Íîâîñòè


AQShda Toshkent viloyati vakolatxonasi ochildi

AQShning Florida shtati Gollivud shahrida Toshkent viloyatining vakolatxonasi ochildi. Vakolatxona orqali viloyatdagi tadbirkorlar va eksportyorlar uchun AQSh bozoriga chiqishda amaliy ko‘mak ko‘rsatish, ishbilarmon doiralar o‘rtasida hamkorlik ko‘priklarini yaratish ko‘zda tutilgan.

13-noyabr kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

MO davlatlari uchrashuviga chaqirilgan Ozarbayjon prezidenti, Shavkat Mirziyoyevning mintaqa siyosatiga bag‘ishlangan maqolasi, voyaga yetmaganlar uchun bank kartasi ochish imkoniyati, qishda vodiy zapravkalarini gaz bilan ta’minlovchi ko‘chma konteynerlar va boshqalar - Gazeta’ning kunlik dayjestida.

“Yurganmisiz birga oy bilan?” Usmon Nosir she’rlaridan test

“Quyosh bilan suhbat”, “Safarbar satrlar” , “Traktorobod”, “Yurak” va “Mehrim” kabi she’riy to‘plamlar muallifi Usmon Nosir tavalludiga 13-noyabrda 113 yil to‘ldi. Sana munosabati bilan Gazeta qisqa umri davomida o‘zidan katta adabiy meros qoldirishga ulgurgan ijodkor she’rlari asosida test tayyorladi.

Ukrainada yirik korrupsiya mojarosi. Nimalar ma’lum?

Ukrainaning korrupsiyaga qarshi kurash idoralari “Energoatom” davlat kompaniyasidagi “otkat”larning keng ko‘lamli sxemasi oshkor bo‘lganini e’lon qildi. Sobiq energetika vaziri, shuningdek, Vladimir Zelenskiyning biznes hamkoriga oid yerlarda tintuv o‘tkazildi. Ish haqida nimalar ma’lum? - Gazeta materialida.

Qozog‘istonda yo‘lda qolib ketgan 36 nafar o‘zbekistonlik qutqarildi

Qozog‘istonning Pavlodar viloyatidagi avtomobil yo‘lida to‘xtab qolgan avtobusdan 36 nafar yo‘lovchi (13 nafari bolalar) evakuatsiya qilindi, ularning barchasi O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan. Yomg‘ir va sovuq havo sharoitida sayohatchilar isitish punktiga yetkazilib, issiq ovqat bilan ta’minlangan.

Markaziy Osiyo davlatlari o‘zaro savdoni 20 mlrd dollarga yetkazmoqchi

Toshkentda MO mamlakatlari savdo va investitsiya vazirlarining birinchi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi, unga Ozarbayjon ham qo‘shildi. Ishtirokchilar o‘zaro savdoni qariyb ikki baravar - 20 mlrd dollargacha oshirishga kelishib oldi, Made in Central Asia brendi haqida so‘z bordi, deydi Gazeta sharhlovchisi Dmitriy Povarov.

AQSh tarixidagi eng uzoq shatdaun nihoyasiga yetdi

AQSh prezidenti Donald Tramp vaqtinchalik budjet to‘g‘risidagi qonunni imzoladi va shu tariqa rekord darajadagi - 43 kun davom etgan shatdaunni yakunladi. Hujjat federal idoralar ishini tiklaydi va davlat xizmatchilariga o‘tib ketgan maoshlarini to‘lab berishni kafolatlaydi.

Toshkent metrosiga 2026-yilda 56 ta vagon olib kelinadi

Toshkent metropoliteniga 2026-yilda 56 ta vagon olib kelishni e’lon qildi. Yo‘lovchilarning poyezdlar intervali haqidagi e’tirozlariga javoban, metropoliten ertalabki tig‘iz vaqtda interval “Chilonzor” yo‘lida 1,5 daqiqa, “O‘zbekiston”da 3 daqiqa va “Yunusobod”da esa 4 daqiqani tashkil etayotganini qayd etdi.

Toshkentdagi 177-sonli avtobus yo‘nalishi o‘zgartiriladi

15-noyabrdan boshlab 177-sonli avtobus yo‘nalishi uzaytirilib, oxirgi bekat o‘zgartiriladi. Endilikda avtobuslar avvalgi yo‘nalishning oxirgi bekati - “Iftixor mahallasi” bekatidan o‘tib, Yoshlik ko‘chasi orqali harakatlanadi va qatnovni “Keles bozorchasi” (Keles shohko‘chasi) bekatida yakunlaydi.

O‘zbekiston AQShda yangi konsulxonalar ochadi

O‘zbekiston AQShda vatandoshlar diasporalari to‘plangan hududlarda (Filadelfiya, Chikago, Orlando va Sietl) yangi konsulxonalar ochishni rejalashtirmoqda. Ushbu konsulxonalarning vazifasi vatandoshlar bilan aloqalarni yo‘lga qo‘yishdan tashqari, ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirishga ko‘maklashish bo‘ladi.

Samarqandda 3 ga yerni $300 mingga sotmoqchi bo‘lgan fermer ushlandi

Samarqandda fermer xo‘jaligi rahbari 3 gektar yerni issiqxona qurish niyatidagi fuqaroga 300 ming dollarga sotmoqchi bo‘ldi. U oldindan pulning bir qismini olayotganda ushlandi. Qashqadaryoda ikki kishi zaxiradagi yerni uy qurish uchun 180 mln so‘mga sotmoqchi bo‘lganda qo‘lga olindi.

Yangi Toshkentda 55 ming o‘rinli futbol stadioni qurilishi boshlandi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkentda futbol stadioni poydevorini qo‘yish marosimida ishtirok etdi. Sport inshooti 55 000 tomoshabinga mo‘ljallangan va mamlakatdagi eng kattasi bo‘ladi. U 2027-yilda O‘zbekiston va Ozarbayjonda bo‘lib o‘tadigan U-20 jahon chempionati uchun FIFA standartlari asosida quriladi.

Ëó÷øåå

O‘zbekistonda “yashil ta’mir” kreditlari subsidiyalanadi

2025-yil 1-iyuldan boshlab O‘zbekistonda energiya samaradorligini oshirish loyihalari uchun kreditlar va subsidiyalar ajratila boshlaydi. Dastur aholi va energiya xizmati kompaniyalarini qamrab oladi, shuningdek, uy-joylarni “yashil ta’mirlash” uchun imtiyozli kreditlash shartlarini ko‘zda tutadi.

Energiya samaradorligi milliy agentligi tashkil etiladi

Vazirlar Mahkamasi huzurida Energiya samaradorligi milliy agentligi tashkil etiladi. Energiya samaradorligini oshirish sohasida yagona davlat siyosatini yuritish, sohada rag‘batlantiruvchi va ta’sir etuvchi choralar ishlab chiqish va tartibga solish agentlikning asosiy vazifalaridan biri etib belgilandi.

Martda dollar kursi qanday o‘zgardi?

Mart oyida AQSh dollarining o‘zbek so‘miga nisbatan kursi 0,28% yoki deyarli 36 so‘mga ko‘tarilib, fevraldagi pasayishdan keyin o‘rtacha mustahkamlanishni ko‘rsatdi. Birinchi chorak yakunlariga ko‘ra, milliy valyuta dollarga nisbatan biroz mustahkamlandi.

Àêòóàëüíîå

O‘zbekiston uglevodorod bozorida qaysi xorijiy o‘yinchilar faoliyat yuritmoqda?

O‘zbekiston va Ozarbayjonning SOCAR’i o‘rtasida Ustyurt platosidagi konlarni o‘zlashtirish bo‘yicha mahsulot taqsimoti bitimi imzolanishi fonida Gazeta mamlakatda uglevodorodlarni qazish va qayta ishlash sohasida faoliyat yuritayotgan xorijiy kompaniyalarning asosiy loyihalari bo‘yicha ochiq ma’lumotlarni to‘pladi.

Aqchako‘lda ona va uning ikki qizi cho‘kib halok bo‘ldi

Qoraqalpog‘istondagi Aqchako‘l suv havzasida 36 yoshli ayol hamda uning 10 va 13 yoshli qizlari cho‘kib ketdi. Oila ko‘lga shaxsiy qayig‘i bilan tushgan, biroq u ko‘l o‘rtasiga borganda ehtiyotsizlik oqibatida cho‘kib ketgan. Holat bo‘yicha jinoiy ish ochildi.

Toshkent shahri bosh rejasi takomillashtiriladi — Qurilish vazirligi

Toshkentning yetti oy oldin qabul qilingan bosh rejasi o‘zgartiriladi, biroq alohida tadbirkorning xohishiga ko‘ra emas, balki ilmiy yondashuvlar va jamoatchilik fikri asosida, deya ma’lum qildi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi vazir o‘rinbosari Davronjon Adilovning intervyusidan so‘ng.