O‘zbekistonda ish beruvchilar uchun oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini ishga yollashda soliqlar 1 foizgacha kamaytiriladi
OTM bitiruvchilarini ish bilan ta’minlagan tadbirkorlar uchun yosh mutaxassisga to‘lanadigan daromad va ijtimoiy soliqlar stavkasi bir yil muddatga 1 foizgacha pasaytiriladi. Shuningdek, “Yoshlar mini-franshizasi” dasturi hamda “Kafolatlangan birinchi qadam” to‘plamini ishga tushirish rejalashtirilmoqda. gazeta.uz »















