Ðåçóëüòàòîâ: 315

Va’da qilingan natijalarni yana yarim yil kutamiz. Kannavaro matbuot anjumanidan keyingi ekstra-taym

O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro JCH-2026 dan so‘ng jamoa ishtirokini omadsiz deb hisoblamasligi sabablarini tushuntirdi va rivojlanish rejalari bilan o‘rtoqlashdi. Gazeta sharhlovchisi Dmitriy Povarov mutaxassis so‘zlarini terma jamoaning JCHdagi statistikasi bilan solishtirdi. gazeta.uz »

2026-8-6 08:36

Kolonka. E’lon qilingan soliq va bojxona imtiyozlarining bekor qilinishi budjetga shu miqdorda daromad tushishini anglatmaydi

E’lon qilingan barcha soliq va bojxona imtiyozlari bekor qilinsa, budjet avtomatik tarzda bunga teng miqdorda daromad olmaydi. QQS misolida ko‘rish mumkinki, bunday “imtiyozlar”ning salmoqli qismi ayrim tarmoqlarni qo‘llab-quvvatlash emas, balki soliqning o‘z tuzilmasiga kiradi, deydi Abbosbek Jo‘rayev. gazeta.uz »

2026-6-25 13:32

Toshkentda noto‘g‘ri “parkovka” qilingan avtomobillarni jarima maydoniga olib ketish boshlanadi

Toshkentda piyodalar yo‘laklarida, bekatlarda, yashil hududlarda qoldirilgan avtomobillar jarima maydonlariga olib ketila boshlanadi. YHTEM tartibli shaharni yaratish ishlarining keyingi bosqichida noto‘g‘ri joyda qoldirilgan avtomobillarga nisbatan qat’iy chora ko‘rish rejalashtirilayotganini ma’lum qildi. gazeta.uz »

2026-5-15 12:57

Soliq qo‘mitasi tadbirkorlarning P2P orqali qabul qilingan tushumlarini tekshirmoqda

Soliq qo‘mitasi savdo bilan shug‘ullanuvchi ayrim tadbirkorlarda savdo amaliyotlari P2P - plastik kartadan plastik kartaga pul o‘tkazmalari orqali amalga oshirilayotgan holatlarni tahlil qilmoqda. Aniqlangan holatlar asosida soliq hisobotlarida aks ettirilmagan daromadlar bo‘yicha tegishli choralar ko‘riladi. gazeta.uz »

2026-5-13 08:20

Beeline abonentlarining raqamlaridan tunda qilingan qo‘ng‘iroqlar yuzasidan izoh berdi

O‘zbekistondagi Beeline abonentlari tunda raqamlaridan (o‘zlariga bog‘liq bo‘lmagan holda) qo‘ng‘iroqlar bo‘lganidan shikoyat qildi. Kompaniyaning bildirishicha, servislardan birining texnik xususiyati sababli qo‘ng‘iroqlar bir necha soat kechikish bilan yetib borgan. Operator aloqada uzilishlar bo‘lmaganini ta’kidladi. gazeta.uz »

2026-4-3 09:31

Bojxonalarda 6 oyda musodara qilingan valyuta hajmi 2024-yilning shu davriga nisbatan 3 barobarga, zargarlik buyumlari esa 2 barobarga ortgan

O‘zbekiston bojxonalarida yarim yilda 564 mlrd so‘mlik tovar va moddiy boyliklarning noqonuniy olib o‘tilishiga chek qo‘yildi. Bunda musodara qilingan valyuta hajmi 2024-yilning shu davriga nisbatan 3 barobarga, zargarlik buyumlari esa 2 barobarga ortgan. gazeta.uz »

2025-7-11 08:22