Sherbek Buranov Narpay tumani hokimi bo‘ldi
Qonunchilik palatasi qo‘mitasi a’zosi Sherbek Buranov Samarqand viloyatining Narpay tumani hokimi etib tayinlandi. gazeta.uz »
Tumani - Ïîñëåäíèå íîâîñòè [ Ôîòî â íîâîñòÿõ ] | |
Qonunchilik palatasi qo‘mitasi a’zosi Sherbek Buranov Samarqand viloyatining Narpay tumani hokimi etib tayinlandi. gazeta.uz »
Davlat xavfsizlik xizmati Sirdaryo, Toshkent va Farg‘ona viloyatlarida yer maydonlarini noqonuniy sotish holatlarini aniqladi. Xususan, bir holatda Sayxunobod tumani hokimi o‘rinbosari tadbirkordan 25 ming dollar pora olishda gumonlanib ushlandi. gazeta.uz »
Fevral oyida Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumani hokimi etib tayinlangan Muhammad Haydarov “yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar” sabab lavozimidan ozod etilib, uning o‘rnini Dilshod Mirxanov egalladi. gazeta.uz »
DXX viloyatlarda reyd tadbiri o‘tkazdi. Unda Sirdaryo viloyatining Xovos tumani hokimi o‘rinbosari tadbirkorga yordam berib, $20 ming talab qilgani ma’lum bo‘ldi. Toshkent viloyatida esa “Hududiy elektr tarmoqlari”ning 2 xodimi ishlab chiqaruvchiga transformator o‘rnatib berish uchun $39 ming olgani aytilmoqda. gazeta.uz »
O‘zbekistonning 15 ta chekka hududida IT-shaharchalar tashkil etilishi rejalashtirilgan bo‘lib, ularda yoshlar IT, xorijiy tillar va zamonaviy kasblarga bepul o‘qitiladi. “Shiddat bilan o‘zgarayotgan davrda hamma sohaga axborot texnologiyalarini biladigan kadrlar kerak”, - dedi prezident. gazeta.uz »
Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumani prokurori o‘rinbosariga nisbatan firibgarlik va pora moddalari bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. U sud yurituvidagi ish yuzasidan aybdor shaxsga nisbatan jazoni yengillatib berish evaziga 2000 dollar olishda gumon qilinmoqda. gazeta.uz »
Poytaxtning Yakkasaroy tumani hokimiyati huquqshunosi tumanda joylashgan maktabdagi basseynda cho‘milganda ahvoli yomonlashib vafot etdi. Bosh prokuratura o‘lim sababini aniqlash uchun sudga oid tibbiyot ekspertizasi tayinladi. gazeta.uz »
15 mln so‘mni olayotgan vaqtda Ko‘kdala tumani hokimining muqaddam talon-toroj qilishda sudlangan o‘rinbosari qo‘lga olindi, deb xabar bermoqda DXX. Shuningdek, Andijon viloyati transport boshqarmasi boshlig‘i vazifasini vaqtincha bajaruvchi (muqaddam sudlangan) ham qo‘lga olindi. gazeta.uz »
Qarshi tumani prokuraturasi tergovchisi ish yurituvidagi jinoyat ishi bo‘yicha aybdor shaxsga nisbatan yengillik qilib berish evaziga 5 ming AQSh dollarini olgan vaqtida ushlandi. gazeta.uz »
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Chiroqchi tumanlararo sudi sudyasi pora olganlikda gumonlanib ushlandi. Bosh prokuror Sudyalar oliy kengashiga uni javobgarlikka tortishga oid taqdimnoma kiritdi. Sudyaning vakolati to‘xtatildi. gazeta.uz »
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi Angor tumani hokimi sotib olgan Captiva avtomobilining narxi tuman hokimlari uchun belgilangan limitdan yuqori ekanini aniqladi. Avtomobil Surxondaryo viloyati hokimligi balansiga o‘tkazildi. gazeta.uz »
Surxondaryo viloyatining Angor tumani hokimi “Ayollar daftari” mablag‘lari hisobidan Captiva 5 mashinasini sotib olgani aytilmoqda. Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi holat o‘rganilayotganini ma’lum qildi. gazeta.uz »
Komiljon Mullajanov Sirdaryo viloyatining Sayxunobod tumaniga hokim bo‘ldi. Shuningdek, Abduraxim Umarov viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi. gazeta.uz »
Andijon viloyatida Ichki ishlar bo‘limi tergov bo‘linmasining sobiq xodimi, tuman prokurori o‘rinbosari va tuman o‘rinbosari pora olishda gumonlanib qo‘lga olindi. gazeta.uz »
Farg‘ona viloyati kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i Anvarjon Abdullayev Qo‘shtepa tumaniga hokim bo‘ldi. Yanvar oxirida prezident bosh vazirga 2023-yilda birorta ko‘p qavatli uy-joy qurilmagani tufayli Qo‘shtepa sobiq hokimining lavozimiga loyiqligini ko‘rib chiqishni topshirgandi. gazeta.uz »
12 |