Íîâîñòè


Reportaj: Eski poyezdlarning so‘nggi bekati

Gazeta’ning “Muzeynoma” loyihasi bu gal Temiryo‘l texnikasi muzeyi haqida hikoya qiladi. Bu yer xizmat vazifasini bajarib bo‘lgan “keksa” poyezd vagonlari, parovoz, teplovoz va elektrovozlarning so‘nggi manzilidir. Muzey o‘z bag‘ridan 44 ta poyezdga joy bergan. Reportaj.

O‘zbekistonda “maosh qulligi” tizimi bekor qilinishi rejalashtirilmoqda

O‘zbekistonda xodimlarni maosh olish uchun ma’lum bir bankka majburiy biriktirib qo‘yish amaliyotidan voz kechish rejalashtirilmoqda. Markaziy bank shuningdek, telefon raqami orqali P2P pul o‘tkazmalarini joriy etadi va so‘mdagi barcha to‘lovlar uchun yagona to‘lov shlyuzi (svitch) yaratadi.

“Byurokratiyani bartaraf etish — 2030” dasturi ishga tushiriladi

O‘zbekistonda “Byurokratiyani bartaraf etish - 2030” dasturi ishga tushiriladi. Maqsad - davlat xizmatlaridan tez va qulay foydalanish orqali fuqarolarning hayot sifatini yaxshilash, ortiqcha tartib-taomillarni bartaraf etish va jarayonlarning shaffofligini oshirish orqali suiiste’molchilik xavfini kamaytirish.

Inversiya kutilganidan uzoqroq davom etadi — O‘zgidromet

O‘zbekistonda havo ifloslanishi darajasining oshishiga olib keladigan harorat inversiyasi kutilganidan uzoqroq davom etadi, deya ma’lum qildi O‘zgidromet. PM2,5 darajasi yengil pasayishdan so‘ng o‘tgan haftadagidek keskin bo‘lmasa-da, hafta oxiriga kelib yana ko‘tariladi. Qattiq tuman tushishi mumkin.

Toshkent davlat yuridik universiteti Yangi Toshkentga ko‘chiriladi

Yangi Toshkentda Toshkent davlat yuridik universiteti uchun kampus quriladi. Universitetning amaldagi binolarida O‘zbekiston huquqi tarixi muzeyi, O‘zbekiston nizolarni hal etish markazi, TDYUU Raqamli huquq markazi va Raqamli sud ekspertiza markazi joylashtiriladi.

KHAYning bir qismida harakat yana 4 kunga cheklanadi

Toshkentdagi Kichik halqa avtomobil yo‘lida ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Shu sababli uning Foziltepa va Beshqayrag‘och ko‘chalari oralig‘idagi qismida 27-noyabrdan 1-dekabrgacha harakat bir tomonlama cheklandi.

2026-yilgi aholini ro‘yxatga olish: Prezident tayyorgarlik ishlari bilan tanishdi

Prezidentga 2026-yil yanvar oyida boshlanadigan aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ishlari haqida ma’lumot berildi: 60 mingdan ziyod “Mahalla yettiligi” vakillari o‘qitildi, uylar geomanzillari shakllantirildi, mahallalarda tashkiliy rejalar tasdiqlandi. Ma’lumotlar integratsiyasi bo‘yicha aniq yechimlar kerak.

Somalining O‘zbekistondagi birinchi elchisi tayinlandi

Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Somalining O‘zbekistondagi birinchi elchisi Fatxudin Ali Mohamedning ishonch yorliqlarini qabul qildi. Fevral kuni Nyu York shahrida O‘zbekiston va Somali o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatish to‘g‘risidagi qo‘shma kommyunike imzolangan edi.

Ëó÷øåå

IIV taqdim etadigan ayrim xizmatlar elektron shaklga o‘tkaziladi

O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi taqdim etuvchi ayrim xizmatlar elektron shaklda ko‘rsatiladi. Avtotransport vositasini jarima maydonchasidan chiqarish, portlovchi materiallarni olib kirish, sotib olish, saqlash va ommaviy tadbirlar o‘tkazish uchun ruxsatnomalar berish shular jumlasidan.

Rossiyada yolg‘iz qolgan bola O‘zbekistonga qaytarildi

Rossiyada ota-onasidan ajralgan voyaga yetmagan bola Toshkentga olib kelindi va ijtimoiy yordam markaziga joylashtirildi. Uni qo‘llab-quvvatlash ishlari doimiy yashash joyida davom ettiriladi. Yil boshidan buyon xorijdan 54 nafar bola vatanga qaytarildi.

O‘zbekistonda “El-yurt umidi” stipendiyasi joriy etiladi

“El-yurt umidi” jamg‘armasi prezident huzuridagi Istiqbolli kadrlarni tayyorlash bo‘yicha “El-yurt umidi” jamg‘armasi etib qayta tashkil etildi. Shuningdek, O‘zbekiston prezidentining “El-yurt umidi” stipendiyasi joriy etildi.

Isroil G‘azoda quruqlikdagi operatsiyani kengaytiradi

Isroil hukumati HAMASga qarshi quruqlikdagi operatsiyani kengaytirish rejasini ma’qulladi, uning maqsadi - “G‘azoni zabt etish va hududni egallash”. G‘azoning tinch aholisini anklav janubiga ko‘chirish rejalashtirilmoqda.

Àêòóàëüíîå

Yoshlarning mingta startap g‘oyasi tijoratlashtiriladi

Yoshlar ishlab chiqqan mingta startap g‘oyasi tijoratlashtiriladi, shundan 200 tasi xalqaro bozorga olib chiqiladi. Shuningdek, sohaga eng ilg‘or texnologiyalar olib kelinib, 100 ta mahalliy startap xalqaro miqyosda jozibador biznesga aylantiriladi. Ushbu maqsadlarga 100 mln dollar ajratilishi aytilmoqda.

Maktablardagi inspektor-psixolog shtatlari IIV tizimiga qaytarildi. Nega?

2025-yil 1-martdan boshlab maktablardagi inspektor-psixolog shtatlari IIV tizimiga qaytarildi. Hozirda 2 mingta inspektor-psixolog shtati mavjud. Vazir o‘rinbosari Bekmurod Abdullayevga ko‘ra, o‘quvchilar bilan ishlashda inspektor-psixologlarning imkoniyatlari ichki ishlar idoralarida yuqori.