Toshkent viloyati YHXBga yangi boshliq tayinlandi
Polkovnik Aziz Sadirov ichki ishlar vazirining tegishli buyrug‘i bilan Toshkent viloyati Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. gazeta.uz »
Tayinlandi - Ïîñëåäíèå íîâîñòè [ Ôîòî â íîâîñòÿõ ] | |
Polkovnik Aziz Sadirov ichki ishlar vazirining tegishli buyrug‘i bilan Toshkent viloyati Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. gazeta.uz »
Ilhom Sobirov Andijon viloyati hokimiga o‘rinbosar bo‘ldi. U bunga qadar “O‘zcharmsanoat” uyushmasida bo‘lim boshlig‘i vazifasida ishlagan. gazeta.uz »
Ural Yusupov tog‘-kon sanoati va geologiya vazirining o‘rinbosari etib tayinlandi. U bunga qadar Vazirlar Mahkamasida mas’ul lavozimda ishlagan. gazeta.uz »
Paraxat Kaipbekov Qoraqalpog‘iston transport vaziri vazifasini bajaruvchi bo‘ldi. U bungacha xususiy sektorda, shuningdek, Vazirlar Kengashi raisi o‘rinbosari sifatida ishlagan. gazeta.uz »
Sardor Mirzayev va Atabek Allaberganov Hisob palatasi raisi o‘rinbosari lavozimida ish boshladi. Sardor Mirzayev avval palatadagi Ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash xarajatlarini audit qilish shu’basi mudiri, Atabek Allaberganov esa Kadastr agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari bo‘lgan. gazeta.uz »
Bunyod Mamadjanov Toshkent shahri Uchtepa tumaniga hokim etib tayinlandi. U bungacha “Asakabank” raisining o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi. gazeta.uz »
Akbarali Ishmurzoyev Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tumaniga hokim etib tayinlandi. U bungacha Denov hokimi o‘rinbosari bo‘lib ishlagan. Avvalgi hokim boshqa ishga o‘tishi sabab lavozimidan olingandi. gazeta.uz »
Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumaniga Boxodir Gaibnazarov hokim etib tayinlandi. U bungacha shahar hokimligi tashkiliy-kadrlar bo‘limi boshlig‘i bo‘lgan. gazeta.uz »
Isroil Adxamov O‘zbekiston bosh prokurorining o‘rinbosari etib tayinlandi. U mazkur tizimga kiritilgan yangi lavozimda kambag‘allikni qisqartirish va aholini ijtimoiy himoya qilish sohasidagi qonunchilikka rioya etilishiga mas’ul bo‘ladi. gazeta.uz »
Izzat Shukurov Yandex Uzbekistan rahbari bo‘ldi. U bungacha Payze`ning Markaziy Osiyo mintaqasiga rahbarlik qilgan va Newmax Technologies kompaniyasi direktori bo‘lgan. gazeta.uz »
Baxtiyor Ibragimov O‘zbekistonning Qozog‘istondagi favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlandi. U bungacha O‘zbekistonning BAAdagi elchisi, TIV departamenti direktori, O‘zbekiston turizm va madaniy meros vaziri o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan. gazeta.uz »
Namangan viloyatining To‘raqo‘rg‘on tumaniga Sherali Qosimov hokim etib tayinlandi. U mazkur lavozimga qadar Pop tumani hokimi o‘rinbosari sifatida ishlagan. gazeta.uz »
Gideon Lustig Isroilning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi bo‘ldi. U bungacha Isroil Tashqi ishlar vazirligida faoliyat yuritgan. gazeta.uz »
Orif Raxmonkulov Sirdaryoning Mirzaobod tumaniga hokim etib tayinlandi. Tumanni bir yil ham boshqarmagan sobiq hokimni iyul oyida prezident ishdan olgandi. gazeta.uz »
Navoiy viloyatining Uchquduq tumaniga Uchqun Yelmuratov hokim etib tayinlandi. U bunga qadar “Agrobank” viloyat filiali boshlig‘i vazifasida faoliyat yuritgan. gazeta.uz »
Zafarbek Matnazarov Yangiariq tumaniga, Ruslan O‘razbayev Gurlan tumaniga hokim etib tasdiqlandi. Nomzodlar Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining milliy kadrlar zaxirasidan tavsiya etildi. gazeta.uz »
Anvar Baymuratov Qoraqalpog‘istonning Qorao‘zak tumaniga hokim etib tayinlandi. Bungacha u ayni shu hudud hokimiga o‘rinbosar edi. gazeta.uz »
Mazkur 4 ta tumanga yangi hokimlar tayinlandi: Taxiatosh - Kamiljan Aytbayev, Mingbuloq - Axror Mansurov, Furqat - Elyorbek Asronkulov, Toshkent tumani - Sardorbek Ergashev. gazeta.uz »
Nurali Jo‘rayev Navoiy viloyatining G‘ozg‘on shahriga hokim etib tayinlandi. Avvalgi hokim prezident yig‘ilishida faoliyatidagi tizimli kamchiliklar uchun ishdan olingandi. gazeta.uz »
Xalqaro islom akademiyasi professori Matluba Qahhorova Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining yangi o‘rinbosari etib tayinlandi. gazeta.uz »
BMT Taraqqiyot dasturi tizimida 25 yildan ortiq tajribaga ega Akiko Fujii BMTTDning O‘zbekistondagi yangi doimiy vakili etib tayinlandi. U avval Maldiv orollaridagi doimiy vakil hamda Vetnam va Fijidagi ko‘p davlat idorasida doimiy vakil o‘rinbosari bo‘lib ishlagan. gazeta.uz »
Yaqinda O‘zbekistonning Vladivostokdagi bosh konsuli bo‘lgan Yusup Kabuljanov o‘z vazifasini bajarishg kirishdi. U Primorsk o‘lkasi ombudsmani va IIV vakillari bilan uchrashdi, ular bilan mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlik qilish, shuningdek, fuqarolar huquqlarining buzilishi holatlarini muhokama qildi. gazeta.uz »
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Germaniyaning yangi tayinlangan elchisi Manfred Hutererdan ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qildi. gazeta.uz »
Prezident qarori bilan, “O‘zto‘qimachiliksanoat” sobiq raisi Ilxom Xaydarov tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari etib tayinlandi. U boshqa ishga o‘tishi sabab lavozimini tark etgan Rahmatilla Nurimbetov o‘rnini egallaydi. gazeta.uz »
Shohruxmirzo Mamajonov Andijon viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. Tayinlovga qadar u SSV Fan-ta’lim va innovatsiyalar boshqarmasi Malaka oshirish va qayta tayyorlash bo‘limi boshlig‘i sifatida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan edi. gazeta.uz »
Adliya katta maslahatchisi Baxtiyor Ibrohimov Jizzax viloyati prokurori lavozimiga tayinlandi. U bunga qadar Bosh prokuratura boshqarma boshlig‘i lavozimida ishlagan. gazeta.uz »
Sherzod Raxmanov Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumanining yangi hokimi bo‘ldi. U bungacha viloyatning Narpay tumanini 2020-yildan buyon boshqarib kelayotgandi. gazeta.uz »
2019-yildan beri bosh prokuror lavozimida ishlab kelayotgan Nig‘matilla Yo‘ldoshev yana 5 yil muddatga lavozimiga qayta tayinlandi. gazeta.uz »
“O‘zenergosotish” kompaniyasiga Jahongir Obidjonov rais, Shohruh Karabayev esa uning birinchi o‘rinbosari v.b. etib tayinlandi. Tashkilot o‘z ishini 1-iyuldan boshlaydi va elektr energiyasini markazlashgan tartibda xarid qilish hamda sotish funksiyasini bajaradi. gazeta.uz »
Baxtiyor Xaydarov Toshkent shahri hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari, Sanjar Tadjiyev hokimning turizm, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi. gazeta.uz »
Sardor Shukurullayev Jizzax viloyati hokimining turizm, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari bo‘ldi. gazeta.uz »
Fazliddin Baxromov Toshkent shahri Transport va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. gazeta.uz »
Koreya Respublikasi prezidentining O‘zbekistonga tashrifi arafasida Von Do Yon ushbu mamlakatning Toshkentdagi yangi elchisi etib tayinlandi. gazeta.uz »
Bosh vazir investitsiyalar, sanoat va savdo vaziriga o‘rinbosar vazifasini bajaruvchilar sifatida Shoxrux Gulamov hamda Akram Aliyevni tayinladi. gazeta.uz »
Sabine Mahl BMTning O‘zbekistondagi doimiy koordinatori etib tayinlandi, u bu lavozimda 1-iyundan ish boshladi. Tayinlovga qadar u 2019-yildan beri BMTning Gruziyadagi doimiy vakili edi, Indoneziya, Falastin va Qirg‘izistondagi BMT Ayollar bo‘limlariga rahbarlik qilgan, shuningdek, YeXHTda ishlagan. gazeta.uz »
Ziyadulla Karimov Sirdaryo viloyatining Sardoba tumaniga hokim bo‘ldi. U bunga qadar Davlat aktivlarini boshqarish agentligining hududiy boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan. gazeta.uz »
PA Madaniyat va san’atni rivojlantirish shu’basi mudiri lavozimida ishlab kelayotgan Nodirbek Sayfullayev O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori lavozimiga tayinlandi. gazeta.uz »
Bobur Xudjamov Sirdaryo viloyati hokimining o‘rinbosari - investitsiya va tashqi savdo boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. gazeta.uz »
Podpolkovnik Ikromjon Tursunov Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. Ushbu lavozimda u 2023-yilning fevralida tayinlangan Mirjamol Miralimov o‘rnini egalladi. gazeta.uz »
Bungacha Marhamat tumani hokimi bo‘lib ishlagan Bobirbek Yuldashev Andijon tumaniga hokim bo‘ldi. Shu tariqa bir kun ichida Andijon viloyatidagi uchta tuman rahbari o‘zgardi. gazeta.uz »
Qurbon Tursunov Ibragimovich Buxoro shahri hokimi lavozimiga tasdiqlandi. U bungacha Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi issiqlik ta’minotini ekspluatatsiya qilish va rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i vazifasida ishlagan. gazeta.uz »
Bosh vazir qarori bilan Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi hamda O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi rahbarlariga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi. gazeta.uz »
Surxondaryo viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari bo‘lib ishlagan Anvar Oripov Qiziriq tumani hokimi etib tayinlandi. Hududning avvalgi rahbari Sherzod Rajabov esa hokimning birinchi o‘rinbosari bo‘ldi. gazeta.uz »
Qiziriq tumanining sobiq hokimi Sherzod Rajabov Surxondaryo viloyati hokimiga moliya masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosar bo‘ldi. Shuningdek, Ziyoda Aminova Qashqadaryo viloyati hokimiga o‘rinbosar etib tayinlandi. gazeta.uz »
Bungacha poytaxt hokimligi matbuot xizmatida ishlab kelgan Gulnoza Kasimova Toshkent shahri hokimining matbuot kotibi va axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi etib tayinlandi. gazeta.uz »
“Issiqlik elektr stansiyalari” kompaniyasi raisi birinchi o‘rinbosari Sardor Isakulov Toshkent viloyatining Parkent tumani hokimi bo‘ldi. Sobiq hokim faoliyatidagi kamchiliklari uchun ishdan olindi. gazeta.uz »
Odil Musanov Jizzax viloyati Arnasoy tumaniga hokim etib tayinlandi. U shu paytgacha viloyatning Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasida ishlab kelayotgandi. gazeta.uz »
Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi direktori sifatida ishlagan Agzam Nartayev boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan lavozimidan ozod etildi. Uning o‘rniga Alisher Temirov markaz direktori v.b. etib tayinlandi. gazeta.uz »
Shoxrux Daliyev oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari, Otabek Mahkamov esa vazir o‘rinbosari etib tayinlandi. gazeta.uz »
Shahnoza Sultanova Toshkent shahri hokimining yangi o‘rinbosari - Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. gazeta.uz »