Ðåçóëüòàòîâ: 80

Raqobat qo‘mitasi “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi”ga yo‘lovchilardan undirilgan ortiqcha haq bo‘yicha jarima qo‘lladi

“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” kompaniyasi yo‘lovchilarning chiptalaridan vositachilik yig‘im qiymati bo‘yicha 660 mln so‘mga yaqin ortiqcha haq undirgani aniqlandi. Raqobat qo‘mitasi unga va xuddi shu holat bo‘yicha “Shahar atrofida yo‘lovchi tashish” kompaniyasiga moliyaviy jarima qo‘lladi, pullar iste’molchilarga qaytariladi. gazeta.uz »

2024-8-21 10:34

Raqobat qo‘mitasi reklama qonunchiligi talablariga rioya qilishni so‘rab telekanallarga xat yubordi

Raqobat qo‘mitasi so‘nggi vaqtlarda OAVda reklama tarqatishda “qonunchilik talablari buzilishi” fonida barcha davlat va nodavlat telekanallariga ko‘rsatma xati yubordi. Qo‘mita ulardan bir oy ichida reklama faoliyatini qonunchilikka muvofiqlashtirishni so‘rab, aks holda moliyaviy sanksiyalar qo‘llashdan ogohlantirdi. gazeta.uz »

2024-8-13 20:33

Raqobat qo‘mitasi Knauf Gips Buxoro kompaniyasining O‘zbekistondagi ustun mavqeini tan oldi

Raqobat qo‘mitasi Knauf Gips Buxoro gipsokarton bozorida 40 foizdan ortiq ulush bilan ustun mavqega ega ekanini ma’lum qildi. Endi kompaniya ustun mavqei tan olingan kompaniyalar reyestriga kiritilishi, so‘ngra monopol narxlardan foydalanishning oldini olish bo‘yicha harakatlarni nazorat qilishi kerak. gazeta.uz »

2024-7-30 09:04

Senat yangi qonunlar hamda bosh prokuror va Raqobat qo‘mitasi rahbari lavozimlariga nomzodlarni muhokama qiladi

Senatda kiberxavfsizlik va intellektual mulkni himoya qilish, shuningdek, narkotik moddalarning noqonuniy aylanmasi qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonunlarga qo‘shimchalar ko‘rib chiqiladi. Bundan tashqari, bosh prokuror lavozimiga nomzod ko‘rib chiqiladi va Raqobatni rivojlantirish qo‘mitasi rahbari saylanadi. gazeta.uz »

2024-6-20 18:43

“Qaysidir korxona fikri bilan birdaniga cheklov kiritilmaydi”. Raqobat qo‘mitasi — BYD importini cheklash so‘rovi haqida

Raqobat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Farrux Karabayev BYD kompaniyasi O‘zbekiston hukumatidan elektromobillar importini cheklashni so‘raganiga izoh berdi. “Qaysidir xo‘jalik subyekti fikri bilan birdan cheklov qabul qilinmaydi, muvozanatli qaror qabul qilinadi”, - dedi u. Qo‘mita o‘z taklifini berishi aytildi. gazeta.uz »

2024-3-20 15:16

Raqobat qo‘mitasi “O‘zbekneftgaz” “zapravka”larining xususiylashtirilishi masalasini o‘rganmoqda

Raqobat qo‘mitasi UNG Petro yonilg‘i quyish shoxobchalari tarmog‘i xususiylashtirilishi bo‘yicha kelishuvni o‘rganayotganini ma’lum qildi. Qo‘mita rasmiysi bozor konsentratsiyasiga ta’sir qiluvchi bitimlar oldidan qo‘mita roziligi olinishi kerakligi, lekin qonunchilikda ba’zi istisnolar borligini aytdi. gazeta.uz »

2024-3-20 13:28

12