuzarliklar aniqlandi. gazeta.uz »

2025-8-25 10:23

Raqobat qo‘mitasi Ucell kompaniyasiga ma’naviy zarar uchun javobgarlikni ofertaga kiritish majburiyatini yukladi

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi Ucell kompaniyasiga ommaviy oferta shartlarini qonun hujjatlariga muvofiq qayta ko‘rib chiqish majburiyatini yukladi. Natijada kompaniya hujjatga oldin bo‘lmagan ma’naviy zararni qoplash to‘g‘risidagi o‘zgartirishni kiritdi. gazeta.uz »

2025-5-27 13:05

Raqobat qo‘mitasi internetdagi foydalanuvchilarni chalg‘itadigan mahsulotlar reklamasidan ogohlantirdi

Raqobat qo‘mitasi internetda og‘ir kasalliklarni samarali davolaydi deya targ‘ib qilinadigan biologik faol qo‘shimchalar, malham, damlama, suv reklamalarining noto‘g‘ri talqinidan ogohlantirdi. Tashkilot reklamaga ishonib olgan mahsulotining foydasini sezmagan fuqarolardan murojaatlar tushayotganini ham eslatdi. gazeta.uz »

2024-11-21 09:16

Raqobat qo‘mitasi monopoliyaga qarshi organ roziligisiz davlat ishtirokidagi korxona tashkil etilgan 4 ta holatni aniqladi

Raqobat qo‘mitasi Andijon viloyatining Oltinko‘l tuman hokimligi, Toshkent viloyatining ayrim sanoat zonasini boshqarish direksiyasi va Kinematografiyani rivojlantirish markazini davlat ishtirokidagi korxonalarni tashkil etishda monopoliyadan oldindan rozilik olmaganini aniqladi. Ularga tegishli ko‘rsatma berildi. gazeta.uz »

2024-11-6 10:03

Raqobat qo‘mitasi Vodiy Sanoat Faxri korxonasini paxta tolasi sotishda narx manipulyatsiyasiga yo‘l qo‘yganlikda aybladi

Raqobat qo‘mitasi Andijon boshqarmasi Vodiy Sanoat Faxri MCHJ 42,5 mlrd so‘mlik paxta tolasini birjaga qo‘ymay, to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma imzolaganini aniqladi. Korxona, shuningdek, narxlarni birja kotirovkalariga nisbatan arzon qo‘llab, narx manipulyatsiyasi sodir etgan. Unga nisbatan tegishli chora ko‘rildi. gazeta.uz »

2024-9-18 18:36

Raqobat qo‘mitasi “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi”ga yo‘lovchilardan undirilgan ortiqcha haq bo‘yicha jarima qo‘lladi

“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” kompaniyasi yo‘lovchilarning chiptalaridan vositachilik yig‘im qiymati bo‘yicha 660 mln so‘mga yaqin ortiqcha haq undirgani aniqlandi. Raqobat qo‘mitasi unga va xuddi shu holat bo‘yicha “Shahar atrofida yo‘lovchi tashish” kompaniyasiga moliyaviy jarima qo‘lladi, pullar iste’molchilarga qaytariladi. gazeta.uz »

2024-8-21 10:34