
2024-5-20 10:14 |
Shavkat Mirziyoyev Eron prezidenti Ibrohim Raisiyning aviahalokatda vafot etgani munosabati bilan mamlakat oliy diniy rahbariga hamdardlik bildirdi.
Ïîäðîáíåå ÷èòàéòå íà gazeta.uz ...

2024-5-20 10:14 |
Shavkat Mirziyoyev Eron prezidenti Ibrohim Raisiyning aviahalokatda vafot etgani munosabati bilan mamlakat oliy diniy rahbariga hamdardlik bildirdi.
Ïîäðîáíåå ÷èòàéòå íà gazeta.uz ...
Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Moskvaga yetib bordi. Prezidentni Rossiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Mixail Galuzin va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi. Ertaga O‘zbekiston yetakchisi Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaning 81 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirlarda ishtirok etadi. gazeta.uz »
2026-05-08 21:24
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga Xotira va qadrlash kuni hamda Ikkinchi jahon urushida qozonilgan g‘alabaning 81 yilligi bilan tabrik yo‘lladi. “Hech qachon unutmaylik, milliy birlik va hamjihatlik - bizning bebaho boyligimiz”, - dedi prezident o‘z tabrigida. gazeta.uz »
2026-05-08 17:52
Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Moskva shahriga jo‘nab ketdi. Davlat rahbari Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaning 81 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlarda ishtirok etadi. gazeta.uz »
2026-05-08 15:33
Prezident Shavkat Mirziyoyev Moskvadagi 9-may paradida ishtirok etmaydi, deya ma’lum qildi Gazeta`ga hukumatdagi manba. Qolaversa, Kreml tomonidan e’lon qilingan bayram tadbirlariga taklif etilgan xorijiy delegatsiyalar rahbarlari ro‘yxatida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari ko‘rsatilmagan. gazeta.uz »
2026-05-08 08:34
O‘zbekiston prezidenti Xitoyning Xunan provinsiyasidagi pirotexnika zavodida yuz bergan, 26 kishi halok bo‘lgan portlash munosabati bilan Si Szinpinga hamdardlik yo‘lladi. Xitoy rasmiylari zavoddan 3 km radiusdagi barcha aholini evakuatsiya qilishga majbur bo‘ldi. gazeta.uz »
2026-05-06 18:24
Shavkat Mirziyoyev Samarqandda OTB prezidenti Masato Kanda bilan uchrashdi. Muzokaralarda 2030-yilgacha mo‘ljallangan 12,5 mlrd dollarlik yangi strategik sheriklik dasturi muhokama qilindi. U ijtimoiy sohani modernizatsiya qilish, kambag‘allikni qisqartirish va “yashil” energetikani qo‘llab-quvvatlashni ko‘zda tutadi. gazeta.uz »
2026-05-03 18:40
Prezident Marg‘ilonda “Burhoniddin Marg‘inoniy” majmuasini ochib berdi. 35 gektar maydonga ega majmuada mehmonxona, karvonsaroy, hunarmandlar markazi, muzeylar va sayyohlar uchun zarur infratuzilma barpo etilgan. gazeta.uz »
2026-04-27 22:05
O‘zbekiston prezidenti ikki kunlik tashrif bilan Farg‘ona viloyatiga uchib ketdi. U turli sohalardagi loyihalar bilan tanishib, hududni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazadi. gazeta.uz »
2026-04-27 08:20
Orolni qutqarish jamg‘armasiga raislikni qabul qilgan O‘zbekiston uning mintaqaviy rolini kuchaytirish niyatida. Prezident jamg‘arma faoliyatini Markaziy Osiyo davlatlari sammitlari qarorlari bilan uyg‘unlashtirishni hamda Afg‘oniston ishtirokida suv taqsimotining huquqiy asoslarini yaratishni taklif qildi. gazeta.uz »
2026-04-22 19:44
Shavkat Mirziyoyev Mintaqaviy ekosammitda “Markaziy Osiyoning toza havosi” konsorsiumini tuzishni hamda iqlim loyihalarining yagona investitsiyaviy portfelini shakllantirishni taklif etdi. “Bu mintaqani rivojlantirish bo‘yicha yaxlit strategiya bilan harakat qilish imkonini beradi”, - dedi prezident. gazeta.uz »
2026-04-22 13:11
Dunyoning ayrim mintaqalarida iqtisodiy imkoniyatlar cheklangani va ijtimoiy tengsizlik sababli giyohvand moddalar yetishtirish davom etmoqda, dedi prezident. U bunday hududlar iqtisodiyoti va rivojlanishiga investitsiyalar kiritish orqali yordam berishni butun xalqaro hamjamiyatning umumiy mas’uliyati, deb atadi. gazeta.uz »
2026-04-20 10:28
Buxoroda Shavkat Mirziyoyev va Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayevning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Tomonlar strategik sheriklikni mustahkamlash, savdo hajmini oshirish va qo‘shma loyihalarni kengaytirish masalalarini muhokama qildi. gazeta.uz »
2026-04-11 14:36
Shavkat Mirziyoyev Buxoro xalqaro aeroportida O‘zbekistonga amaliy tashrif bilan kelgan Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayevni kutib oldi. Yetakchilar ikki tomonlama muzokara o‘tkazadilar. Shuningdek, Buxoroning tarixiy obidalarini ziyorat qilish, sanoat korxonalari faoliyati bilan tanishish rejalashtirilgan. gazeta.uz »
2026-04-11 12:14
Shavkat Mirziyoyev Toshkent markazidagi xiyobonga tashrif buyurib, Amir Temur haykali poyiga gulchambar qo‘ydi va bog‘ga ko‘chat ekdi. gazeta.uz »
2026-04-09 12:30
O‘zbekiston va Tojikiston prezidentlari Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon Buxoroga tashrif buyurdi. Davlat rahbarlari shaharning tarixiy obidalari va sanoat korxonalari bilan tanishishi ko‘zda tutilgan. gazeta.uz »
2026-03-27 12:38
Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin telefon orqali muloqot qildi. Unda O‘zbekistonda birinchi AES qurish loyihasi muhokama qilindi. Shuningdek, Yaqin Sharq, Janubiy Osiyo va Ukrainadagi vaziyat yuzasidan fikr almashdi. gazeta.uz »
2026-03-24 16:03
Shavkat Mirziyoyev Yakkasaroy tumanidagi Milliy madaniy markazlar paviloniga tashrif buyurdi. Davlat rahbari har bir milliy maskan faoliyati bilan tanishdi va mehmonlari uchun tashkil etilgan badiiy dasturni tomosha qildi. gazeta.uz »
2026-03-21 15:42
O‘zbekiston prezidenti Navro‘zga bag‘ishlangan tantanali marosimda qatnashib, barchani bayram bilan tabrikladi. Davlat rahbari o‘z nutqida O‘zbekiston xalqiga murojaat qilib, birdamlik, ahillik va bunyodkorlik ruhida yashashga, yoshlarni zamonaviy bilim, til va kasblarni egallashga chaqirdi. gazeta.uz »
2026-03-21 08:59
Shavkat Mirziyoyev Ilhom Aliyev bilan o‘tkazgan telefon orqali muloqotida Naxichevanga qilingan dronlar hujumini keskin qoraladi. Shuningdek, fuqarolarni Erondan Ozarbayjon orqali xavfsiz evakuatsiya qilish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar uchun Aliyevga minnatdorlik bildirildi. gazeta.uz »
2026-03-05 20:17
Shavkat Mirziyoyev Qatar, Bahrayn va Iordaniya rahbarlari bilan telefon orqali Yaqin Sharqdagi keskinlikni muhokama qildi. Muloqotlarda mintaqaviy barqarorlikka tahdid soluvchi harakatlarni zudlik bilan to‘xtatish va nizolarni faqat diplomatik yo‘l bilan hal etish zarurligi ta’kidlandi. gazeta.uz »
2026-03-04 18:14
Shavkat Mirziyoyev BAA prezidenti Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon bilan telefonda suhbatlashdi. Muloqotda Yaqin Sharqdagi vaziyat xalqaro huquq tamoyillariga zid ekani ta’kidlandi. Shavkat Mirziyoyev BAAdagi O‘zbekiston fuqarolariga ko‘rsatilayotgan ko‘mak uchun minnatdorlik bildirdi. gazeta.uz »
2026-03-04 15:43
Shavkat Mirziyoyev O‘mon sultoni Haysam bin Toriq Ol Said bilan telefonda suhbatlashdi. Unda Yaqin Sharqdagi hozirgi murakkab vaziyat muhokama qilinib, yuzaga kelgan beqarorlik jiddiy tashvish uyg‘otayotgani qayd etildi. gazeta.uz »
2026-03-04 14:50
Shavkat Mirziyoyev Eron oliy rahbari Ali Xomanaiy vafoti munosabat bilan mamlakat prezidenti Mas’ud Pezeshkiyonga hamdardlik yo‘lladi. “O‘zbekiston va Eron o‘rtasidagi keng qamrovli hamkorlikni rivojlantirishga ulkan hissa qo‘shgan kishining yorqin xotirasi qalblarda doimiy saqlanib koladi”, - deyiladi maktubda. gazeta.uz »
2026-03-02 14:22
O‘zbekiston G‘azo sektorida uy-joylar, bolalar bog‘chalari, maktab va shifoxonalar qurilishiga hissa qo‘shishga tayyor, dedi “Tinchlik kengashi”ning birinchi sammitida Shavkat Mirziyoyev. U sammitni xalqaro birdamlik hamda Yaqin Sharqdagi vaziyatni yaxshilash yo‘lidagi umumiy intilish ifodasi deb atadi (video). gazeta.uz »
2026-02-19 19:49
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqini Ramazon oyi bilan tabrikladi. Prezident o‘z qutlovida mehr-muruvvat, mahallalarni obod qilish va ehtiyojmandlarga yordam berish muhimligini ta’kidladi. Shuningdek, Islom sivilizatsiyasi markazi va Imom Buxoriy majmuasida ehson dasturxonlari yozilishi aytildi. gazeta.uz »
2026-02-18 17:24
O‘zbekiston prezidenti 19-fevral kuni bo‘lib o‘tadigan Tinchlik kengashining birinchi yig‘ilishida ishtirok etish uchun AQSh poytaxtiga safar qiladi. gazeta.uz »
2026-02-16 07:56
O‘zbekiston prezidenti, parlament va hukumat rahbarlari Qallibek Kamalov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi. gazeta.uz »
2026-02-11 14:34
Islomobodda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Pokiston prezidenti Asif Ali Zardoriy tor doirada hamda delegatsiyalar ishtirokida uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv yakunida Asif Ali Zardoriy Shavkat Mirziyoyevga “Nishoni Pokiston” mukofotini topshirdi gazeta.uz »
2026-02-06 13:30
Shavkat Mirziyoyev AQSh prezidenti Donald Tramp bilan Yaqin Sharqda tinchlikni mustahkamlash va mojarolarni hal etish bo‘yicha Tinchlik kengashi bitimini imzoladi. Avvalroq mamlakat bu kengashga ta’sischi davlat sifatida qo‘shilishi xabar qilingandi. gazeta.uz »
2026-01-22 14:10
Shavkat Mirziyoyev chorshanba kuni Davos (Shveysariya) shahriga jo‘nab ketdi. Davlat rahbari u yerda Donald Trampning taklifi bilan Tinchlik kengashi nizomini imzolash marosimida qatnashadi. gazeta.uz »
2026-01-21 15:50
O‘zbekiston prezidenti Yangi Toshkentdagi issiqlik va sovitish tizimi uchun quvvat yaratuvchi trigeneratsiya stansiyasi va mamlakatdagi birinchi yopiq turdagi nimstansiya bilan tanishdi. gazeta.uz »
2025-12-30 15:23
Shavkat Mirziyoyev Ashxobod shahrida Turkmaniston Xalq Maslahati raisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan uchrashuv o‘tkazdi. Prezident suhbatboshini doimiy betaraflikning o‘ttiz yilligi bilan tabrikladi va bo‘lajak xalqaro forum ishida muvaffaqiyat tiladi. gazeta.uz »
2025-12-11 20:15
Shavkat Mirziyoyev Ko‘ksaroy qarorgohida Paragvay prezidenti Santyago Penya bilan muzokara o‘tkazdi. Bu Lotin Amerikasi davlati prezidentining O‘zbekistonga ilk tashrifidir. Yetakchilar savdo-iqtisodiyot, madaniy-gumanitar, ta’lim va boshqa sohalardagi yo‘nalishlarni muhokama qildi. gazeta.uz »
2025-12-11 15:55
Prezident payshanba kuni Sirdaryo viloyatiga tashrif buyuradi. Davlat rahbari sanoat korxonalari va mahallalar bilan tanishadi hamda xalq deputatlari viloyat kengashi sessiyasida qatnashadi. gazeta.uz »
2025-12-04 08:08
Seshanba kuni Shavkat Mirziyoyev Jizzax viloyatiga tashrif buyuradi. Prezident yo‘l-transport infratuzilmasi, qishloq xo‘jaligi, ta’lim, tibbiyot kabi sohalardagi ishlar bilan tanishadi hamda xalq deputatlari kengashi sessiyasida ishtirok etadi. gazeta.uz »
2025-12-02 09:02
O‘zbekiston prezidenti Gretsiya, Indoneziya, Latviya, Fransiya, Rossiya, Yaponiya va Tojikistonning favqulodda va muxtor elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qildi. Foto. gazeta.uz »
2025-11-27 15:34
Toshkentdagi Olimpiya shaharchasida birinchi Prezident Olimpiadasi boshlandi. 3000 dan ortiq ishtirokchi sportning 10 turi bo‘yicha bellashadi. G‘oliblar milliy terma jamoalar tarkibiga qabul qilinadi. gazeta.uz »
2025-11-27 10:40
Seshanba kuni Shavkat Mirziyoyev Samarqandga tashrif buyuradi. Davlat rahbari xalq deputatlari viloyat kengashi sessiyasida ishtirok etishi hamda sanoat va ijtimoiy soha rivoji bilan tanishishi rejalashtirilgan. gazeta.uz »
2025-11-25 07:59
Shavkat Mirziyoyev Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Uchrashuvda yuqori texnologiyalar, “yashil” va atom energetikasi, sun’iy intellekt, transport, infratuzilma, qishloq xo‘jaligi, geologiya, kimyo va boshqa yo‘nalishlardagi hamkorlikni ilgari surishga e’tibor qaratildi. gazeta.uz »
2025-11-21 14:46
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Mirabbos Mirzaahmedov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi. gazeta.uz »
2025-11-20 12:26
Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedovga “Oliy darajali do‘stlik” ordenini topshirdi. “Siz otangiz, turkman xalqining milliy yetakchisi Gurbanguli Berdimuhamedovning ishini munosib davom ettirmoqdasiz”, - dedi Shavkat Mirziyoyev orden topshirish marosimida. gazeta.uz »
2025-11-17 12:12
Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining yettinchi Maslahat uchrashuvida ishtirok etish uchun O‘zbekistonga kelgan Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev bilan uchrashuv o‘tkazdi. gazeta.uz »
2025-11-15 13:42
Shavkat Mirziyoyev Qasim-Jomart Toqayevni O‘zbekistonning oliy davlat mukofoti - “Oliy Darajali Do‘stlik” ordeni bilan mukofotladi. gazeta.uz »
2025-11-15 11:12
Shavkat Mirziyoyev Qasim-Jomart Toqayevni O‘zbekistonning oliy davlat mukofoti - “Oliy Darajali Do‘stlik” ordeni bilan mukofotladi. gazeta.uz »
2025-11-15 11:12
Shavkat Mirziyoyev va Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev o‘rtasida tor va kengaytirilgan doiradagi muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Unda qo‘shma investitsiya platformasini ishga tushirish taklif etildi. gazeta.uz »
2025-11-15 09:54
Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga kelgan Qasim-Jomart Toqayevni kutib oldi. Ular “Toshkent-Humo” xalqaro aeroportida suhbat o‘tkazdi. Avval bu aeroport “Toshkent-Sharqiy” nomi bilan atalib kelingandi. gazeta.uz »
2025-11-14 15:21
Samarali mintaqaviy institutlarsiz Markaziy Osiyo doirasidagi hamkorlikning tizimli rivojlanishini ta’minlab bo‘lmaydi. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkentda bo‘lib o‘tadigan mintaqa davlatlari rahbarlarining yettinchi Maslahat uchrashuvi arafasidagi maqolasida yozdi. gazeta.uz »
2025-11-13 09:36
Shavkat Mirziyoyev Tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan bir guruh soha xodimlarini mukofotladi. “Mashaqqatli mehnat mahsuli bo‘lgan bunday ezgu ishlarda 600 mingdan ziyod jonkuyar tibbiyot xodimlarining munosib hissasini e’tirof etib, har qancha rahmat aytsak, arziydi”, - ta’kidladi prezident gazeta.uz »
2025-11-10 18:44
O‘zbekiston prezidenti Vashingtonga tashrifida AQSh prezidenti Donald Trampga ikkita sovg‘a berdi. Ulardan biri Registon majmuasining kichik tilla rangli nusxasi, ikkinchisi esa Trampning “The Art of the Deal” kitobining o‘zbek tilidagi tarjimasi. gazeta.uz »
2025-11-10 10:03
O‘zbekiston prezidenti tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan soha xodimlariga tabrik yo‘lladi. Dalat rahbari Alisher Navoiyning “Davron elining jismida ham jon bo‘lg‘il, Ham jonlarig‘a moyai darmon bo‘lg‘il” da’vati aynan ushbu sohadagilarga bag‘ishlanganini ta’kidladi. gazeta.uz »
2025-11-08 13:17