Íîâîñòè


Toqayev Mirziyoyevga minnatdorlik maktubi yo‘lladi

Qozog‘iston prezidenti o‘zbekistonlik hamkasbiga o‘z “mamlakati delegatsiyasiga ko‘rsatilgan iliq mehmondo‘stlik uchun” minnatdorlik maktubini yo‘lladi. Toqayev “strategik munosabatlarni mustahkamlashga kuchli turtki bergan tarixiy ahamiyatga ega tashrif”ni amalga oshirganini qayd etdi.

Toshkentda davlat bayrog‘i kunida harbiy marsh bo‘lib o‘tadi

18-noyabr kuni Toshkentda O‘zbekiston bayrog‘ining 34 yilligi munosabati bilan harbiylarning namoyishkorona piyoda yurishlari bo‘lib o‘tadi. Harbiy bo‘linmalarining piyoda yurishlari “G‘alaba bog‘i”dan “Xalqlar do‘stligi” saroyigacha bo‘lib o‘tadi.

O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasida qanday hujjatlar imzolandi?

Muzokaralardan so‘ng Shavkat Mirziyoyev va Serdar Berdimuhamedov Qo‘shma bayonot imzoladilar. Bundan tashqari ikki davlat o‘rtasida chegaraoldi savdo zonasi faoliyati to‘g‘risida, temir yo‘l vagonlarini yetkazib berish va boshqa sohalar bo‘yicha bitim hamda shartnomalar imzolandi.

O‘zbekistonda YATTlarga firma nomiga ega bo‘lishga ruxsat beriladi

1-yanvardan boshlab yakka tartibdagi tadbirkorlarga firma nomiga ega bo‘lishga ruxsat beriladi. Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish sohasidagi huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun yuridik shaxslarga jarima qo‘llanilganda, ularning mansabdor shaxslarini javobgarlikka tortish tartibi bekor qilinadi.

Turkmaniston prezidenti Toshkentda tantanali kutib olindi (foto, video)

Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov davlat tashrifi bilan Toshkentga keldi. Uni Shavkat Mirziyoyevning o‘zi “Toshkent-Humo” xalqaro aeroportida kutib oldi, u yerda mehmonni rasmiy kutib olish marosimi ham o‘tkazildi. Asosiy tadbirlar 17-noyabrga reja qilingan. Foto, video.

NRG developeridagi boshqaruv Qozog‘istonning BI Group kompaniyasiga o‘tdi

Murad Buildings kompaniyasining NRG developeridagi ulushi Qozog‘istonning BI Group kompaniyasiga o‘tadi. NRG BI Group boshqaruv jamoasi bilan NRG-BI brendi ostida ishlashda davom etadi. Qayd etilishicha, Murad Buildings o‘z loyihalarini rivojlantirishga e’tibor qaratadi. Bitim summasi va shartlari ochiqlanmaydi.

Yangi Toshkentda “Ostona” mavzesi quriladi

Yangi Toshkentda “Ostona” mavzesi hamda Qozog‘iston va O‘zbekiston poytaxtlarida “Toshkent” va “Ostona” mehmonxonalari qurilandi. Shuningdek, Xalqaro sanoat kooperatsiyasi markazi va “Tenge Bank”ning Toshkentdagi yangi bosh ofisi ishga tushirildi.

To‘xta, bir lahza!

JCHga tayyorgarlik doirasida O‘zbekiston milliy futbol terma jamoasi Misrni 2:0 hisobida mag‘lub etib, BAAdagi Al Ain Cup finaliga chiqdi. Gazeta sharhlovchisi Dmitriy Povarovning fikricha, yarim himoyachi Oston Urunovning o‘yini joriy mavsumda milliy futbolimizning eng yaxshi namunalaridan biri bo‘ldi.

Belgiya O‘zbekistonda o‘z elchixonasini ochadi

Belgiya “katta strategik imkoniyatlarga ega Markaziy Osiyoda o‘zini kuchliroq namoyon qilish” niyatida va 2026−2027-yillarda Toshkentda o‘z elchixonasini ochmoqchi. Belgiya, umuman, 20 ga yaqin diplomatik missiyasini mustahkamlash, 5 ta yangi elchixona ochish va 8 ta vakolatxonani yopishga qaror qildi.

Toshkent atrofida aylanma temiryo‘llar quriladi — transport vaziri

Qozog‘iston bilan chegarada temiryo‘l tugunlarini modernizatsiya qilish, shuningdek, aylanma yo‘nalishlarni barpo etish rejalashtirilmoqda. Bu orqali vodiydan kelayotgan yuk poyezdlari Toshkent hududini chetlab o‘tishi mumkin bo‘ladi, dedi transport vaziri Ilhom Mahkamov.

Ëó÷øåå

7-aprel kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

Parlamentlararo ittifoq assambleyasida nutq so‘zlagan prezident, AQSh bojlari tufayli fond bozorlaridagi qulash, O‘zbekistonga kirib kelgan Yandex Uzbekistan Market, jahon chempionatiga yo‘llanma olgan U-17 futbol jamoasi va boshqalar - “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.

O‘zbekistonda aprelda ob-havo qanday bo‘ladi?

Aprel - iqlimni his qilish nuqtai nazaridan yilning eng yoqimli oylaridan biri. 2025-yilning apreli harorat bo‘yicha me’yordan yuqori, yog‘ingarchilik bo‘yicha esa aksariyat hududlarda quruqroq o‘tishi taxmin qilinyapti.

O‘zini o‘zi band qilgan shaxslar uchun faoliyat turlari nega qisqartirilmoqda?

2026-yildan o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari 104 tadan 72 tagacha qisqaradi. Soliq qo‘mitasiga ko‘ra, bundan maqsad soliq tushumlari emas, balki tadbirkorlarga teng shart-sharoit va raqobat muhitini yaratishdir. Ushbu ro‘yxat hozirda qo‘mitada muhokama qilinmoqda.

Isroil G‘azodagi harbiy amaliyotini kengaytirmoqda

Isroil G‘azo sektorida “terrorchilardan tozalash” va Isroil armiyasi tomonidan yaratiladigan “xavfsizlik zonasi”ga kiritiladigan “keng hududni egallash” uchun harbiy operatsiya kengaytirilishini e’lon qildi.

Àêòóàëüíîå

O‘zbekiston Suv kodeksi qabul qilindi

O‘zbekistonda suv, suv obyektlari, suv xo‘jaligi obyektlari va suv fondi yerlaridan oqilona foydalanish hamda ularni muhofaza qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga soladigan Suv kodeksi qabul qilindi.

Bloger Farhod Mannopovni operatsiya qilgan LOR shifokor oqlandi

Toshkent shahar sudida Mittivine taxallusli bloger Farhod Mannopovni operatsiya qilgan LOR shifokorning apellyatsiya shikoyatlari ko‘rib chiqildi. U blogerning o‘limida aybsiz deb topildi. Farhod Mannopov 2023-yilda Star Med Center klinikasida boshi va burnidan olgan jarohatini operatsiya qildirib vafot etgandi.