Ðåçóëüòàòîâ: 762

Amerika partiyasini tuzish, subsidiyalardan mahrum etish: Mask va Tramp bir-biriga tahdid qildi

Ilon Mask, agar Kongress soliq imtiyozlariga oid qonun loyihasini qabul qilsa, Amerika partiyasini tuzishini aytdi. Bunga javoban Tramp subsidiyalar bo‘lmaganida, Mask do‘konlarini yopib, uyi - Janubiy Afrikaga qaytishi kerak bo‘lardi, dedi va DOGE`ga uni subsidiyalardan mahrum qilishni o‘rganishni taklif etdi. gazeta.uz »

2025-7-1 10:17

Los Anjelesda immigratsiya reydlari tufayli namoyishlar boshlandi; Tramp shaharga Milliy gvardiyani kiritdi

Donald Tramp immigratsiya reydlariga javoban boshlangan norozilik namoyishlarini tarqatish uchun Los Anjelesga Milliy gvardiya xodimlarini kiritishni buyurdi. Kaliforniya gubernatori bu qarorni “maqsadli tarzda g‘azab uyg‘otuvchi” deb atadi va qo‘shinlarni olib chiqishni talab qildi. gazeta.uz »

2025-6-9 08:38

Tramp va Mask janjali: Tramp milliarderning kompaniyasini subsidiyalardan mahrum qilish bilan qo‘rqitdi. Mask prezidentni noshukurlikda aybladi

Donald Tramp va Ilon Mask o‘rtasida katta janjal kelib chiqdi. Tramp biznesmenning Tesla va SpaceX kompaniyalarini subsidiyalardan mahrum qilish bilan tahdid qildi, Mask AQSh prezidentini noshukurlikda ayblab, usiz saylovlarda g‘alaba qozona olmagan bo‘lishini aytdi. Tafsilotlar - Gazeta materialida. gazeta.uz »

2025-6-8 22:08

“U shunchaki aqldan ozgan”. Tramp Putinni Ukrainaga berilgan yirik zarbalar uchun qoraladi

Rossiya Ukrainaga ketma-ket hujumlar uyushtirmoqda. Jumladan, 25-mayga o‘tar kechasi qariyb 300 ta dron va 70 ta raketa uchirilgan, kamida 12 kishi halok bo‘ldi. Tramp bu harakatlardan so‘ng: “Putinga nimadir bo‘ldi, u aqldan ozibdi”, - deya bayonot berdi. “Bu Zelenskiy, Putin va Baydenning urushi”, - dedi u. gazeta.uz »

2025-5-26 12:03

“Endigina boshladik”. Tramp prezidentligining dastlabki 100 kunini sarhisob qildi

Donald Tramp prezidentligining ilk 100 kunini nishonlab, tarafdorlarini mitingga to‘pladi. “Endigina boshladik. Siz hali hech narsani ko‘rmadingiz”, - dedi u savdo urushi, davlat xizmatchilarining ommaviy qisqartirilishi va noqonuniy muhojirlarning deportatsiyasi bilan yodda qolgan uch oyni sarhisob qilarkan. gazeta.uz »

2025-4-30 14:18

“Qo‘lingni tort!” AQSh va Yevropada Tramp siyosatiga qarshi namoyishlar bo‘ldi

AQSh va Yevropaning yirik shaharlarida Hands Off! (“Qo‘lingni tort!”) shiori ostida ommaviy norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tdi. Aksiya ishtirokchilari Tramp ma’muriyatining harakatlariga, jumladan, federal xizmatchilarning ishdan bo‘shatilishi, butun boshli agentliklar yopilishi va bojlar joriy etilishiga qarshi chiqdi. gazeta.uz »

2025-4-7 16:00