Ðåçóëüòàòîâ: 282

Shavkat Mirziyoyev Islom sivilizatsiyasi markazining pardozlash ishlarini ko‘zdan kechirdi

Shavkat Mirziyoyev qurilishi yakuniy bosqichga kirgan Islom sivilizatsiyasi markazida bo‘lib, uning pardozlash va jihozlash ishlarini ko‘zdan kechirdi. Sakkiz yil davomida qurilgan majmuada “zamonaviy tahdidlarga munosib ilmiy javoblar” topiladi, ilmiy-ma’rifiy tashkilotlar bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi. gazeta.uz »

2025-8-29 13:23

Shavkat Mirziyoyev dengizga chiqish yo‘liga ega bo‘lmagan mamlakatlar muammolarini yechish uchun takliflar berdi

O‘zbekiston prezidenti dengizga chiqish yo‘liga ega bo‘lmagan mamlakatlar uchun umumiy tahdid va muammolarni yengib o‘tish bo‘yicha takliflar berdi. Tranzit kafolatlari to‘g‘risidagi global bitim, logistika integratsiyasiga ko‘maklashish jamg‘armasi, Zaiflik global indeksi shular jumlasidan. gazeta.uz »

2025-8-5 13:37

Shavkat Mirziyoyev Gurbanguli Berdimuhamedov bilan hamkorlik masalalarini ko‘rib chiqdi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkmanboshi shahrida Turkmaniston Xalq maslahati raisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan uchrashdi. Tomonlar ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlash, savdo-iqtisodiy hamkorlik va bo‘lajak oliy darajadagi uchrashuvlarga tayyorgarlik masalalarini muhokama qildi. gazeta.uz »

2025-8-5 20:09

Shavkat Mirziyoyev Prezident administratsiyasidagi yangi tayinlovlarni tasdiqladi

Prezident o‘z ma’muriyatida yangi tayinlovlarni tasdiqladi. Ko‘plab yuqori lavozimli xodimlar o‘z lavozimlarini saqlab qoldi, ammo tuzilmalar va lavozimlarning nomlari o‘zgartirildi. Shuningdek, kadrlar siyosati, iqtisodiyot, tashqi aloqalar va boshqa yo‘nalishlarda ham o‘zgarishlar ro‘y berdi. gazeta.uz »

2025-7-31 20:36

Shavkat Mirziyoyev Hindistondagi Dreamliner aviahalokati munosabati bilan hamdardlik bildirdi

O‘zbekiston prezidenti Ahmadobod shahrida yuz bergan Dreamliner samolyoti aviahalokati sababli Hindiston prezidenti Draupadi Murmu va bosh vaziri Narendra Modiga ta’ziya maktubi yo‘lladi. O‘zbekiston TIV dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur reysda o‘zbekistonliklar bo‘lmaganini ma’lum qildi. gazeta.uz »

2025-6-12 14:46

Shavkat Mirziyoyev Saudiyada bo‘lib turgan O‘zbekiston muftiysi bilan gaplashdi (video)

Shavkat Mirziyoyev Haj ziyorati uchun Makkada bo‘lib turgan o‘zbekistonliklarga boshchilik qilayotgan Musulmonlar idorasi raisi shayx Nuriddin Xoliqnazar bilan telefon orqali gaplashdi. Hojilarimiz O‘zbekistonga qaytgach, tinchlik va ma’naviyatimiz targ‘ibotchilari bo‘ladi degan umiddaman, dedi prezident. gazeta.uz »

2025-5-31 19:52

Shavkat Mirziyoyev Gurbanguli Berdimuhamedovni “Oliy darajali do‘stlik” ordeni bilan mukofotladi

O‘zbekiston prezidenti turkman xalqining milliy yetakchisi Gurbanguli Berdimuhamedovni “qardosh mamlakatlar o‘rtasidagi an’anaviy do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlashdagi ulkan xizmatlari uchun” “Oliy darajali do‘stlik” ordeni bilan mukofotladi. gazeta.uz »

2025-4-24 13:27

Shavkat Mirziyoyev va Gurbanguli Berdimuhamedov tor doirada va rasmiy delegatsiyalar ishtirokida muzokara o‘tkazdi

Shavkat Mirziyoyev va turkman xalqining milliy yetakchisi Gurbanguli Berdimuhamedov tor doirada va rasmiy delegatsiyalar ishtirokida muzokara o‘tkazdi. Uchrashuvda O‘zbekiston rahbari turkman xalqining milliy yetakchisiga uning qalamiga mansub “Tafakkur gavhari” kitobining o‘zbek tilidagi nusxasini topshirdi. gazeta.uz »

2025-4-24 12:32