Íîâîñòè


Italiya femitsidni alohida jinoyat deb tan oldi

Italiya parlamenti ayollarni nafrat asosida qasddan o‘ldirish - femitsidni alohida jinoyat deb tan oldi va buning uchun umrbod qamoq jazosi beriladigan bo‘ldi. Ta’kidlanishicha, qonun femitsid sodir etayotganlarning “haqiqiy motivatsiyasi” - ustun bo‘lish va jabrlanuvchini bo‘ysundirish istagini ochib beradi.

Oq uy yaqinidagi otishmada Milliy gvardiyaning 2 xodimi og‘ir yaralandi

Vashington markazida - Oq uydan bir kvartal narida sodir bo‘lgan otishma oqibatida Milliy gvardiyaning 2 xodimi og‘ir yaralandi. Tramp hodisani “terror akti”, gumonlanuvchini esa “hayvon” deb atadi va o‘q uzgan shaxs Afg‘oniston fuqarosi ekanini bildirdi. Vashingtonga yana 500 askar yuborish buyurildi.

Deputatlar Ma’muriy kodeksga bir qator o‘zgartirishlarni ko‘rib chiqmoqda

Deputatlar Ma’muriy kodeksga o‘zgartirishlarni birinchi o‘qishda ma’qulladi. Ular odometr ko‘rsatkichlarini o‘zgartirganlik uchun javobgarlik, bolalar ishtirokidagi ma’muriy ishlarni ko‘rishda psixolog ishtiroki, maxsus huquqlardan mahrum qilish muddatini qisqartirish va sudyadan voz kechish huquqini nazarda tutadi.

Qonunbuzarliklar tufayli Maxam-Chirchiq kimyo zavodi faoliyati to‘xtatildi

Sud Ekologiya qo‘mitasining da’vosi bo‘yicha Toshkent viloyatidagi Maxam-Chirchiq kimyo zavodi faoliyatini to‘xtatdi. Tekshiruvlar natijasida chang-gaz tozalash uskunalari samarasiz ishlayotgani, ifloslantiruvchi kimyoviy moddalar ortiqcha chiqarilayotgani va boshqa qonunbuzarliklar aniqlandi.

Toshkentdagi Raqobat qo‘mitasi binosi kimoshdi savdosiga qo‘yildi

Toshkentda Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi joylashgan 1956-yilda qurilgan bino kimoshdi savdosiga qo‘yildi. Boshlang‘ich bahosi - 58,6 mlrd so‘m. Qo‘mita Yangi Toshkentda yangi bino qurib berilganidan keyin, biroq uch yildan kechikmay, hozirgi binosini bo‘shatishi kerak.

Zarafshon tog‘ tizmasida turistik zona tashkil etish rejalashtirilmoqda

Urgut tumanida turistik-rekreatsion zona direksiyasini tashkil etish orqali 35 ming aholini band qilish rejalashtirilmoqda. Zarafshon tog‘ tizmasidagi “Qortog‘” zonasida 600 gektarlik turizm zonasi, “Qoratepa” suv ombori atrofida kemping va kapsula uylar tashkil etish ko‘zda tutilgan.

Mozori-Sharifda O‘zbekiston Tovar-xomashyo birjasi filiali ochiladi

Prezident sanoatda eksport ulushi pastligi sabab Samarqanddagi tarmoq rahbarlari va hokimlarni tanqid qildi. Yil oxirigacha Mozori-Sharifda Tovar-xomashyo birjasi filiali ochib, Afg‘onistonga 100 turdagi mahalliy tovarlar eksportini yo‘lga qo‘yish, 2026-yilda Iroq bilan biznes forumi o‘tkazish rejalashtirilgan.

O‘zbekistonda havo sifati nima uchun yomon? Olim bilan suhbat

Nima sababdan qishda Toshkentda smog kuchayadi, harorat inversiyasi o‘zi nima, boshqa megapolislar havosi nima uchun tozaroq, bunda shamolning roli qanday va niqoblar himoya qiladimi? Gazeta GMITI olimi Baxtiyor Qodirov bilan havo sifatiga ta’sir etuvchi asosiy tabiiy va shahar omillarini tahlil qiladi.

Ëó÷øåå

O‘zbekistonda birinchi chorakda daromadlar o‘sishi sekinlashdi

2025-yilning birinchi choragida O‘zbekiston aholisining real daromadlari 7,6 foizga o‘sdi, bu o‘tgan yilning birinchi choragidagi ko‘rsatkichdan pastroq. Shu bilan birga, xorijdan pul o‘tkazmalarining umumiy daromadlardagi ulushi 15,8 foizdan 19,5 foizgacha oshdi.

Birjada propan sakkiz kunda 21,4% qimmatlashdi

30-aprel kungi birja savdolari yakunlariga ko‘ra, O‘zbekistonda propanning bir tonnasi 6,4 mln so‘mgacha qimmatlashdi. Oxirgi sakkiz kun ichida yoqilg‘i narxi 21,4% oshdi. Bu metan narxi o‘sishi arafasida sodir bo‘ldi.

Àêòóàëüíîå

Toshkentda tungi avtobuslar yo‘lga qo‘yilishi mumkin

Toshkent shahrida soat 22:00 dan 06:00 gacha harakatlanadigan, qizil rangdagi avtobuslar yo‘lga qo‘yilishi mumkin. Ular 15 ta yo‘nalishda aeroport, vokzal va turizm ko‘chalar bo‘ylab harakatlanadi. Bu uchun mahalliy budjetidan 33 mlrd so‘m talab qilinadi.