Bahromjon Norqobilov Ohangaron tumani hokimi etib tayinlandi
2017-yildan beri Veterinariya qo‘mitasi raisi bo‘lib ishlagan Bahromjon Norqobilov Toshkent viloyati Ohangaron tumani hokimi lavozimiga tayinlandi.
2017-yildan beri Veterinariya qo‘mitasi raisi bo‘lib ishlagan Bahromjon Norqobilov Toshkent viloyati Ohangaron tumani hokimi lavozimiga tayinlandi.
Kuchli qor yog‘ishi va ko‘chki xavfi tufayli Toshkent-Vodiy yo‘lidagi Qamchiq dovoni noma’lum muddatga yopildi. YHXX yo‘l ochilishi bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berilishini ma’lum qildi.
Sirdaryo IESda nosoz gaz turbinasi rotori almashtirilayotgani bois quvvatlarning bir qismi ta’mirlashga olindi. Energetika vazirligi kechalari elektr ta’minotida qisqa muddatli uzilishlar bo‘lishi mumkinligi haqida ogohlantirdi. O‘rnatish ishlari taxminan bir oy davom etadi.
ACWA Power qurgan yangi Sirdaryo IESda nosoz gaz turbinasi rotori almashtirilmoqda, quvvatning bir qismi ta’mirga yo‘naltirilgan. Energetika vazirligi kechki soatlarda elektr ta’minotida qisqa muddatli uzilishlar bo‘lishi mumkinligi haqida ogohlantirdi. Montaj ishlari bir oycha davom etadi.
Donald Tramp Politico nashriga intervyusida Rossiya Ukrainaga qaraganda kuchliroq pozitsiyada ekanini aytib, Yevropaning immigratsiya siyosatini falokat deb atadi. U, shuningdek, Venesuelaga bostirib kirishini istisno etmadi va Nikolas Maduroning “kunlari sanoqli” qolganini bildirdi.
Yo‘l harakatini tashkil etish markazi Toshkentda transport oqimini boshqarish, tezlik rejimlarini belgilash, fiksatsiya kameralari va zaryadlash stansiyalari o‘rnatish va parkovka infratuzilmasini rivojlantirish bilan shug‘ullanadi.
Bankrot deb topilgan Humans, davlat idoralari rahbarlarining rotatsiyasi tizimi, Allplay’ni sotib olgan Yandex Uzbekistan, JARdagi turnir davra bosqichini yutgan Javohir Sindarov va boshqalar - Gazeta’ning kunlik dayjestida.
Shavkat Mirziyoyev FIA prezidenti Muhammad bin Sulaym boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Uchrashuvda O‘zbekistonda avtosportni rivojlantirish, zamonaviy infratuzilma yaratish va kelgusida xalqaro musobaqalar, jumladan, “Formula-1” bosqichlarini o‘tkazish imkoniyatlari muhokama qilindi.
Prezident aholi bandligi va kambag‘allikni kamaytirishni muhokama qildi. Yil oxirigacha uning darajasi (yil boshidagi 8,9% dan) 6% ga, kelgusi yil esa 4,5% gacha tushishi kerak. Eng muammoli mahallalarga e’tibor qaratish, elektr, internet, tomorqadan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish vazifasi qo‘yildi.
O‘zbekiston yaqin yillarda 21 ming km yo‘l qurish va yangilashni rejalashtirmoqda. Yuk tashish qat’iy nazorat qilinib, tarozi tarmog‘i hozirgi 9 tadan 40 tagacha kengaytiriladi. Kelgusi yilda 3000 km, 2030-yilgacha esa 6300 km yo‘llarni saqlashga xususiy sektor jalb etiladi.
Humans ilovasiga bog‘langan kartalardan ruxsatsiz to‘lovlar bo‘yicha ommaviy shikoyatlardan so‘ng ilova orqali to‘lov xizmatlarini ko‘rsatuvchi Octagram (Paylov brendi) kompaniyasi to‘lovlar Humans’ga taqdim etilgan shifrlangan kalitlar yordamida amalga oshirilganini ma’lum qildi.
Yandex Uzbekistan kompaniyasi onlayn kino va televideniye xizmatini ko‘rsatuvchi Allplay platformasining 100 foiz ulushini sotib oldi. Bitimning narxi oshkor etilmagan. Xizmat Yandex Plus obuna ekotizimiga kiritiladi.
Akmaljon To‘lanov Andijon viloyati hokimning moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari bo‘ldi. Isomiddin Ismanov esa hokimning turizm, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi.
Humans karta bilan bog‘liq hodisalar yuzasidan izoh berdi. Kompaniyaga ko‘ra, ruxsatsiz pul yechishlarga sabab bo‘lgan zaiflik Humans`ning hamkori -Octagram`ga qarashli Paylov to‘lov xizmatida bo‘lgan.
Sud Humans`ni Octobank arizasiga ko‘ra bankrot deb topdi va faoliyatini to‘xtatmagan holda tugatish jarayonini boshladi. Uning bank oldidagi qarzi 429 mlrd so‘mga baholangan. Avvalroq boshqa kompaniyalar oldidagi qarzdorlik va Humans`ning sobiq mansabdor shaxsi qamoqqa olingani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Toshkent shahrida 31 yoshli erkak burun operatsiyasi vaqtida vafot etdi. Holat ortidan xususiy klinika shifokorlariga nisbatan jinoyat ishi ochilib, muassasa faoliyati to‘xtatildi. Marhum oilali, ikki farzandning otasi bo‘lgan.
Ilyosbek Umrzaqov Andijon viloyatining Marhamat tumani hokimi etib tayinlandi. U bunga qadar viloyat hokimligida axborot-tahlil guruhi rahbari sifatida ishlagan.
O‘zbekistonlik shaxmatchi Javohir Sindarov Janubiy Afrika Respublikasida o‘tayotgan “Katta dubulg‘a” finalining davra bosqichida Magnus Karlsen va Fabiano Karuanani mag‘lub etib, g‘alabaga erishdi. U chorak final uchun raqibini birinchi bo‘lib tanlash huquqini qo‘lga kiritdi.
Noyabrda Toshkentda uch nafar haydovchi pulli to‘xtash joyi xodimlarini haqorat qilgani uchun ma’muriy javobgarlikka tortildi. Ikki holatda to‘xtash joyi nazoratchilarining kar-soqovligi ma’lum bo‘ldi.
Yangi Namangan shaharchasida umumiy qiymati 750 mln dollarlik China Town Namangan majmuasi qurilishi boshlandi. 84 gektar maydonda turar joy massivlari, biznes markazlari, mehmonxonalar, savdo va ko‘ngilochar maskanlar bo‘ladi.
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan tibbiyot xodimi, pulmonolog olim va akademik Abdulla Ubaydullayev 91 yoshida vafot etdi. U respublikada bronx-o‘pka kasalliklarini o‘z vaqtida aniqlash, bunga irsiyatning ta’siri va kelib chiqishida ekologik o‘zgarishlar ta’sirini o‘rgangan.
Toshkentda yirik infratuzilma loyihalari, xususan, 57,5 kilometrdan ortiq avtobus yo‘laklari, yo‘l o‘tkazgich, tunnel qurish va yo‘l ta’mirlash ishlari amalga oshiriladi. Buning uchun Bank of China`dan 271,1 mln dollar kredit mablag‘lari jalb etiladi. Ishlar Xitoy kompaniyasi bilan hamkorlikda olib boriladi.
“O‘zbekneftgaz”ning shu’ba korxonasi UNG Overseas va Amerikaning Cargill kompaniyasi o‘rtasida hamkorlik kelishuvi imzolandi. Hujjatda O‘zbekistonning energetika xavfsizligini mustahkamlash uchun 3 mlrd dollargacha uzoq muddatli moliyalashtirish ko‘zda tutilgan.
O‘zbekistonda OIV infeksiyasiga qarshi kurashish uchun yiliga 20 mln dollar sarflanmoqda, deb ma’lum qildi OITSga qarshi kurashish markazi direktori. Mablag‘larning 75 foizi davlat budjetidan, qolgani xalqaro tashkilotlarning beg‘araz ko‘magidir.
Qashqadaryoda gaz ta’minoti bo‘limi xodimi yer uchun fuqarodan $20 ming olgani aytilmoqda. U Ko‘kdala tumanidagi 1 gektar yerni 500 mln so‘mga sotishga kelishgan. Boshqa bir holatda Ohangarondagi korxona yuristi bo‘sh turgan 90 sotix yerni 250 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan.
Bundan 33 yil avval 8-dekabrda O‘zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilingan edi. Sana munosabati bilan Gazeta respublika Bosh qomusi asosida test tayyorladi.
O‘zbekiston xalq hokimiyatchiligi, vakillik demokratiyasi, Konstitutsiya va qonun ustuvorligini mustahkamlash yo‘lidagi islohotlarni yanada qat’iy davom ettiradi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev Konstitutsiya kuni munosabati bilan yo‘llagan tabrigida aytib o‘tdi.
Prezident Konstitutsiya kuni munosabati bilan qilmishiga pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga o‘tgan 615 nafar shaxsni afv etdi. Ulardan 9 nafari xorijlik, 29 nafari ayol, 264 nafari 30 yoshgacha bo‘lgan (jumladan, ikki nafar bola) va to‘qqiz nafari taqiqlangan tashkilotlarga a’zo bo‘lgan shaxslardir.
Qozog‘istonning Aqtobe viloyatida yo‘lovchi avtobusi ariqqa ag‘darilib ketdi. Oqibatda 5 kishi, xususan, 2 nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi. O‘zbekiston FVV marhumlarning jasadini vatanga olib kelish choralari ko‘rilayotganini bildirdi.
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi 2026-yilgi Jahon chempionati guruh bosqichi o‘yinlarini Mexiko, Xyuston va Atlanta shaharlarida o‘tkazadi. FIFA o‘yinlar jadvalini e’lon qildi.
“Yoshlar uchun 1000 kitob” loyihasi doirasida Markaziy Osiyo tarixi bo‘yicha yetakchi olimlardan biri Adib Xolid bilan uchrashuv tashkil qilindi. Unda “Turkistonda jadidchilik” kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Shavkat Mirziyoyev odamlarning umri paxta dalasida bekor o‘tganini ta’kidladi. “27 yil qiynalganmiz. Shu paxta degan baloni hammamiz dalada ko‘rdik, birimiz ikki bo‘lmadi”, - dedi u. Prezident avval paxta yetishtirish bo‘yicha tajriba bo‘lmagani, olimlarni pisand qilinmaganini qayd etdi.
Toshkentda 2028-yilgacha Amir Temur shohko‘chasidagi Yunusobod aylanmasida yerosti tunnel va Pahlavon Mahmud ko‘chasini Elbek ko‘chasi bilan bog‘lovchi yo‘l o‘tkazgich quriladi. Shuningdek, qator ko‘chalarni modernizatsiya qilish ko‘zda tutilgan.
O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro Gazeta’ga bergan izohida jamoaning “oxirigacha o‘ynashga tayyorligi” va “taslim bo‘lmasligi” jahon chempionatidagi ustunligi bo‘lishini aytdi.
O‘zbekiston milliy terma jamoasi 2026-yilgi Jahon chempionati guruh bosqichida Portugaliya, Kolumbiya hamda Yangi Kaledoniya, Yamayka, Kongo jamoalaridan biri bilan o‘ynashi ma’lum bo‘ldi. Gazeta raqiblarimiz qanday o‘ynashi, ularning asosiy o‘yinchilari va ushbu turnirdagi ishtiroklari haqida ma’lumot beradi.
To‘ntarilgan apelsin pirogi, dudlangan kurka, burgundcha go‘sht, zanjabilli pryaniklar va boshqa bayramona taomlar retseptlari - Zira.uz jamlanmasida.
AQShda Jahon chempionati-2026 guruh bosqichiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi va unda O‘zbekistonning raqiblari ham ma’lum bo‘ldi. Gazeta muxbiri Yevgeniy Sorochin mashhur siyosatchilar, jahon futboli yulduzlari, milliy terma jamoalar murabbiylari ishtirok etgan marosimdan fotoreportaj tayyorladi.
Futbol bo‘yicha 2026-yilgi Jahon chempionati guruh bosqichiga qur’a tashlandi. O‘zbekiston milliy terma jamoasi K guruhida Portugaliya, Kolumbiya jamoalari bilan o‘ynaydi. Guruhdagi to‘rtinchi bo‘sh slotni Yamayka, Yangi Kaledoniya va Kongo jamoalari o‘rtasidagi pley-off g‘olibi qo‘lga kiritadi. Foto.
Vashingtonda futbol bo‘yicha JCH-2026 guruh bosqichiga qur’a tashlash marosimi boshlandi. Tadbirda AQSh va Meksika prezidentlari, shuningdek Kanada bosh vaziri, futbol yulduzlari, terma jamoalar murabbiylari ishtirok etmoqda.
Tramp ma’muriyati fuqarolarining AQShga kirishi taqiqlangan yoki cheklangan mamlakatlar ro‘yxatini 19 tadan 30 tagacha oshirishni rejalashtirmoqda. Oq uy Vashingtonda Milliy gvardiya xodimlariga uyushtirilgan hujumdan keyin migratsiya choralarini kuchaytirishni boshlagan.
Oliy, o‘rta maxsus va kasbiy ta’lim muassasalari hamda akademik litseylar talabalari uchun qishki ta’til 28-dekabrdan boshlanib, 10-yanvargacha davom etadi. Shu davrda o‘quvchilar uchun temiryo‘l va aviachipta narxlariga 50 foizlik chegirmalar rejalashtirilmoqda.
O‘zbekiston va Ozarbayjon kompaniyalari Ustyurt mintaqasida geologiya-qidiruv va uglevodorodlarni qazib olish bo‘yicha qo‘shma loyihani amalga oshirishga kirishdi. Toshkentda loyiha operatori - Ustyurt Operating Company ofisi ochildi.
Deputat Muhammad Valiyev bir qator tibbiy dasturlar, jumladan, spinal mushak atrofiyasi bo‘lgan bolalarga yordam ko‘rsatish va OIVga qarshi kurashish xarajatlari qisqartirilayotganini ko‘rsatdi. SSV rahbari o‘rinbosari Elmira Bositxonova buni rad etib, mablag‘larning qayta taqsimlanishini tushuntirdi.
Toshkent shahrida 2030-yilgacha aholining jamoat transportidan foydalanish darajasini 60 foizga yetkaziladi. Avtobusning o‘rtacha harakat tezligini 18 km soatdan 24 km soatga oshiriladi. 150 ming o‘rinli to‘xtab turish joylarini tashkil etiladi. Metropoliten tarmog‘i uzunligini 103 kilometrga yetkaziladi.
O‘zbekiston mintaqada yagona energiya bozorini yaratish uchun qo‘shni davlatlar bilan hamkorlikni mustahkamlamoqda, dedi prezident. U Qambarota GES-1 va “yashil” energoyo‘lak loyihalarini esladi. Qolaversa, Xitoy tajribasidan kelib chiqib, aholi hamkorligida mahallalarda quyosh elektr stansiyalari o‘rnatiladi.
Prezident O‘zbekistonning 4 viloyatida elektr tarmoqlarini boshqarish xususiy operatorlarga o‘tkazilishini ma’lum qildi. Uning qo‘shimcha qilishicha, Samarqandda boshqaruv Aksa Elektrik`ga o‘tkazilganidan so‘ng, Jizzax, Sirdaryo, Namangan va Toshkent viloyatlarida ham shunday loyihalar investorlarga taklif etiladi.
Yangi energetika obyektlarining ishga tushishi aholining yillik elektr iste’molini to‘liq ta’minlaydi, dedi prezident. Unga ko‘ra, 3500 MVt quyosh, shamol va boshqa stansiyalarni ishga tushirish yiliga 15 mlrd kVt/s energiya ishlab chiqarish imkonini beradi.
Nodirbek Abdusattorov London Chess Classic 2025 turnirida muddatdan avval g‘olib bo‘ldi. U 8-turda eng yaqin ta’qibchisi Alireza Firuzja bilan baxsda durang o‘ynadi. Shunday qilib, Abdusattorov 8 turda 6 ta g‘alaba va 2 ta durang qayd etdi.
O‘zbekiston va Rossiya Iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning 26-yig‘ilishini o‘tkazdi. O‘zaro savdoni ko‘paytirish, energetika, to‘lov infratuzilmasi barqarorligi, sanoat kooperatsiyasi va mahalliylashtirishni kengaytirish, ikki mamlakat hududlari o‘rtasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Guliston shahrida kafeda yuz bergan portlash ortidan jami 3 nafar kafe mansabdori protsessual tartibda qamoqqa olindi. Holat yuzasidan qator moddalar bo‘yicha jinoiy ish ochilgan bo‘lib, tergov ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Ramazon Ashropov boshchiligidagi guruh tomonidan olib borilmoqda.
Toshkent hokimi Shavkat Umurzoqov Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga Turkiya elchixonasi qoshida maktab qurish uchun yer uchastkasi ajratdi. Maktab Shayxontohur tumanidagi 0,31 gektar yerda barpo etiladi.
Kam ta’minlangan oilalarga gaz va elektr energiyasi uchun yil bo‘yi kompensatsiya olish bo‘yicha arizalar qabuli boshlandi. Ularni “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi, mahalladagi ijtimoiy xodim va 1140 telefon raqami orqali qoldirish mumkin.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Ohangaron sudida jamoat oshxonalarida eshak go‘shti iste’mol qilinishiga doir ish ko‘rib chiqildi. Ayblanuvchilardan biri jonivorlarni so‘ygan, ikkinchisi go‘shtni sotib olgan, uchinchisi esa undan somsa tayyorlagan.
Hindistonning IndiGo loukoster aviakompaniyasi 1-avgustdan Mumbay-Toshkent-Mumbay yo‘nalishi bo‘yicha muntazam qatnovlarni amalga oshirishni boshlaydi. Reyslar haftasiga to‘rt marta Airbus A320 samolyotlarida amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
6-iyun, Qurbon hayiti kuni soat 3:00 dan 10:00 gacha Toshkent metropolitenida harakatlanish bepul bo‘ladi.
Humans brendiga egalik qiluvchi Singapurning Humans Mobile kompaniyasi O‘zbekistonga qarshi arbitraj ishini qo‘zg‘atdi. U davlat organlari, jumladan, Markaziy bank va “O‘zbektelekom”ni huquqlarini buzganlikda ayblamoqda.
11-iyundan boshlab Toshkentdan Qirg‘izistondagi Issiqko‘lga mavsumiy avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi. Chipta narxi 300 ming so‘m.
Toshkent viloyatidagi GESda 24 yoshli qizning jasadi topildi. U 10-may kuni uyidan noma’lum tomonga chiqib ketib, bedarak yo‘qolgan bo‘lgan.
May oyida O‘zbekistonda inflyatsiya 1,5 foizgacha tezlashdi, bu o‘tgan yil maydan beri eng yuqori ko‘rsatkichdir. Narxlarning yillik o‘sishi 8,7 foizgacha sekinlashdi. Gaz (+39,2%), elektr (+18,8), suyultirilgan gaz (+25) tariflari oshishi o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. Go‘sht, yog‘ va shakar qimmatladi, sabzavotlar arzonladi.
O‘zbekistonning Abu Dabidagi elchixonasi va Dubaydagi Bosh konsulxonasi BAAning tegishli tashkilotlari bilan O‘zbekiston fuqarolari mamlakat aeroportlarida ushlab turilgani yuzasidan muzokara o‘tkazdi.
O‘zbekistonda yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarima ballarini my.gov.uz va Safe ROAD YHXX rasmiy mobil ilovasi orqali tekshirishi mumkin. Unda to‘plangan jarima ballari soni va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning ballar qo‘yishga asos bo‘lgan moddasi ko‘rsatiladi.
Toshkent metrosining “Yerusti halqa yo‘li” yo‘nalishidagi “Turon” va “Qipchoq” bekatlari 8-iyundan boshlab vaqtincha yopiladi. Yo‘lovchilar uchun “Qipchoq” - “Quruvchilar” bekatlari oralig‘ida avtobuslar harakati yo‘lga qo‘yiladi.
O‘zbekiston, Qozog‘iston va Turkmaniston o‘ziga xos ekotizim - Ustyurt platosi tabiatini birgalikda muhofaza qilish bo‘yicha kelishib oldi. 2030-yilgacha mo‘ljallangan yo‘l xaritasi migratsiya yo‘nalishlarini saqlab qolish, monitoringni takomillashtirish va brakonerlikka qarshi kurashni kuchaytirishga yordam beradi.
1-iyuldan boshlab O‘zbekistonda nogironligi bo‘lgan shaxslar pensiya va kompensatsiyalar olish uchun ariza topshirishlari shart emas - to‘lovlar avtomatik ravishda tayinlanadi. 1-oktabrdan boshlab pensiyalarni naqd shaklda biometrik identifikatsiyalash va ERI orqali berish boshlanadi.
Ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar uchun tavsiyanoma olishga arizalar qabul qilish boshlandi. Arizalar 8-iyunga qadar elektron shaklda qabul qilinadi.
Markaziy bank Qozog‘istonning “Yevroosiyo Banki”ning 2024-yil yanvar oyida ro‘yxatdan o‘tgan shu’ba korxonasidan litsenziyani qaytarib oldi. Sabab - ustav kapitalning minimal darajaga muvofiq emasligi. Moliyaviy tashkilot majburiy ravishda tugatiladi.
O‘zbekistonning doimiy aholisi soni 28-avgust kuni 38 milliondan oshdi. Bunda erkaklar 19,1 mln, ayollar esa 18,8 mln nafar atrofida tashkil etmoqda.
2025-yilning yanvar-iyul oylarida 56 876 xotin-qizga himoya orderi berildi. IIV vakiliga ko‘ra, orderlar berish sonining ortishi zo‘ravonlik ko‘payganini anglatmaydi. “Qayta zo‘ravonlik sodir etilishining oldini olish uchun va jabrlanish ehtimoli bo‘lgan ayollarga ham himoya orderi beriladi”, - deydi rasmiy.
UzAuto Motors’ning sof foydasi yilning birinchi yarmida 27,5% kamaydi. Asosiy pasayish birinchi chorakda sodir bo‘ldi, biroq ishlab chiqaruvchi ikkinchi chorakda yo‘qotishlarini qisman qopladi.
IIO faoliyatida huquqbuzarliklarning oldini olish va ularni aniqlash maqsadida dronlardan foydalanish boshlandi. Buxoro viloyati hokimligi 150 ta, IIV esa 5 ta viloyat uchun 84 ta dron xarid qildi. “2026-yil yakunigacha barcha tuman va shahar bo‘limlari dronlar bilan ta’minlanadi”, - deydi vazirlik vakili.
Samarqand shahrida 19 yoshli Chery haydovchisi piyodalar o‘tish joyidan o‘tayotgan erkak va uning voyaga yetmagan bolasini urib ketgan. Voqea sabab bola vafot etgan. Ota sudda o‘sha kuni o‘g‘lining tug‘ilgan kuni bo‘lganini aytdi. Haydovchi 6 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.
Ilon Maskning kompaniyalari Apple va OpenAI (ChatGPT yaratuvchisi)ni bozorda monopoliyani saqlab qolish uchun til biriktirganlikda ayblab, sudga berdi. Ularning ta’kidlashicha, ChatGPT`ning iPhone`ga integratsiya qilinish qarori raqobatga to‘siq bo‘lmoqda.
Ish beruvchilarga qo‘yiladigan talablar soddalashtiriladi, “yashil tadbirkor” maqomi joriy qilinadi, nogironlikni belgilashning yangi tizimi ishga tushadi, maktab direktorlari va o‘rinbosarlarining lavozim maoshlari oshiriladi - 1-sentabrdan kuchga kiradigan shu va boshqa qonunchilik o‘zgarishlari Gazeta sharhida.
O‘zbekiston umumta’lim maktablarida yangi o‘quv yili dars jarayonlari 2-sentabrdan (seshanba) boshlanadi. Ilk dars soatlarida yangi o‘quvchilarga o‘quv qurollari topshiriladi hamda “Kelajak soati” o‘tiladi.
O‘zbekistonda futbol o‘yinlariga chipta sotishda xaridorlar identifikatsiyadan o‘tkaziladi. “Milliy futbol elektron platformasi” axborot tizimi, Raqamli futbol situatsion markazi, “Legionerlar klubi” tashkil etiladi. “Har bir mahallada futbol maydoni” dasturi joriy etiladi.