Ðåçóëüòàòîâ: 96

O‘zbekiston terma jamoasining BAA va Qatarga qarshi o‘yin uchun kengaytirilgan tarkibi e’lon qilindi

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasining 28-may kuni boshlanadigan o‘quv-mashg‘ulot yig‘iniga jalb etilgan futbolchilar ro‘yxati e’lon qilindi. Jamoa 5-iyun kuni BAA, 10-iyun kuni esa Qatarga qarshi o‘ynaydi va ular orqali jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritishi mumkin. gazeta.uz »

2025-5-26 12:31

Shavkat Mirziyoyev Osiyo kubogini qo‘lga kiritgan o‘smirlar terma jamoasiga tabrik yo‘lladi

O‘zbekiston prezidenti Osiyo kubogi finalida Saudiya Arabistonini yengib, chempion bo‘lgan O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasiga tabrik yo‘lladi. “Turli bosimlarga qaramasdan, 11 o‘yinchiga qarshi 9 futbolchi shiddatli kurash olib borganingiz chinakam jasorat va matonat namunasi bo‘ldi”, dedi Shavkat Mirziyoyev. gazeta.uz »

2025-4-21 10:05

Boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Stranja kubogi-2025 da Qozog‘istonga imkoniyatni boy berib, ikkinchi o‘rinni egalladi

O‘zbekistonlik bokschilar “kichik” jahon chempionati - Strandja kubogida ketma-ket to‘rt yil davomida umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egallagandi. Bu yil yetakchilik Qozog‘istonga o‘tdi. O‘zbekistonliklar 6 ta final jangidan 5 tasida, jumladan, qozog‘istonlik 3 nafar raqibiga qarshi bahsda g‘alaba qozondi. gazeta.uz »

2025-3-6 02:06

“Jamoa penaltilarni ko‘p mashq qilgandi”. O‘zbekiston U-20 terma jamoasi murabbiyi — Osiyo Kubogidan chiqib ketish haqida

O‘zbekiston U-20 terma jamoasi penaltilar seriyasida Koreyaga yutqazib, Osiyo Kubogini tark etdi. Murabbiyning fikricha, agar raqib yengib o‘tilganda, jamoa yana chempion bo‘lishi mumkin edi. Uning aytishicha, futbolchilar penaltini ko‘p mashq qilgan, “biroq futbolda doim ham hamma narsa rejadagidek bo‘lavermaydi”. gazeta.uz »

2025-2-24 11:24

O‘zbekiston terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov Yevropaning top klublari e’tiborini tortmoqda

O‘zbekiston milliy terma jamoasining 20 yoshli himoyachisi Abduqodir Husanov qishki transferlar oynasida Fransiyaning “Lans” klubini tark etishi mumkin. Unga Yevropaning yetakchi klublari, jumladan, “Manchester Siti” va “Real” qiziqish bildirmoqda. Ingliz klubi bilan muzokaralar hal qiluvchi bosqichda. gazeta.uz »

2025-1-9 18:05

O‘zbekiston taekvondo terma jamoasi Olimpiadada ilk bor 5 sportchi bilan qatnashadi

O‘zbekistonlik taekvondochilar Parijdagi Olimpiada o‘yinlarida 5 kishi bo‘lib qatnashadi - Nikita Rafalovich so‘nggi yo‘llanmaga ega chiqdi. Bu XOQning neytral maqomdagi rossiyalik sportchilar ro‘yxatida taekvondochilar qayd etilmagani bilan bog‘liq. Shu vaqtgacha O‘zbekistonda 4 dan ortiq yo‘llanma bo‘lmagan. gazeta.uz »

2024-6-20 14:40

12