Ðåçóëüòàòîâ: 82

Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston erkaklar jamoasi Olimpiadada ilk mag‘lubiyatga uchradi, qizlar esa g‘alabali yurishni davom ettirmoqda

Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi Budapeshtdagi olimpiadaning to‘rtinchi turida Vetnam terma jamoasidan ilk mag‘lubiyatini qabul qilib oldi. Ayollar jamoasi yuqori baholangan Bolgariya termasini mag‘lub etib, g‘alabali yurishlarini davom ettirmoqda. gazeta.uz »

2024-9-15 12:20

O‘zbekiston va Qozog‘iston havo hududi himoyasi bo‘yicha qo‘shma mashg‘ulot o‘tkazdi

O‘zbekiston va Qozog‘iston HHK havo hududini himoya qilish bo‘yicha qo‘shma mashg‘ulotlar doirasida havo mudofaasi vositalaridan birgalikda foydalanish, shuningdek, jangovar ekipajlarning qo‘shni Qirg‘iziston va Tojikiston qo‘mondonlik va boshqaruv punktlari bilan o‘zaro hamkorligi tartibini ishlab chiqdi. gazeta.uz »

2024-9-13 18:18

O‘zbekiston 18 davlat bilan JSTga a’zo bo‘lish bo‘yicha muzokaralarni yakunladi

O‘zbekiston JSTga kirish doirasida 18 davlat bilan muzokaralarni yakunladi, ulardan 14 tasi bilan bozorga kirish bo‘yicha muzokaralarni yakunlash to‘g‘risidagi protokollar imzoladi. 12-sentabr kuni Braziliya va Shri-Lanka bilan protokol imzolangan bo‘lsa, 13-sentabr kuni Argentina bilan muzokaralar yakunlandi. gazeta.uz »

2024-9-13 13:04

“O‘zbekiston futbol bo‘yicha jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritishiga to‘liq ishonaman” — Srechko Katanets

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanets JCH-2026 uchinchi saralash bosqichiga qur’a tashlash natijalari haqida gapirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, barcha o‘yinlar qiyin bo‘ladi, ammo u terma jamoaning jahon chempionatiga chiqishiga ishonch bildirmoqda. gazeta.uz »

2024-6-27 12:20

O‘zbekiston va Britaniya tashqi ishlar vazirlari hamkorlik bo‘yicha 2 ta hujjatni imzoladi

Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Devid Kemeron Toshkentga tashrifi davomida O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri bilan keng qamrovli sherikchilik to‘g‘risidagi deklaratsiya, shuningdek, mintaqaviy va xalqaro bog‘liqlik hamda infratuzilma sohalaridagi hamkorlik to‘g‘risidagi anglashuv memorandumini imzoladi. gazeta.uz »

2024-4-23 12:27

AES qurish bo‘yicha O‘zbekiston bilan muzokaralar “ancha muvaffaqiyatli” kechmoqda — “Rosatom”

“Rosatom” O‘zbekistonda atom elektr stansiyasini qurish bo‘yicha shartnoma yuzasidan muzokaralar “ancha muvaffaqiyatli” kechayotganini ta’kidladi. Korporatsiya rasmiysi mutaxassislar allaqachon AES qurilishi mumkin bo‘lgan maydonni batafsil o‘rganib chiqqani va eng maqbul texnologik yechimlarni aniqlaganini aytdi. gazeta.uz »

2024-3-27 12:27

12