Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Ostonaga jo‘nab ketdi
Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Ostona shahriga jo‘nab ketdi. Prezident u yerda V Butunjahon ko‘chmanchilar o‘yinlari musobaqalarining ochilish marosimida qatnashadi. gazeta.uz »
Shavkat Mirziyoyev [ Ôîòî íîâîñòè ] | |
Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Ostona shahriga jo‘nab ketdi. Prezident u yerda V Butunjahon ko‘chmanchilar o‘yinlari musobaqalarining ochilish marosimida qatnashadi. gazeta.uz »
Prezident qariyb 7 yildan beri qayta qurilayotgan “Toshkent-Sharqiy” aeroportiga borib, jarayonni ko‘zdan kechirdi. Davlat rahbari binolar fasadini milliy dizaynda qilish, yuqori martabali mehmonlarni kutib olish uchun barcha qulayliklarni inobatga olish zarurligini ta’kidladi. gazeta.uz »
Prezident qariyb 7 yildan beri qayta qurilayotgan “Toshkent-Sharqiy” aeroporti qurilishi bilan tanishdi. U terminallarning tashqi ko‘rinishi va intereri, infratuzilmasi bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi. Manbalarga ko‘ra, aeroport kelgusi yilda ochilishi mumkin. Foto. gazeta.uz »
Shavkat Mirziyoyev Parijdagi Paralimpiya o‘yinlarida yadro uloqtirish bo‘yicha oltin medalni qo‘lga kiritib, ikki karra chempion bo‘lgan Bobur Omonov bilan telefonda suhbatlashdi. Prezident bu natija O‘zbekiston paralimpiya harakati tarixida muhim voqea bo‘lganini qayd etdi. gazeta.uz »
Prezident Paralimpiya chempionlari Elbek Sultonov, Yorqinbek Odilov va Asadbek Toshtemirov bilan telefon orqali muloqot qildi. Ularni g‘alaba bilan tabriklab, qolgan ishtirokchilarga muvaffaqiyat tiladi. gazeta.uz »
O‘zbekiston prezidenti mustaqillikning o‘ttiz uch yilligi munosabati bilan turli soha vakillariga faxriy unvon, orden va medallarni topshirdi. Foto. gazeta.uz »
Prezident Samarqandga tashrif buyurib, yangidan qurilayotgan Imom Buxoriy majmuasini ko‘zdan kechirdi. U mutasaddilarga tabarruk ziyoratgohlarni tiklash, ularning tarixi va mazmunini to‘g‘ri talqin qilib yetkazish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi. gazeta.uz »
O‘zbekiston prezidenti mustaqillikning 33 yilligi munosabati bilan fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, adabiyot, madaniyat, san’at sohalari va ommaviy axborot vositalari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. gazeta.uz »
Dushanba kuni Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrif buyuradi. Safar davomida sanoat korxonalari, IT va ijtimoiy soha obyektlarini ko‘zdan kechirish rejalashtirilgan. 20-avgust kuni davlat rahbari Nukusda tadbirkorlar bilan muloqot o‘tkazadi. gazeta.uz »
O‘zbekiston va Rossiya prezidentlari telefon orqali muloqotda hamkorlikni kengaytirish, strategik sheriklik va ittifoqchilikni chuqurlashtirishni ko‘rib chiqdi. Kremlga ko‘ra, “xalqaro va mintaqaviy kun tartibi masalalari Rossiyaning BRIKSga amaldagi raisligini hisobga olgan holda muhokama qilindi”. gazeta.uz »
Buxoro viloyatida 160 ta davlat muassasasida 5 ming nafar rahbar xodim ishlaydi, ularning ish haqi uchun har yili budjetdan 455 mlrd so‘m (har bir xodimga o‘rtacha 7,58 mln so‘m) ajratiladi, dedi prezidenti. gazeta.uz »
Markaziy Osiyo ta’lim va akademik almashuv dasturini qabul qilish, milliy ID kartalarni o‘zaro tan olish, Xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash konsepsiyasini ishlab chiqish, Strategik sheriklik va hamkorlik to‘g‘risida ko‘p tomonlama bitim imzolash - Shavkat Mirziyoyev Ostonadagi uchrashuvda nimalarni taklif qildi? gazeta.uz »
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Faxriy nishoni bilan taqdirlandi. Bu davlat rahbariga mintaqa davlatlari o‘rtasidagi do‘stlik, qo‘shnichilik va o‘zaro anglashuvni rivojlantirishdagi alohida xizmatlari uchun berildi. gazeta.uz »
Qosim-Jomart Toqayev O‘zbekiston prezidentiga “Oltin Qiron” (“Oltin burgut”) ordenini topshirdi. Bu mukofot Qozog‘iston bilan do‘stona munosabatlarni mustahkamlashga hissa qo‘shganlik uchun beriladi. Foto. gazeta.uz »
Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan Qozog‘iston poytaxti Ostonaga yetib bordi. Uni aeroportda prezident Qosim-Jomart Toqayev kutib oldi. Rahbarlar 8-avgust kuni Oliy davlatlararo kengash majlisini o‘tkazadi. gazeta.uz »
Shavkat Mirziyoyev Ursula fon der Lyayenni Yevrokomissiya prezidentligiga qayta saylangani bilan tabrikladi. O‘zbekiston tez orada Yevropa Ittifoqi bilan Kengaytirilgan hamkorlik va sheriklik to‘g‘risidagi bitimni imzolamoqchi. gazeta.uz »
Sadir Japarov bilan bo‘lgan tor va kengaytirilgan doiradagi uchrashuvlarda Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonga kuchli va farovon qo‘shni - Qirg‘iziston kerakligini ta’kidladi. Japarov esa O‘zbekiston bilan ko‘p qirrali hamkorlikni mustahkamlash Qirg‘iziston tashqi siyosatining ustuvor yo‘nalishi ekanini aytdi. gazeta.uz »
Shavkat Mirziyoyev va Eronning yangi prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon telefon orqali muloqotda O‘zbekiston-Eron munosabatlarini rivojlantirish, avval erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish, shuningdek, mintaqa kun tartibidagi masalalarni muhokama qildi. gazeta.uz »
Shavkat Mirziyoyev Donald Trampga saylovoldi uchrashuvda nutq so‘zlayotgan chog‘ida suiqasd uyushtirilganini chuqur xavotir bilan qabul qildi va keskin qoraladi. Prezident unga tez fursatda sog‘ayib ketishini tiladi. gazeta.uz »
Prezident payshanba kuni Farg‘ona viloyatiga borib, yirik loyihalarga start beradi. Viloyatni rivojlantirishga oid yig‘ilish o‘tkaziladi. gazeta.uz »
O‘zbekiston rahbari Ozarbayjonda Turkiy davlatlar tashkilotining norasmiy sammitida ishtirok etdi. Unda Shavkat Mirziyoyev savdo va transport yo‘llarini rivojlantirish, iqlim o‘zgarishi hamda muqobil energetika bo‘yicha takliflarni ilgari surdi. gazeta.uz »
O‘zbekiston prezidenti Erondagi prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozongan Mas’ud Pezeshkiyonni tabrikladi. Shavkat Mirziyoyev o‘z maktubida mamlakatlar o‘rtasidagi ko‘p qirrali va uzoq muddatli sheriklik barcha ustuvor yo‘nalishlarda yanada yuqori bosqichga ko‘tarilishiga ishonch bildirdi. gazeta.uz »
Shavkat Mirziyoyev Hindistonda diniy yig‘indagi tiqilinch oqibatida 120 dan ortiq odam halok bo‘lgani munosabati bilan mamlakat prezidenti va bosh vaziriga ta’ziya yo‘lladi. gazeta.uz »
O‘zbekiston prezidenti turkman xalqining milliy yetakchisi Gurbanguli Berdimuhamedovni tavallud kuni bilan tabrikladi. Ular telefon muloqotida Markaziy Osiyodagi mintaqaviy hamkorlikning dolzarb jihatlarini ko‘rib chiqdi. gazeta.uz »
Prezident Zomin tumanida Xitoyning “Mingyuan” kompaniyasi bilan hamkorlikda qurilayotgan texnoparkdagi ilk investitsiya loyihalari qurilishiga start berdi. Maxsus zonani infratuzilma bilan ta’minlash bo‘yicha manzilli dastur tasdiqlanib, 160 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltirildi. gazeta.uz »
O‘zbekiston prezidenti va Turkiya milliy mudofaa vaziri harbiy-texnika, xavfsizlik, terrorizm, radikalizmga qarshi kurashish sohalarida hamkorlikni mustahkamlash, mutaxassislar tayyorlash, qo‘shma tadbirlar o‘tkazish masalalarini muhokama qildi. gazeta.uz »
Prezident Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan qator soha vakillarini orden va medallar bilan mukofotladi (ro‘yxat). gazeta.uz »
O‘zbekiston prezidenti va Rossiya ichki ishlar vaziri terrorizm, ekstremizm, narkotrafik, uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish, kiberxavfsizlik va migratsiya sohalarida hamkorlik masalalarini muhokama qildi. gazeta.uz »
O‘zbekiston prezidenti AQSh savdo vakili Ketrin Tay bilan uchrashib, mamlakatning JSTga a’zo bo‘lishi, GSP tizimini qayta tiklash, C5+1 formati hamda Savdo va investitsiyalar bo‘yicha hadli bitim doirasida amaliy hamkorlikni chuqurlashtirish masalalarini muhokama qildi. gazeta.uz »
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdog‘an Shavkat Mirziyoyevni mamlakatning oliy davlat mukofoti - “Turkiya Respublikasi nishoni” bilan taqdirladi. gazeta.uz »
Prezident Anqara shahridagi Turkish Aerospace Industries kompaniyasi faoliyati bilan tanishdi. U 2023-yilda dunyodagi eng yirik 100 ta mudofaa kompaniyasi ro‘yxatiga kirgan. U yerda qurol-yarog‘ va harbiy texnika ishlab chiqaruvchi korxonalar hamda aviatsiya parvozlari namoyishi ham o‘tkazildi. Foto. gazeta.uz »
Prezident rasmiy tashrif bilan Turkiyaga uchib ketdi. Davlat rahbari Anqarada Strategik hamkorlik kengashining uchinchi yig‘ilishida ishtirok etadi. gazeta.uz »
Shavkat Mirziyoyev va JST bosh direktori Ngozi Okonjo-Iveala uchrashuvida O‘zbekistonning tashkilotga qo‘shilish borasidagi amaliy ishlari muhokama qilindi. Tomonlar elektron savdo va raqamli xizmatlar eksportini oshirish, mamlakatda Savdo siyosati bo‘yicha kompetensiya markazi tashkil etish masalalariga to‘xtaldi. gazeta.uz »
Shavkat Mirziyoyev 6-iyun kuni Turkiyaga rasmiy tashrif bilan boradi. U yerda Strategik hamkorlik kengashining uchinchi yig‘ilishi va ikki mamlakat yetakchi kompaniyalari rahbarlarining birinchi qo‘shma uchrashuvini o‘tkazish rejalashtirilgan. gazeta.uz »
Buxoro viloyatiga borgan Shavkat Mirziyoyev Bahouddin Naqshband maqbarasini ziyorat qildi. Prezident, shuningdek, majmuadagi “yuz yil vayron bo‘lib yotib”, tiklangan Toqi miyona darvozasini ko‘zdan kechirdi. gazeta.uz »
Juma kuni Shavkat Mirziyoyev Buxoro viloyatiga boradi. Tashrifda loyihalar bilan tanishish, yangi obyektlarni ishga tushirish va viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yuzasidan yig‘ilish o‘tkazish reja qilinmoqda. gazeta.uz »
Shavkat Mirziyoyev Eron prezidenti Ibrohim Raisiyning aviahalokatda vafot etgani munosabati bilan mamlakat oliy diniy rahbariga hamdardlik bildirdi. gazeta.uz »
Shavkat Mirziyoyev telefon orqali Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayevni tavallud kuni bilan tabrikladi. O‘zbekiston prezidenti unga mustahkam sog‘lik, baxt-saodat va muvaffaqiyatlar, qardosh qozoq xalqiga tinchlik va ravnaq tiladi. gazeta.uz »
O‘zbekiston prezidenti Moskvada Ikkinchi jahon urushida qozonilgan g‘alabaning 79 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirlarda ishtirok etdi. Davlat rahbari Vladimir Putin va boshqa davlatlar yetakchilari bilan birga Aleksandr bog‘idagi “Noma’lum askar” yodgorligiga gulchambar qo‘ydi. Foto. gazeta.uz »
Moskvada Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Prezidentlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish, jumladan, yozda Rossiya bozoriga meva-sabzavotlar eksportini oshirish haqida suhbatlashdi. gazeta.uz »
Prezident Xotira va qadrlash kuni hamda g‘alabaning 79 yilligi munosabati bilan xalqqa tabrik yo‘lladi. “Bugungi ozod va erkin hayot uchun aziz jonini ayamasdan kurashgan bunday ulug‘ insonlar oldida doimo qarzdormiz”, degan prezident ularning jasorati yoshlarni tarbiyalashda ibrat maktabi bo‘lishini ta’kidladi. gazeta.uz »
O‘zbekiston prezidenti amaliy tashrif bilan Moskva shahriga yetib bordi. Uni Vnukovo xalqaro aeroportida Rossiya hukumati raisi o‘rinbosari Denis Manturov va boshqa rasmiylar kutib oldi. gazeta.uz »
Vengriya, Eron, Chexiya, O‘mon va Jazoir elchilari O‘zbekiston prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi. “O‘zbekiston jahonga keng ochilayotgan, xorijiy sheriklari bilan aloqalarni izchil rivojlantirib borayotgan tinchliksevar va adolatli ijtimoiy davlat”, - dedi Shavkat Mirziyoyev. gazeta.uz »
Shavkat Mirziyoyev Moskvada G‘alabaning 79 yilligiga bag‘ishlangan paradning faxriy mehmonlari qatorida bo‘ladi, deya xabar berdi Kreml. Paradda Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, Kuba, Laos va Gvineya-Bisau davlatlari rahbarlari ham ishtirok etadi. gazeta.uz »
Shavkat Mirziyoyev Xorijiy investorlar kengashi doirasida kapital bozorini rivojlantirish, mas’uliyatli biznes yuritish, muqobil investitsiyalarni rag‘batlantirish va investorlar bilan ishlashni raqamlashtirish bo‘yicha ishchi guruhlarni tashkil etishni taklif qildi. gazeta.uz »
Bir hafta davom etgan mehnat ta’tilidan so‘ng Shavkat Mirziyoyev ish faoliyatiga qaytdi. U bugun o‘z maslahatchilari, qator vazirlik va idoralar rahbarlarining hisobotlarini tinglaydi, hafta davomida esa Toshkent xalqaro investitsiya forumida qatnashadi. gazeta.uz »
Shavkat Mirziyoyev 22-apreldan qisqa muddatli ta’tilga chiqdi. Oldingi safar u 2023-yilning dekabrida ta’tilga chiqqandi. gazeta.uz »
Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon O‘zbekistonning Dushanbe shahridagi yangi qurilgan vakolatxonasi ochilish marosimida qatnashdi. Prezidentlar elchixona binosida diplomatlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishib, faxriy mehmonlar kitobiga tilaklarini yozib qoldirdi. gazeta.uz »
Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan Dushanbega bordi. Uni Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon kutib oldi. Davlat rahbarlari strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini rivojlantirish masalalarini muhokama qiladi. Foto, video. gazeta.uz »
Prezident Ramazon hayiti munosabati bilan yo‘llagan tabrigida mamlakatdagi islohotlar islom dinining mohiyati va g‘oyalari bilan uyg‘un ekanini aytdi. U vijdon erkinligini ta’minlash, milliy va diniy qadriyatlarni tiklash yo‘lidagi ishlar davom etishini ta’kidladi. gazeta.uz »