Íîâîñòè


O‘zbekistonda valyuta taklifi talabdan tezroq o‘smoqda — MB

MB hisobotiga ko‘ra, so‘nggi 10 oyda O‘zbekistonda odamlar sotib olganidan ko‘ra ko‘proq dollar sotdi. 7,8 mlrd dollarlik farq bozordagi qo‘shimcha valyuta manbasiga aylandi. Kurs mustahkamlanishiga eksport tushumlarining o‘sishi, qarz va o‘tkazmalarning ko‘payishi hamda barqaror import ta’sir ko‘rsatdi.

Nima tayyorlaymiz: issiqqina salatlar

Zira.uz issiqqina salatlar retseptlari bilan bo‘lishadi. Ularni steyk va karamellangan nokdan; qo‘ziqorin va tovuqdan; mol go‘shti va rukkoladan tayyorlash mumkin.

Dafn etish ishlarini ro‘yxatga olish raqamlashtiriladi

O‘zbekistonda vafot etgan shaxslarni dafn etishga ruxsat berish va ro‘yxatga olishni raqamlashtirish, mazkur ishlarni elektron axborot tizimi orqali monitoring qilishga qaratilgan yangi elektron xizmatlar joriy qilinadi.

“Mening maktabim” loyihasi g‘oliblari e’lon qilindi

“Mening maktabim” loyihasining 2025/2026-o‘quv yilidagi 1-bosqichi g‘oliblari e’lon qilindi. Umumiy qiymati 259,1 mlrd so‘mni tashkil etgan 14 745 ta loyiha g‘olib deb topildi. Ushbu loyihalar uchun 310 926 nafar o‘quvchi tomonidan ovoz berilgan.

Qishda ob-havo qanday bo‘ladi?

O‘zgidromet qish fasli uchun ob-havo prognozini e’lon qildi. Unga ko‘ra, dekabr oyi normaga nisbatan biroz issiqroq bo‘lishi prognoz qilindi. Yanvar oyi oxiri va fevral oyi boshida anomal sovuq kutilmoqda.

Shavkat Mirziyoyev Xitoy tashqi ishlar vaziri Van Ini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Uchrashuvda yuqori texnologiyalar, “yashil” va atom energetikasi, sun’iy intellekt, transport, infratuzilma, qishloq xo‘jaligi, geologiya, kimyo va boshqa yo‘nalishlardagi hamkorlikni ilgari surishga e’tibor qaratildi.

Toshkent ko‘chalarida havo ifloslanishiga qarshi suv sepila boshlandi

Toshkentda havo ifloslanishini kamaytirish uchun yo‘llarga suv sepilib, yashil hududlar sug‘orilmoqda. Hokimlik bu chora muammoni butunlay hal qilmasligini tan oldi, “ammo bir necha soat ichida chang miqdorini sezilarli darajada kamaytiradi”. Mavsum tugaganiga qaramay, favvoralar yana ishga tushirildi.

Pulli “parkovka” narxlari qayta qo‘rib chiqilishi kerak — XDP

Xalq demokratik partiyasi Toshkentdagi pulli to‘xtash joylari narxlarini qayta ko‘rib chiqilishini ta’kidladi. Partiya qayd etishicha, tariflar iqtisodiy asoslanishi va mablag‘lar qayerga tushayotgani, ularning qanday sarflanishi haqida ma’lumotlar ochiqlanishi kerak.

ShHT maxsus xizmatlari terrorizm ildizlarini qidirmoqda

Toshkentda Shanxay hamkorlik tashkiloti Mintaqaviy aksilterror tuzilmasining xalqaro konferensiyasi ochildi. Ishtirokchilar fuqarolarning radikal tarmoqlarga jalb qilinishiga yo‘l qo‘ymaslik, kiberxavfsizlik va ShHT MATTning yangi arxitekturasini muhokama qildi. Dmitriy Povarov obzori.

Yomon havo sifati yana bir necha kun davom etadi — O‘zgidromet

Yaqin kunlarda Toshkent shahri va O‘zbekistonning boshqa hududlarida havoning yuqori ifloslanish darajasi saqlanib qoladi. Uni ob-havo sharoiti, xususan, havoning turg‘unligi va ifloslantiruvchi moddalar to‘planishiga olib keladigan harorat inversiyasi kuchaytirmoqda. Niqob taqish tavsiya etiladi.

Aziz Xujanov “Toshshahartransxizmat” rahbari bo‘ldi

Aziz Xujanov poytaxt jamoat transportini boshqaruvchi “Toshshahartransxizmat” kompaniyasi rahbari v.b. bo‘ldi. U bungacha Transport vazirligi tizimida boshqarma boshlig‘i, Uchtepa hokimi birinchi o‘rinbosari, Toshkent shahri va UJKX vazirligi tashkiliy nazorat va tahlil boshqarmalari boshlig‘i lavozimida ishlagan.

Tramp Epshteyn ishiga oid barcha fayllarni e’lon qilish bo‘yicha qonun imzoladi

Tramp jinsiy jinoyatlarda ayblangan marhum moliyachi Jeffri Epshteyn bilan bog‘liq barcha materiallarni e’lon qilishni talab qiluvchi qonunni imzoladi. Avvalroq Epshteyn bilan do‘st bo‘lgan Tramp fayllarni ommaga e’lon qilishga qarshi chiqqan, biroq partiyadoshlarining bosimi ostida o‘z pozitsiyasini o‘zgartirgandi.

Elektri, gazi va maktabi yo‘q Yaylovdan reportaj

Navoiy viloyatining Xatirchi tumanida Yaylov degan bir qishloq bor. Bu yerda na bir tuzukroq yo‘l, na elektr va na gaz ta’minoti bor. Hatto mobil aloqa ham ishlamaydi. 1990-yillarda qurilgan bir xaroba maktabi bor, xolos.

“Birlamchi omil — platforma emas, balki hozir hamkorlik raqobatdan ko‘ra foydali ekani”. Siyosatshunoslar — Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari uchrashuvi yakunlari haqida

Gazeta MO yetakchilari uchrashuvini siyosatshunoslar bilan muhokama qildi. Ko‘pchilikning fikricha, Ozarbayjonning qo‘shilishi mintaqaviy formatga mos. O‘zbekistonning “Markaziy Osiyo hamjamiyati” tashabbusi munosabatlarning yangi bosqichiga qadam deb baholanmoqda, biroq uning mazmuni turlicha talqin qilinmoqda.

One Young World sammitida ilk bor O‘zbekiston vakili ishtirok etdi

Myunxenda bo‘lib o‘tgan One Young World yoshlar sammitida O‘zbekiston Xalqaro talabalar ittifoqi ijrochi direktori Asha Buxarbayeva mamlakat nomidan ishtirok etdi. U Markaziy Osiyo yoshlarini ijtimoiy va madaniy mintaqaviy loyihalarga jalb etish muhimligini ta’kidladi.

Ëó÷øåå

Kaliforniya bojlar tufayli Trampni sudga berdi

Kaliforniya bojxona to‘lovlari joriy etilgani uchun AQSh shtatlaridan birinchi bo‘lib prezident Donald Trampga qarshi da’vo arizasini kiritdi. Mahalliy hokimiyat ma’lumotlariga ko‘ra, tariflar shtat iqtisodiyotiga “tuzatib bo‘lmaydigan” zarar yetkazmoqda.

Qurilish inspeksiyasi hukumat tarkibiga o‘tkazildi

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi vazirlik bo‘ysunuvidan chiqariladi va Vazirlar Mahkamasi tomonidan boshqariladigan mustaqil organga aylanadi. Shuningdek, 1-iyuldan yakka tartibdagi uy-joylar va kichik obyektlar qurilishini nazorat qilish xususiy sektorga o‘tkaziladi.

AQSh O‘zbekistondagi 2,5 mln dollarga teng grantni bekor qildi

AQSh boshqa davlatlardagi 215 mln dollarga teng 139 ta grantni bekor qildi, Davlat boshqaruvi samaradorligi departamenti ularni “behuda” deb atadi. Bunday grantlar orasida O‘zbekistonda “fuqarolik ishtirokini rivojlantirish” uchun ajratilgan 2,5 mln dollar ham bor.

Àêòóàëüíîå