Toshkentdagi Yangi O‘zbekiston ko‘chasi 13-aprel kuni yopiladi
Toshkentda sport musobaqalari o‘tkazilishi sabab Yangi O‘zbekiston ko‘chasi 13-aprel kuni soat 00:00 dan 16:00 ga qadar yopiladi. gazeta.uz »
êóíè - Ïîñëåäíèå íîâîñòè [ Ôîòî â íîâîñòÿõ ] | |
Toshkentda sport musobaqalari o‘tkazilishi sabab Yangi O‘zbekiston ko‘chasi 13-aprel kuni soat 00:00 dan 16:00 ga qadar yopiladi. gazeta.uz »
Parlamentlararo ittifoq assambleyasida nutq so‘zlagan prezident, AQSh bojlari tufayli fond bozorlaridagi qulash, O‘zbekistonga kirib kelgan Yandex Uzbekistan Market, jahon chempionatiga yo‘llanma olgan U-17 futbol jamoasi va boshqalar - “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida. gazeta.uz »
Chorshanba kuni Toshkent shahridan tashqari aksariyat hududlarda yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq kuzatiladi. Harorat hafta davomida +28…+31 daraja atrofida bo‘ladi. Joylarda shamol kuchayishi, sel va qor ko‘chishi xavfi bor. gazeta.uz »
Shavkat Mirziyoyev 9-may kuni Moskvada Ikkinchi jahon urushidagi G‘alabaning 80 yilligi munosabati bilan o‘tkaziladigan yubiley tadbirlarida ishtirok etadi. gazeta.uz »
O‘zbekistonda Butunjahon tozalik kunini o‘tkazish rejalashtirilmoqda. Prezident BMT-Xabitat ijrochi direktori Anaklaudiya Rossbax bilan shu masala imkoniyatlarini muhokama qildi. Ular, shuningdek, Toshkentda tashkilot ofisini ochish va “aqlli” hamda “yashil” shaharlarni rivojlantirish mavzularini ko‘rib chiqdi. gazeta.uz »
Shavkat Mirziyoyev 31-mart kuni amaliy tashrif bilan Xo‘jand shahrida bo‘ladi. U yerda O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston yetakchilarining qo‘shma uchrashuvi hamda ikki tomonlama muzokaralar o‘tkaziladi. gazeta.uz »
Ramazon hayiti kuni Toshkent metropoliteni soat 4:00 dan yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishni boshlaydi. Qo‘shimcha dam olish kuni esa yakshanba uchun tasdiqlangan jadval asosida harakatlanadi. gazeta.uz »
O‘zbekistonda Ramazon hayiti bayrami 30-martda nishonlanadi. Hayitning birinchi kuni yakshanbaga to‘g‘ri kelishi munosabati bilan dam olish 31-mart, dushanbaga ko‘chiriladi. gazeta.uz »
Hamshiralarni AQShdagi ishga tayyorlash markazi, narxi 2 mlrd dollarga yetmaydigan kichik AES, davlat idoralarida bir soatga o‘chiriladigan elektr, Toshkentda paydo bo‘ladigan yangicha avtobus bekatlari va boshqalar - “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida. gazeta.uz »
Bir yilda 1 foiz o‘sgan uy-joylarning real narxlari, 86 tur tovarlarga eksport bojlari, AQSh shtatlari bilan sheriklik aloqalari o‘rnatadigan O‘zbekiston hududlari, halokatli avariya tafsilotlarini yashirishga uringan IIBB va boshqalar - “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida. gazeta.uz »
AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan 18-mart kuni telefon orqali suhbatlashishini ma’lum qildi. Buni Kreml ham tasdiqladi. “Dam olish kunlari ko‘p ish qilindi… Biz bu urushga chek qo‘ya olamizmi-yo‘qmi, ko‘rmoqchimiz”, - dedi Tramp. gazeta.uz »
Qirg‘izistonda 15-mart ilk bor Otalar kuni sifatida nishonlanmoqda. Kun “oilaviy totuvlikni mustahkamlash va otalarga hurmatni oshirish”ga qaratilgan. Mamlakatda Onalar kuni 2012-yildan beri nishonlab kelinadi. gazeta.uz »
Xalqaro xotin-qizlar kuni arafasida Toshkentni odatdagidek bayramoldi shovqin-suron qamrab oldi. Ko‘chalar har qanday did va budjetga mos guldastalarga to‘la. “Gazeta.uz” “Buyuk Ipak yo‘li” metro bekati yaqinidagi ko‘cha bozoridagi gulchilar bilan suhbatlashdi. Ularning kichik hikoyalarini aytib beramiz. gazeta.uz »
Energovazirlikda bazaviy norma muddatini o‘zgartirish huquqi, eksklyuziv huquqlari bekor bo‘lgan kompaniyalar, 5 yilda 2 baravar o‘sgan jinoyatchilik darajasi, dori uchun qariyb 20 trln so‘m sarflagan o‘zbekistonliklar va boshqalar - “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida. gazeta.uz »
Shanba kuni O‘zbekistonning katta qismida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Yakshanbada esa aksariyat viloyatlarda (Farg‘ona vodiysidan tashqari) yog‘ingarchilik bo‘ladi. Yana sovuq havo kirib kelishi hisobiga harorat asta-sekin pasayadi. gazeta.uz »
Sakkizinchi sessiyadirki tushayotgan dollar kursi, FVV rahbari bo‘lgan Botir Qudratxo‘jayev, Germaniyaga ishga taklif qilinayotgan o‘zbekistonlik avtobus haydovchilari, “G‘alabaning 80 yilligi” esdalik medali va boshqalar - “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida. gazeta.uz »
Ikki kun O‘zbekistonda bo‘ladigan Pokiston bosh vaziri, bojxona postlarida transportlar uchun “yashil” va “qizil” koridorlar, Osiyo kubogini birga o‘tkazmoqchi bo‘layotgan O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston, YIning Rossiyaga qarshi 16-sanksiyalar paketi va boshqalar - “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida. gazeta.uz »
“Oziqovqatsanoat” uyushmasini tiklash taklifi, “Anhor Lokomotiv"ni buzishga qarshi petitsiya, Qonunchilik palatasida tuzilgan Yoshlar masalalari bo‘yicha komissiya, Rossiya - AQSh muzokaralari natijalari va boshqalar - “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida. gazeta.uz »
Prezidentning yoshlar bilan uchrashuvi yakunlari, biznes muhitiga nisbatan kamroq optimist tadbirkorlar, metan zapravkalarga gazni vaqtincha cheklash chorasi, AQShdan Panamaga deportatsiya qilingan o‘zbekistonlik migrantlar va boshqalar - “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida. gazeta.uz »
Yakshanba kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatidan boshqa hududlarda yomg‘ir yog‘adi. Harorat +3…+6 darajagacha pasayadi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. gazeta.uz »
YI - Markaziy Osiyo sammitining o‘tkazilish sanalari, ilk bor 13 000 so‘mdan oshgan dollar kursi, 1 ta kitob o‘qigan mahkum jazo muddatini 3 kunga kamaytirish taklifi, yarmidan ko‘pi ortiqcha vazndan aziyat chekadigan o‘zbekistonliklar va boshqalar - “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida. gazeta.uz »
Komil Allamjonovga suiqasd bo‘yicha sud hukmi, kambag‘al oilalarni qo‘llab-quvvatlashning yangi instrumentlari, zo‘ravonlik ko‘rgan shaxsni ajratishda muhlatsizlik taklifi, O‘zbekiston terma jamoasiga qaytgan shaxmatchi Gulruhbegim Tohirjonova va boshqalar - “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida. gazeta.uz »
Kichik AES qurish bo‘yicha tuziladigan xalqaro konsorsium, Toshkent do‘konlarida arzonlashgan oziq-ovqat mahsulotlari, korrupsiya reytingida O‘zbekistonning pasaygan ballari, OpenAI’ni sotib olish uchun 100 milliard dollar taklif qilgan Ilon Mask va boshqalar - “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida. gazeta.uz »
Yanvarda aholi sezgan inflyatsiya ko‘rsatkichlari, quyosh panellari o‘rnatilishini nazorat qiladigan Bosh prokuratura, “yashil tadbirkor” maqomini beruvchi platforma, sertifikatli o‘zbek tili o‘qituvchilari uchun ustama va boshqalar - “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida. gazeta.uz »
Gulnora Karimovaning O‘zbekistonga qaytarilgan aktivlari, Somali bilan o‘rnatilgan diplomatik munosabatlar, Toshkentdagi ko‘chaga Otaturk nomini berish taklifi, Tojikistondagi saylovlarni kuzatishdan bosh tortgan DIIHB va boshqalar - “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida. gazeta.uz »
Quruvchilarni elektron platforma orqali tekshirish imkoniyati, faoliyati qonuniylashtirilgan 60 ming tadbirkor, Petronas vakillari bilan uchrashgan prezident, geografik ko‘rsatkichga aylangan Samarqand noni va boshqalar - “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida. gazeta.uz »
Rasmiy tashrif bilan Malayziyaga ketgan prezident, 669 ming so‘mgacha ko‘tarilgan kambag‘allik chegarasi, kuryerlik jo‘natmalari uchun yig‘im miqdori, shu yil boshlanadigan Transafg‘on temiryo‘li qurilishi va boshqalar - “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida. gazeta.uz »
Yagona platformada yuritiladigan davlat organlari saytlari, kambag‘allikdan chiqarilgan 719 ming fuqaro, aviatsiya muzeyini ochish rejasi, “Halol” mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlash tartibi va boshqalar - “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida. gazeta.uz »
ID kartalarni tan olish masalasini muhokama qilayotgan O‘zbekiston va Ozarbayjon, dehqon xo‘jaliklari va tomorqani rivojlantirish bo‘yicha alohida kengash, ma’muriy sud ish yurituvida dastlabki eshituv instituti, oiladagi zo‘ravonlikka qarshi kurash bo‘yicha takliflar va boshqalar - “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida gazeta.uz »
Birinchi prezident haykali poyiga gulchambar qo‘ygan Mirziyoyev, ustun mavqega ega deb topilgan Payme, O‘zbekistonda QQS to‘lovchi sifatida ro‘yxatdan o‘tgan Alibaba Cloud, huquqbuzarlikka moyilligi bor shaxslar ro‘yxati va boshqalar - “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida. gazeta.uz »
Toshkentdan Andijongacha pulli yo‘lni qurish bo‘yicha tender, dorilar uchun 2 foizlik bojxona bojlari, 2017-yildan beri ilk bor pasaygan tug‘ilish ko‘rsatkichi, elektrlashtirilgan uylar uchun imtiyozli tariflar va boshqalar - “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida gazeta.uz »
Lukashenkoni saylovdagi g‘alaba bilan tabriklagan Mirziyoyev, mansabdorlarning jinoyatidan ko‘rilgan 3,6 trln so‘m zarar, Toshkentda ochiladigan Turkiy davlatlar xalqaro universiteti, bir yilda 57 foiz oshgan metropoliten yo‘lovchilari soni va boshqalar - “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida. gazeta.uz »
Senat ma’qullagan IIB xodimlari videosini tarqatishga doir qonun, avtomobilda drift qilganlik uchun javobgarlik, nemis standartlariga o‘tkaziladigan tibbiyot texnikumlari, xorijda ishlayotgan 1,3 mln o‘zbekistonlik va boshqalar - “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida. gazeta.uz »
To‘rtinchi bor viloyat hokimi bo‘lgan Erkinjon Turdimov, O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida besh yillik harbiy sheriklik dasturi, paxtani birja orqali sotishning yangi mexanizmi, bo‘lib to‘lash bozorini tartibga solishni o‘ylayotgan Markaziy bank va boshqalar - “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida. gazeta.uz »
Trampni tabriklagan, Erdog‘anga ta’ziya yo‘llagan Shavkat Mirziyoyev, keskin qimmatlagan kartoshka va bunga vazirlik izohi, kambag‘al oiladagilarni kasbga o‘qitishda vaucher tizimi, daraxt ekkanlik uchun subsidiya va boshqalar - “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida. gazeta.uz »
O‘zbekistonda zapravka qurmoqchi bo‘layotgan Five Petroleum, o‘zbekistonlik haydovchilarni ishga taklif qilayotgan Germaniya, reklama qonunchiligini buzgani uchun jazolangan Ucell, AQSh prezidentiligiga kirishgan Tramp va boshqalar - “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida. gazeta.uz »
O‘zbekistonda qonuniylashtirilgan Binance, 100 grammlik oltin quymalari sotuvi, Toshkent jamoat transportini kutayotgan o‘zgarishlar, kambag‘allikni qisqartirishda hal qiluvchi bo‘ladigan 2025-yil va boshqalar - “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida. gazeta.uz »
O‘zbekiston bozorini o‘rganayotgan Bolt, 6,5 foizga o‘sgan YIM, kamchiliklari sabab yopilgan Qarshidagi IIB hibsxonasi, “Tashabbusli budjet"ni moliyalashtirishda yangicha qoida va boshqalar - “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida. gazeta.uz »
Uch o‘qishda qabul qilingan mahalla raisi vakolat muddatini uzaytirish qonuni, O‘zbekiston va BAA o‘rtasidagi strategik sheriklik munosabatlari, 2024 yilda eng ko‘p soliq to‘lagan korxonalar ro‘yxati, sulh kelishuviga erishgan Isroil hamda HAMAS va boshqalar - “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida. gazeta.uz »
UzAuto Motors 16-yanvar kuni soat 10:00 dan boshlab Chevrolet Cobalt Midnight avtomobili uchun kontraktatsiyani ochadi. Kompaniya avvalgi shartnomalar bo‘yicha to‘lovi vaqtida amalga oshirilmagan avtomobillarga qayta shartnoma tuzadi. gazeta.uz »
BAAning sun’iy intellekt tajribasini o‘rganadigan O‘zbekiston, “Beshyog‘och” bozorini biznes markaziga aylantirish taklifi, “adolatli raqobat” bo‘yicha xavotirlarni rad etgan Paynet, xalqaro mukofot g‘olibi bo‘lgan prezident maktabi va boshqalar - “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida. gazeta.uz »
Parlamentda muxolifat huquqlariga oid qonun loyihasini ishlab chiqish rejasi, 65 mln dollarga xususiylashtirilgan Humo, bayram munosabati bilan mukofotlangan harbiylar, MTRKning 2025-yilda 1,6 baravar oshgan budjeti va boshqalar - “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida. gazeta.uz »
Qayta ochilayotgan elektr zapravkalar, qisqa ta’tildan qaytgan prezident, O‘zbekiston pasportining dunyo reytingidagi o‘rni, bolalarni yagona taomnoma bilan ovqatlantirish rejasi va boshqalar - “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida. gazeta.uz »
Chegara masalasida qo‘shnilar bilan uchrashgan bosh vazir, O‘zbekistonda taqiqlangan ekstremistik sahifalarning yangilangan ro‘yxati, qarzdorlar uchun majburiyatlar reyestri loyihasi, qishloq xo‘jaligini sug‘urtalash jamg‘armasini tashkil etish taklifi va boshqalar - “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida. gazeta.uz »
O‘zbekistonning yadro xavfsizligi shartnomalariga qo‘shilish rejalari, vazirlik va hokimliklarga ofis xarajatlarini qisqartirish topshirig‘i, bir mijoz uchun beriladigan kartalar sonini cheklagan MB, prezidentning Xitoydagi zilzila yuzasidan ta’ziyasi va boshqalar - “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida. gazeta.uz »
Qisqa muddatli ta’tilga chiqqan prezident, 1-fevraldan yana oshadigan poyezd chiptalari narxi, xususiylashtirilishi kechiktirilayotgan uchta davlat banki, SSVning metapnevmovirus bo‘yicha bayonoti va boshqalar - “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida. gazeta.uz »
UzAuto Motors 7-yanvar kuni soat 10:00 da Chevrolet Cobalt avtomobili uchun yana kontraktatsiyani ochadi. gazeta.uz »
Davlat organlari ochiqligini monitoring qilish tartibi, mahalla ichki yo‘llarida yetishtiriladigan agromahsulotlar, aholi uchun ijara to‘lovining yangi minimal stavkalari, Toshkentda 40 mln dollarga sotilgan yer uchastkasi va boshqalar - “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida. gazeta.uz »
AQShning saylangan prezidenti Donald Trampning pornoaktrisaga qilgan to‘lovlarini yashirish uchun hujjatlarni qalbakilashtirgani bo‘yicha sud hukmi 10-yanvar kuni - uning inauguratsiyasidan 10 kun oldin e’lon qilinadi. gazeta.uz »
O‘zbekistonda 2024-yildagi inflyatsiya, G‘ayrat Do‘stovning apellyatsiya sudi yakunlari, AES qurilishi bo‘yicha jamoatchilik eshituvlari, elektr va gazda biznes uchun oshirilgan limit va boshqalar - “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida. gazeta.uz »