
2024-10-22 18:38 |
O‘zbekiston prezidenti 23−24-oktabr kunlari Qozon shahrida amaliy tashrif bilan bo‘ladi va u yerda BRIKS sammitida ishtirok etadi.
Ïîäðîáíåå ÷èòàéòå íà gazeta.uz ...

2024-10-22 18:38 |
O‘zbekiston prezidenti 23−24-oktabr kunlari Qozon shahrida amaliy tashrif bilan bo‘ladi va u yerda BRIKS sammitida ishtirok etadi.
Ïîäðîáíåå ÷èòàéòå íà gazeta.uz ...
Dohaga borgan O‘zbekiston prezidenti Lusail saroyida Qatar amiri shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy bilan uchrashib, unga otasining vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi. Yetakchilar ikki davlat o‘rtasidagi strategik sheriklikni mustahkamlash va hamkorlikni kengaytirish masalalarini ham muhokama qildi. gazeta.uz »
2026-07-14 20:51
Shavkat Mirziyoyev Qatar sobiq amiri Shayx Hamad bin Xalifa Ol Soniyning vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirish uchun Dohaga bordi. Tashrif doirasida amir Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy bilan uchrashuv o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda. gazeta.uz »
2026-07-14 17:19
Prezident Shavkat Mirziyoyev yangi yo‘lga qo‘yilgan elektropoyezdda Toshkentdan Bekobod shahriga bordi. Soatiga 120 km tezlikda harakatlanuvchi poyezd kuniga ming nafar yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatishi kutilmoqda. gazeta.uz »
2026-07-13 09:16
O‘zbekiston prezidenti Xitoydagi suv toshqinlari va fabrikadagi kuchli yong‘in oqibatida ko‘plab insonlar halok bo‘lgani munosabati bilan Si Szinpinga hamdardlik yo‘lladi. O‘z navbatida, suv ostida qolgan ko‘paytirish fermalaridan 900 dan ortiq ilon (ayrimlari zaharli) qochib ketgani xabar qilindi. gazeta.uz »
2026-07-10 14:10
O‘zbekiston prezidenti Kavkaz musulmonlari idorasi raisi, shayxulislom Ollohshukur Poshshozodaga musulmon dunyosi ilm-faniga qo‘shayotgan ulkan hissasi uchun “El-yurt hurmati” ordenini topshirdi. Shayxulislom esa Shavkat Mirziyoyevga “Qardoshlik va ittifoqchilikning oliy nuqtasi” kitobini tuhfa etdi. gazeta.uz »
2026-07-10 12:17
Shavkat Mirziyoyev Donald Trampga AQSh Mustaqilligining 250 yilligi munosabati bilan tabrik yo‘lladi. Maktubda iqtisodiy, investitsiyaviy va xavfsizlik sohalaridagi hamkorlikni kengaytirish haqida so‘z bordi. gazeta.uz »
2026-07-04 20:25
O‘zbekiston prezidenti Toshkent shahrining Sergeli tumanidagi yangilangan Yangi Sergeli ko‘chasini ko‘zdan kechirdi. Ko‘chaning 2,1 kilometrli qismida infratuzilma modernizatsiya qilinib, kecha-yu kunduz ishlaydigan savdo, umumiy ovqatlanish va dam olish maskanlari tashkil etildi. gazeta.uz »
2026-07-04 10:34
Prezident vazirlar va hokimlar salohiyatli yoshlarni mas’uliyatli lavozimlarga tayinlashdan cho‘chimasligini aytdi. Yosh liderlarni aniqlash uchun “TOP-100” dasturi ishga tushadi: uning g‘oliblari 50 mln so‘mdan mukofot oladi va rahbarlik lavozimlariga tayinlanadi. Yana “Yoshlar ligasi” platformasi ishga tushiriladi. gazeta.uz »
2026-06-30 15:04
Shavkat Mirziyoyev Jahon banki vitse-prezidenti Antonella Bassani boshchiligidagi delegatsiya bilan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni qamrab oluvchi yangi uzoq muddatli mamlakat dasturini ishlab chiqishni muhokama qildi. gazeta.uz »
2026-06-29 17:12
Shavkat Mirziyoyev Global o‘zgarishlar instituti raisi Toni Bler bilan uchrashuvda O‘zbekistonning 2050-yilgacha rivojlanish konsepsiyasi ustidagi ishni kechiktirmasdan boshlash zarurligini qayd etdi. gazeta.uz »
2026-06-27 14:27
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va AQSh savdo vakili Jeymison Grir savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish hamda O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga (JST) a’zo bo‘lish jarayoni Amerika tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi masalalarini muhokama qildi. gazeta.uz »
2026-06-25 19:21
Shavkat Mirziyoyev Yangi Namanganda IT park qurilishiga tamal toshini qo‘yib berdi. Loyihaga ta’lim va eksport markazlari, kovorking va ofis maydonlari hamda startap akseleratori joylashgan 17 qavatli bino kiradi. gazeta.uz »
2026-06-23 13:40
O‘zbekiston prezidenti O‘zbekistondagi diplomatik missiyasini yakunlayotgan Ozarbayjonning favqulodda va muxtor elchisi Guseyn Guliyevga “Mehnat shuhrati” ordenini topshirdi. gazeta.uz »
2026-06-22 12:42
Shavkat Mirziyoyev Trampni 80 yoshi bilan tabrikladi. U AQShning xalqaro maydondagi obro‘si va qudrati mustahkamlanayotgani, Trampning tinchlik va barqarorlikni ta’minlash borasidagi sa’y-harakatlarini alohida ta’kidladi. gazeta.uz »
2026-06-14 12:42
Shavkat Mirziyoyev Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyanni parlament saylovlarida uning partiyasi yutgani bilan tabrikladi. “Bu arman xalqining siz olib borayotgan siyosat, jumladan, Janubiy Kavkazda tinchlik va farovonlikni ta’minlashdagi sa’y-harakatlaringizga bo‘lgan ishonchi tasdig‘idir”, - deyiladi tabrikda. gazeta.uz »
2026-06-13 12:37
Shavkat Mirziyoyev Filippindagi 7,8 magnitudali zilzila oqibatlari munosabati bilan mamlakat prezidenti Ferdinand Markosga ta’ziya yo‘lladi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa tufayli kamida 35 kishi qurbon bo‘lgan, 134 kishi jarohatlangan. 10 mingga yaqin oila uy-joyini tark etishga majbur bo‘lgan. gazeta.uz »
2026-06-09 06:57
Shavkat Mirziyoyev Sankt-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumida investorlariga yuqori qo‘shimcha qiymatga ega ishlab chiqarish zanjirlarini shakllantirishda hamkorlikni taklif qildi. Prezidentga ko‘ra, hamkorlarga ichki bozor bilan bir qatorda qo‘shni mamlakatlar bozorlariga chiqish imkoniyati ham taqdim etiladi. gazeta.uz »
2026-06-05 18:46
Sankt-Peterburg shahrida Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Davlat rahbarlari tovar ayirboshlashdagi o‘sish sur’atlarini saqlab qolish, kooperatsiya loyihalarini rivojlantirish hamda hududlararo hamkorlikni faol davom ettirish masalalarini muhokama qildi. gazeta.uz »
2026-06-04 22:59
Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Sankt-Peterburg shahriga bordi. Davlat rahbarini “Pulkovo” xalqaro aeroportida Rossiya hukumati raisi birinchi o‘rinbosari Denis Manturov, Aleksandr Beglov hamda boshqa rasmiylar kutib olgan. gazeta.uz »
2026-06-04 18:43
Turkiyaning Denizli viloyatida yuz bergan avtobus halokatida 8 kishi (jumladan, bir go‘dak) halok bo‘ldi, 33 kishi jarohatlandi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, haydovchi hodisadan 20 daqiqa oldin transportdagi nosozlikni tekshirib, yo‘lda davom etgan. O‘zbekiston prezidenti hamdardlik bildirdi. gazeta.uz »
2026-05-31 19:04
Shavkat Mirziyoyev 29-may kuni amaliy tashrif bilan Ostona shahrida bo‘ladi. Prezident Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashining navbatdagi yig‘ilishida kuzatuvchi davlat rahbari maqomida ishtirok etadi. gazeta.uz »
2026-05-28 17:25
O‘zbekiston prezidenti mamlakatda Milliy kitobxonlik harakatiga start berdi. Dasturning umumiy yillik mukofot fondi 240 ming dollarni tashkil etadi. “Men ushbu dasturni shunchaki kitob o‘qish musobaqasi emas, balki jonajon Vatanimiz kelajagi uchun strategik investitsiya deb bilaman”, - dedi Shavkat Mirziyoyev. gazeta.uz »
2026-05-22 15:10
Prezident rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga kelgan YeXHT bosh kotibi Feridun Sinirlio‘g‘luni qabul qildi. Uchrashuvda tashkilot bilan iqtisodiy-ekologik, siyosiy va gumanitar sohalardagi hamkorligini yanada kengaytirish, kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish masalalari ko‘rib chiqildi. gazeta.uz »
2026-05-21 17:31
Shavkat Mirziyoyev Uttar-Pradesh shtatidagi kuchli bo‘ron va yog‘ingarchiliklar munosabati bilan Hindiston prezidenti va bosh vaziriga hamdardlik bildirdi. Tabiiy ofat tufayli kamida 111 kishi halok bo‘ldi, 72 kishi jarohatlangan. gazeta.uz »
2026-05-15 10:02
Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Moskvaga yetib bordi. Prezidentni Rossiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Mixail Galuzin va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi. Ertaga O‘zbekiston yetakchisi Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaning 81 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirlarda ishtirok etadi. gazeta.uz »
2026-05-08 21:24
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga Xotira va qadrlash kuni hamda Ikkinchi jahon urushida qozonilgan g‘alabaning 81 yilligi bilan tabrik yo‘lladi. “Hech qachon unutmaylik, milliy birlik va hamjihatlik - bizning bebaho boyligimiz”, - dedi prezident o‘z tabrigida. gazeta.uz »
2026-05-08 17:52
Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Moskva shahriga jo‘nab ketdi. Davlat rahbari Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaning 81 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlarda ishtirok etadi. gazeta.uz »
2026-05-08 15:33
Prezident Shavkat Mirziyoyev Moskvadagi 9-may paradida ishtirok etmaydi, deya ma’lum qildi Gazeta`ga hukumatdagi manba. Qolaversa, Kreml tomonidan e’lon qilingan bayram tadbirlariga taklif etilgan xorijiy delegatsiyalar rahbarlari ro‘yxatida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari ko‘rsatilmagan. gazeta.uz »
2026-05-08 08:34
O‘zbekiston prezidenti Xitoyning Xunan provinsiyasidagi pirotexnika zavodida yuz bergan, 26 kishi halok bo‘lgan portlash munosabati bilan Si Szinpinga hamdardlik yo‘lladi. Xitoy rasmiylari zavoddan 3 km radiusdagi barcha aholini evakuatsiya qilishga majbur bo‘ldi. gazeta.uz »
2026-05-06 18:24
Shavkat Mirziyoyev Samarqandda OTB prezidenti Masato Kanda bilan uchrashdi. Muzokaralarda 2030-yilgacha mo‘ljallangan 12,5 mlrd dollarlik yangi strategik sheriklik dasturi muhokama qilindi. U ijtimoiy sohani modernizatsiya qilish, kambag‘allikni qisqartirish va “yashil” energetikani qo‘llab-quvvatlashni ko‘zda tutadi. gazeta.uz »
2026-05-03 18:40
Prezident Marg‘ilonda “Burhoniddin Marg‘inoniy” majmuasini ochib berdi. 35 gektar maydonga ega majmuada mehmonxona, karvonsaroy, hunarmandlar markazi, muzeylar va sayyohlar uchun zarur infratuzilma barpo etilgan. gazeta.uz »
2026-04-27 22:05
O‘zbekiston prezidenti ikki kunlik tashrif bilan Farg‘ona viloyatiga uchib ketdi. U turli sohalardagi loyihalar bilan tanishib, hududni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazadi. gazeta.uz »
2026-04-27 08:20
Orolni qutqarish jamg‘armasiga raislikni qabul qilgan O‘zbekiston uning mintaqaviy rolini kuchaytirish niyatida. Prezident jamg‘arma faoliyatini Markaziy Osiyo davlatlari sammitlari qarorlari bilan uyg‘unlashtirishni hamda Afg‘oniston ishtirokida suv taqsimotining huquqiy asoslarini yaratishni taklif qildi. gazeta.uz »
2026-04-22 19:44
Shavkat Mirziyoyev Mintaqaviy ekosammitda “Markaziy Osiyoning toza havosi” konsorsiumini tuzishni hamda iqlim loyihalarining yagona investitsiyaviy portfelini shakllantirishni taklif etdi. “Bu mintaqani rivojlantirish bo‘yicha yaxlit strategiya bilan harakat qilish imkonini beradi”, - dedi prezident. gazeta.uz »
2026-04-22 13:11
Dunyoning ayrim mintaqalarida iqtisodiy imkoniyatlar cheklangani va ijtimoiy tengsizlik sababli giyohvand moddalar yetishtirish davom etmoqda, dedi prezident. U bunday hududlar iqtisodiyoti va rivojlanishiga investitsiyalar kiritish orqali yordam berishni butun xalqaro hamjamiyatning umumiy mas’uliyati, deb atadi. gazeta.uz »
2026-04-20 10:28
Buxoroda Shavkat Mirziyoyev va Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayevning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Tomonlar strategik sheriklikni mustahkamlash, savdo hajmini oshirish va qo‘shma loyihalarni kengaytirish masalalarini muhokama qildi. gazeta.uz »
2026-04-11 14:36
Shavkat Mirziyoyev Buxoro xalqaro aeroportida O‘zbekistonga amaliy tashrif bilan kelgan Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayevni kutib oldi. Yetakchilar ikki tomonlama muzokara o‘tkazadilar. Shuningdek, Buxoroning tarixiy obidalarini ziyorat qilish, sanoat korxonalari faoliyati bilan tanishish rejalashtirilgan. gazeta.uz »
2026-04-11 12:14
Shavkat Mirziyoyev Toshkent markazidagi xiyobonga tashrif buyurib, Amir Temur haykali poyiga gulchambar qo‘ydi va bog‘ga ko‘chat ekdi. gazeta.uz »
2026-04-09 12:30
O‘zbekiston va Tojikiston prezidentlari Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon Buxoroga tashrif buyurdi. Davlat rahbarlari shaharning tarixiy obidalari va sanoat korxonalari bilan tanishishi ko‘zda tutilgan. gazeta.uz »
2026-03-27 12:38
Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin telefon orqali muloqot qildi. Unda O‘zbekistonda birinchi AES qurish loyihasi muhokama qilindi. Shuningdek, Yaqin Sharq, Janubiy Osiyo va Ukrainadagi vaziyat yuzasidan fikr almashdi. gazeta.uz »
2026-03-24 16:03
Shavkat Mirziyoyev Yakkasaroy tumanidagi Milliy madaniy markazlar paviloniga tashrif buyurdi. Davlat rahbari har bir milliy maskan faoliyati bilan tanishdi va mehmonlari uchun tashkil etilgan badiiy dasturni tomosha qildi. gazeta.uz »
2026-03-21 15:42
O‘zbekiston prezidenti Navro‘zga bag‘ishlangan tantanali marosimda qatnashib, barchani bayram bilan tabrikladi. Davlat rahbari o‘z nutqida O‘zbekiston xalqiga murojaat qilib, birdamlik, ahillik va bunyodkorlik ruhida yashashga, yoshlarni zamonaviy bilim, til va kasblarni egallashga chaqirdi. gazeta.uz »
2026-03-21 08:59
Shavkat Mirziyoyev Ilhom Aliyev bilan o‘tkazgan telefon orqali muloqotida Naxichevanga qilingan dronlar hujumini keskin qoraladi. Shuningdek, fuqarolarni Erondan Ozarbayjon orqali xavfsiz evakuatsiya qilish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar uchun Aliyevga minnatdorlik bildirildi. gazeta.uz »
2026-03-05 20:17
Shavkat Mirziyoyev Qatar, Bahrayn va Iordaniya rahbarlari bilan telefon orqali Yaqin Sharqdagi keskinlikni muhokama qildi. Muloqotlarda mintaqaviy barqarorlikka tahdid soluvchi harakatlarni zudlik bilan to‘xtatish va nizolarni faqat diplomatik yo‘l bilan hal etish zarurligi ta’kidlandi. gazeta.uz »
2026-03-04 18:14
Shavkat Mirziyoyev BAA prezidenti Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon bilan telefonda suhbatlashdi. Muloqotda Yaqin Sharqdagi vaziyat xalqaro huquq tamoyillariga zid ekani ta’kidlandi. Shavkat Mirziyoyev BAAdagi O‘zbekiston fuqarolariga ko‘rsatilayotgan ko‘mak uchun minnatdorlik bildirdi. gazeta.uz »
2026-03-04 15:43
Shavkat Mirziyoyev O‘mon sultoni Haysam bin Toriq Ol Said bilan telefonda suhbatlashdi. Unda Yaqin Sharqdagi hozirgi murakkab vaziyat muhokama qilinib, yuzaga kelgan beqarorlik jiddiy tashvish uyg‘otayotgani qayd etildi. gazeta.uz »
2026-03-04 14:50
Shavkat Mirziyoyev Eron oliy rahbari Ali Xomanaiy vafoti munosabat bilan mamlakat prezidenti Mas’ud Pezeshkiyonga hamdardlik yo‘lladi. “O‘zbekiston va Eron o‘rtasidagi keng qamrovli hamkorlikni rivojlantirishga ulkan hissa qo‘shgan kishining yorqin xotirasi qalblarda doimiy saqlanib koladi”, - deyiladi maktubda. gazeta.uz »
2026-03-02 14:22
O‘zbekiston G‘azo sektorida uy-joylar, bolalar bog‘chalari, maktab va shifoxonalar qurilishiga hissa qo‘shishga tayyor, dedi “Tinchlik kengashi”ning birinchi sammitida Shavkat Mirziyoyev. U sammitni xalqaro birdamlik hamda Yaqin Sharqdagi vaziyatni yaxshilash yo‘lidagi umumiy intilish ifodasi deb atadi (video). gazeta.uz »
2026-02-19 19:49
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqini Ramazon oyi bilan tabrikladi. Prezident o‘z qutlovida mehr-muruvvat, mahallalarni obod qilish va ehtiyojmandlarga yordam berish muhimligini ta’kidladi. Shuningdek, Islom sivilizatsiyasi markazi va Imom Buxoriy majmuasida ehson dasturxonlari yozilishi aytildi. gazeta.uz »
2026-02-18 17:24
O‘zbekiston prezidenti 19-fevral kuni bo‘lib o‘tadigan Tinchlik kengashining birinchi yig‘ilishida ishtirok etish uchun AQSh poytaxtiga safar qiladi. gazeta.uz »
2026-02-16 07:56