Результатов: 12

O‘zbekistonga gaz importi 508 mln dollarga yetdi. O‘tgan yilgi ma’lumotlar qayta ko‘rib chiqildi

Milliy statqo‘m ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston yanvar-aprelda $508,3 mlnlik tabiiy gaz import qildi. Bu o‘tgan yilga nisbatan 53,6 foizga ko‘p. Shu bilan birga, yangilangan statistikada 2025-yilning 4 oyi bo‘yicha ko‘rsatkich o‘tgan yilgi hisobotdagidan $180,4 mlnga yuqori bo‘lib chiqdi. Gaz eksporti qisqargan. gazeta.uz »

2026-6-12 13:34

Jahon banki O‘zbekistonga gaz uzatishda sizib chiqishni bartaraf etish loyihasi uchun 10,6 mln dollar ajratdi

Jahon banki O‘zbekistonga 10,6 mln dollar miqdorida grant ajratishni ma’qulladi. Ushbu mablag‘lar eskirgan gaz uzatish infratuzilmasidagi sizib chiqish holatlarini kamaytirish hamda mamlakatdagi uy xo‘jaliklari va sanoat korxonalarini ta’minlash uchun tabiiy gazni tejashga yo‘naltiriladi. gazeta.uz »

2026-3-27 13:22

Barodarning O‘zbekistonga tashrifi: Afg‘onistondagi gaz va sement zavodiga sarmoya kiritish, bojlarni kamaytirish va savdo imtiyozlari

Afg‘oniston bosh vaziri o‘rinbosari v.b. Abdulg‘ani Barodar O‘zbekistonda bosh vazir Abdulla Aripov bilan uchrashdi. 10 ta mahsulotga bojlarni kamaytirish, O‘zbekistonning gaz qazib olish va sement zavodiga investitsiya kiritish, elektr uzatish liniyasini 30 mln dollarga arzonlashtirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi. gazeta.uz »

2025-2-24 12:43