Ðåçóëüòàòîâ: 312

Shavkat Mirziyoyev Rossiya generali o‘limi yuzasidan Vladimir Putinga hamdardlik bildirdi

Shavkat Mirziyoyev telefon orqali muloqotda bir necha kun avval Rossiya QK generali Igor Kirillov o‘ldirib ketilgani yuzasidan Vladimir Putinga hamdardlik bildirdi va mamlakat “ushbu jirkanch terrorchilik harakatini keskin qoralashini” ta’kidladi. General o‘limida O‘zbekiston fuqarosi gumon qilinmoqda. gazeta.uz »

2024-12-19 21:06

Shavkat Mirziyoyev Olmaliqdagi “Yoshlik-1” koni va 3-misni boyitish fabrikasini ko‘zdan kechirdi (foto, video)

Prezident mis, oltin va kumush ishlab chiqariladigan Olmaliq kon-metallurgiya kombinatidagi “Yoshlik-1” koni hamda 2021-yilda qurilishi boshlangan, kon ma’danlaridan yuqori qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish uchun barpo etilayotgan 3-misni boyitish fabrikasida bo‘ldi. gazeta.uz »

2024-10-16 14:34

Migratsiya bitimi, Lufthansa qaytishi va yangi loyihalar. Mirziyoyev va Shols nima haqida gaplashdi?

Prezident va Germaniya kansleri muzokaralar o‘tkazdi. Unda tomonlar migratsiya bitimini imzoladi. Qolaversa, Boshqaruv kadrlarini tayyorlash qo‘shma maktabi ishga tushirilmoqda. Shavkat Mirziyoyev Lufthansa aviakompaniyasi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri parvozlarni qayta yo‘lga qo‘yishni taklif qildi. gazeta.uz »

2024-9-15 19:38

Mehmonxona, TJM, to‘qimachilik korxonalari va do‘stlik bog‘i: Shavkat Mirziyoyev va Ilhom Aliyev qanday loyihalarni boshlab berdi?

O‘zbekiston va Ozarbayjon prezidentlari ikki davlatda qiymati 520 mln dollar bo‘lgan 7 ta loyihani ishga tushirdi. Ritz-Carlton mehmonxonasi, turar joy majmuasi, Qashqadaryodagi gips mahsulotlari ishlab chiqarish zavodi, to‘qimachilik korxonalari, Ozarbayjondagi do‘stlik bog‘i shular jumlasidan. gazeta.uz »

2024-8-27 15:11

Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo bo‘yicha milliy ID kartalarni o‘zaro tan olishni taklif qildi. Boshqa takliflar

Markaziy Osiyo ta’lim va akademik almashuv dasturini qabul qilish, milliy ID kartalarni o‘zaro tan olish, Xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash konsepsiyasini ishlab chiqish, Strategik sheriklik va hamkorlik to‘g‘risida ko‘p tomonlama bitim imzolash - Shavkat Mirziyoyev Ostonadagi uchrashuvda nimalarni taklif qildi? gazeta.uz »

2024-8-9 15:58