Ðåçóëüòàòîâ: 68

“Bu aniq edi”. Energetika vaziri — O‘zbekistonda gaz qazib olish hajmi keskin kamaygani haqida

Yanvar-mart oylarida O‘zbekistonda 9,6 mlrd kubometr tabiiy gaz qazib olindi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 15% ga kam. Energetika vaziri Gazeta`ga bergan intervyusida bu pasayish kutilgan holat ekani, hozirda asosiy vazifa - qazib olishni barqarorlashtirish va hajmlarni ushlab turish ekanini aytdi. gazeta.uz »

2026-5-12 13:14

“Tabiiy pasayish”. Energetika vaziri — O‘zbekistonda gaz qazib olish hajmi keskin kamaygani haqida

Yanvar-mart oylarida O‘zbekistonda 9,6 mlrd kubometr tabiiy gaz qazib olindi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 15% ga kam. Energetika vaziri Gazeta`ga bergan intervyusida bu pasayish kutilgan holat ekani, hozirda asosiy vazifa - qazib olishni barqarorlashtirish va hajmlarni ushlab turish ekanini aytdi. gazeta.uz »

2026-5-12 13:14

“O‘zbekneftgaz” Saneg’ga berilgan konlarda qazib olish hajmi kamayganini ma’lum qildi

“O‘zbekneftgaz” Saneg kompaniyasiga berilgan 100 dan ortiq konlarda neft qazib olish kamayganini ma’lum qildi. Ushbu aktivlar bo‘yicha qarorni maxsus komissiya qabul qiladi, ular “O‘zbekneftgaz” rahbariyati 2022-yilda ta’kidlaganidek, o‘tkazilish paytida qariyb ikki barobarga past baholangan. gazeta.uz »

2026-4-21 12:49

Gaz qazib olish hajmi oshmayotganiga yangi zaxiralar yetarli darajada ko‘paymayotgani sabab bo‘lyapti — “O‘zbekneftgaz”

“O‘zbekneftgaz” tahlillariga ko‘ra, O‘zbekistonda gaz qazib olish barqaror oshishiga yangi zaxiralarning yetarli darajada qo‘shilmayotgani to‘sqinlik qilmoqda. Aksar istiqbolli investitsiya bloklari xususiy investorlarga berilgan bo‘lsa-da, ular tomonidan geologiya-qidiruv ishlari sust olib borilmoqda. gazeta.uz »

2026-1-15 14:44

Andijondagi korxona tuproqni noqonuniy qazib olib, tabiatga qariyb 32 mlrd so‘m zarar yetkazgani aniqlandi

Andijon viloyati Buloqboshi tumanidagi korxona o‘ziga ajratilgan hududdan tashqaridagi maydondan noqonuniy ravishda tuproq qazib olib, tabiatga 31,9 milliard so‘m zarar yetkazgani aniqlandi. Korxonaga 7,7 milliard so‘m miqdorida kompensatsiya to‘lovi hisoblandi. Hujjatlar Bosh prokuraturaga yuborildi. gazeta.uz »

2025-10-16 09:28

Prezident gaz qazib olishni ko‘paytirish va geologiya-qidiruv ishlarini kengaytirish masalasini muhokama qildi

Prezident yig‘ilishida gaz zaxiralarini ko‘paytirish uchun istiqbolli hududlarda geologiya-qidiruv ishlarini boshlash va seysmik qidiruv maydonini kengaytirish reja qilingani aytildi. “O‘zbekneftgaz” loyihalari uchun 2 mlrd dollar xorijiy kredit jalb qilmoqchi. Korxonaga tannarxni 8 foizga kamaytirish topshirildi. gazeta.uz »

2024-12-20 21:34

Moratoriyga qaramay yana Chirchiq daryosidan qum-shag‘al qazib olindi. Tabiatga zarar miqdori 233 millard so‘m

Daryo o‘zanlaridan noruda materiallar qazib olishga moratoriyga qaramay, Chirchiq daryosidan qum-shag‘al qazib olinishi davom etmoqda. Bu safar tabiatga 233 mlrd so‘m zarar yetkazildi. Avvalroq BP bu ish bilan shug‘ullanuvchi kompaniyalarning litsenziyalari bekor qilinmayotganini afsus bilan qayd etgandi. gazeta.uz »

2024-11-8 20:41

Moratoriyga qaramay, yana Chirchiq daryosidan qum-shag‘al qazib olindi. Tabiatga zarar miqdori 233 millard so‘m

Daryo o‘zanlaridan noruda materiallar qazib olishga moratoriyga qaramay, Chirchiq daryosidan qum-shag‘al qazib olinishi davom etmoqda. Bu safar tabiatga 233 mlrd so‘m zarar yetkazildi. Avvalroq BP bu ish bilan shug‘ullanuvchi kompaniyalarning litsenziyalari bekor qilinmayotganini afsus bilan qayd etgandi. gazeta.uz »

2024-11-9 20:41