Sabine Mahl BMTning O‘zbekistondagi doimiy koordinatori etib tayinlandi
Sabine Mahl BMTning O‘zbekistondagi doimiy koordinatori etib tayinlandi, u bu lavozimda 1-iyundan ish boshladi. Tayinlovga qadar u 2019-yildan beri BMTning Gruziyadagi doimiy vakili edi, Indoneziya, Falastin va Qirg‘izistondagi BMT Ayollar bo‘limlariga rahbarlik qilgan, shuningdek, YeXHTda ishlagan. gazeta.uz »
