Ðåçóëüòàòîâ: 77

2025-yildan avtobus, temiryo‘l va aviachiptalar olinadigan yagona turizm platformasi ishga tushadi

2025-yilning sentabridan boshlab sinov tariqasida avtobus, avia va temiryo‘l biletlari sotib olinadigan onlayn platforma ishga tushadi. Milliy turizm yagona platformasi orqali muzeylarga bilet olish, avtomobil ijarasi xizmatidan foydalanish va mehmonxonalarni band qilish kabi imkoniyatlar yaratiladi. gazeta.uz »

2024-12-16 09:19

Toshkent va Xo‘jakent oralig‘idagi temiryo‘lga tutash maydonlar 2025-yilgi renovatsiya dasturiga kiritiladi

Prezident yangi elektropoyezdda Toshkentdan Xo‘jakentga safar qilib, temiryo‘lga tutash maydonlarni 2025-yilgi renovatsiya dasturiga kiritish bo‘yicha topshiriq berdi. U yo‘nalishdagi egri qismlarni to‘g‘ri qilib qayta qurish orqali kunlik ekspress poyezdlar qatnovini ko‘paytirish kerakligini ta’kidladi. gazeta.uz »

2024-12-6 11:17

Temiryo‘l va aviatsiya xizmatlari tannarxini pasaytirish juda muhim — prezident

Prezident temiryo‘l va aviatsiya kompaniyalari transformatsiyasi jarayoniga oid taqdimot bilan tanishdi. U yo‘nalishlarni diversifikatsiya qilish, tashish jarayonlarini tezlashtirish, tannarxni kamaytirish muhim ekanini qayd etdi va sohaga konsalting kompaniyasi jalb qilib, aniq dastur ishlab chiqish vazifasini qo‘ydi. gazeta.uz »

2024-11-27 23:02

Toshkent-Samarqand va Samarqand-Navoiy-Buxoro yo‘nalishlarida tezyurar poyezdlar uchun yangi temiryo‘l quriladi

O‘zbekistonda 2030-yilgacha Toshkent-Samarqand va Samarqand-Navoiy-Buxoro yo‘nalishlarida tezyurar poyezdlar uchun yangi temiryo‘l qurish loyihalari amalga oshiriladi. Respublikaning 6 ta xalqaro aeroportini modernizatsiya qilish davlat-xususiy sheriklikka beriladi. gazeta.uz »

2024-9-25 14:13

Mirziyoyev va Toqayev Transkaspiy yo‘lagi va Transafg‘on temiryo‘lini muhokama qildi

Mirziyoyev va Toqayev yuk tashishni oshirishga sharoitlar yaratish, avtomobil va temiryo‘llar qurish hamda modernizatsiya qilishni jadallashtirishni muhokama qildi. Transkaspiy yo‘lagi va “Shimol-Janub” koridoridan samarali foydalanish va chegarada yangi o‘tkazish punktlarini ochish masalalarini ko‘rib chiqdi. gazeta.uz »

2024-8-8 15:24

“Bu tarixiy voqea”. Shavkat Mirziyoyev — Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temiryo‘li qurilishi bo‘yicha bitim imzolangani haqida

Pekinda Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temiryo‘li qurilishi bo‘yicha strategik loyihani amalga oshirish to‘g‘risidagi bitim imzolandi. “Bu mamlakatlarimiz o‘rtasida qaror topgan an’anaviy yaqin va ko‘p qirrali hamkorlik rivojidagi chinakam tarixiy voqeadir”, - dedi Shavkat Mirziyoyev ishtirokchilarni tabriklab. gazeta.uz »

2024-6-6 17:48

Prezident temiryo‘l va aviachiptalarni safardan kamida olti oy oldin savdoga chiqarish bo‘yicha topshiriq berdi

Turizm masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishda prezident temiryo‘l va aviachiptalarni kamida olti oy oldin sotuvga chiqarishni topshirdi. Shuningdek, chet ellik ijrochilar konsertlarini o‘tkazishga qo‘yiladigan talablarni qayta ko‘rib chiqish va qo‘shni davlatlar bilan chegaradan o‘tish jarayonini osonlashtirish buyurildi. gazeta.uz »

2024-6-3 17:19

IUT è ÑÊ Temiryo‘l-Sug‘urta ïîäïèñàëè ìåìîðàíäóì î âçàèìîïîíèìàíèè

Óíèâåðñèòåò Èíõà â ã. Òàøêåíòå è ñòðàõîâàÿ êîìïàíèÿ Temiryo‘l-Sug‘urta 11 ÿíâàðÿ 2017 ãîäà ïîäïèñàëè ìåìîðàíäóì î âçàèìîïîíèìàíèè, êîòîðûé ïðåäóñìàòðèâàåò ïðîåêòû ïî ïîääåðæêè îäàð¸ííîé ìîëî䏿è. uzdaily.uz »

2017-1-11 15:39

12