Íîâîñòè


2025-yilda dunyoda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar

Donald Trampning Oq uyga qaytishi va uning butun dunyo bilan savdo urushi, Yaqin Sharqdagi zaif sulh, Rossiya va Ukraina o‘rtasida davom etayotgan urush va 2025-yildagi boshqa muhim global voqealar - Gazeta obzorida.

Mahallalar musiqasi. Olimpiada chempioni Diyora Keldiyorova bilan suhbat

Gazeta va Yandex Music “Mahallalar musiqasi” loyihasining navbatdagi sonida Parij-2024 Olimpiadasi qahramoni - dzyudochi Diyora Keldiyorova bilan uchrashdi. Suhbat davomida Diyoraning bolaligi, o‘z nomi bilan ataluvchi dzyudo klubi, gender tengligi hamda Olimpiadaga oid savollarimizga javob oldik.

Gazeta ortidagi odamlar

Gazeta 17 yildirki yangiliklar yozadi, muhim voqealarni yoritadi, qiziqarli insonlar haqida hikoya qiladi va dolzarb savollarga javob izlaydi. Bu ish bilan kimlar shug‘ullanadi, ularni nima olg‘a undaydi va qanday qadriyatlar birlashtiradi - Gazeta ortidagi odamlar haqidagi material aynan shu haqda.

Tojik-afg‘on chegarasidagi keskinlik: yoddan chiqqan tahdid

Dushanbe afg‘on jangarilari Tojikiston oltin konlariga hujum qilgani, 5 nafar xitoylik halok bo‘lganini bildirdi. OAV chegaradagi qarama-qarshiliklar fonida Tojikiston Rossiyadan harbiy yordam so‘raganini yozdi, ammo rasmiylar buni rad etdi.

O‘zbekiston Markaziy bankining vazifalari kengaytiriladi

O‘zbekiston Markaziy banki mamlakatda moliyaviy texnologiyalar sohasini rivojlantirish uchun mas’ul bo‘ladi. Yangi vazifalar innovatsiyalarni makroiqtisodiy barqarorlik bilan muvozanatlash, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va fintex startaplarini qo‘llab-quvvatlashni o‘z ichiga oladi.

Avstraliya Sidneydagi teraktdan keyin qurol qonunchiligini kuchaytirmoqchi

Avstraliya hukumati Sidneydagi plyajda sodir etilgan teraktdan keyin dunyodagi eng qat’iy qonunlardan biri hisoblangan qurol-yarog‘ qonunchiligini yanada kuchaytirmoqchi. Yahudiylarning Hanuka bayramida sodir bo‘lgan otishma oqibatida 15 kishi halok bo‘ldi, 40 dan ortiq kishi yaralandi.

“Mening maktabim” loyihasining 2-bosqichi boshlandi

“Mening maktabim” loyihasining 2-bosqichi doirasida loyihalarni shakllantirish boshlandi. O‘quvchilar “Ochiq budjet” portalida loyihani tanlashi yoki o‘zi yaratishi orqali loyihalarni ilgari surishlari mumkin. 2-bosqichda 96 ta tumandagi 5104 ta maktab ishtirok etadi.

O‘zbekiston qurilish sohasini qanday qilib “oqartirishni” rejalashtirmoqda?

O‘zbekistonda qurilishdagi yashirin iqtisodiyotni qisqartirish bo‘yicha choralar ko‘riladi: ko‘chmas mulk va qurilish materiallari uchun soliq bazasi bozor qiymatida hisoblanadi, shartnomalar raqamlashtiriladi, qoidabuzarlarning tenderdagi ishtiroki cheklanadi. Qolaversa, uy xarid qilishda keshbek joriy etilish mumkin.

“Singan buyumlar butun oilamizni boqqan” — qo‘qonlik chegachi hikoyasi

Gazeta va Uklon’ning hamkorlikdagi “Otameros” loyihasi davom etadi. Zamon taraqqiyoti bilan ahamiyatini yo‘qotib borayotgan eski kasblar va taqdiri shu kasblarga tutash o‘z ishining ustalariga bag‘ishlangan loyiha yana bir qahramon - chegachilikni 12 yoshida boshlagan qo‘qonlik Habibullo Ne’matullayevni kashf etdi.

Ëó÷øåå

Endi bir soliqqa to‘langan ortiqcha to‘lov boshqasiga yo‘naltiriladi

O‘zbekistonda endi soliq to‘lovchilarga ortiqcha to‘langan va undirilgan summalardan nafaqat muayyan bir soliq, balki boshqa soliqlar uchun ham foydalanishga ruxsat berildi. Shuningdek, soliq hujjatlarini faqat ERI emas, balki biometriya (Face-ID yoki barmoq izi) yordamida ham tekshirish mumkin bo‘ldi.

Banklar sanatsiyasi va likvidatsiyasiga doir qonun qabul qilindi

Prezident banklar, ularning guruhlari va banklarda ulushga ega holding kompaniyalarining sanatsiyasi (bankrotlikdan qutqarish) va likvidatsiyasi tartibini belgilovchi qonunni imzoladi. Sanatsiya, birinchi navbatda, tizimli ahamiyatga ega banklar to‘lov qobiliyatini yo‘qotganda qo‘llanadi.

Komil Allamjonov Prezident administratsiyasiga qaytdi

Komil Allamjonov Prezident administratsiyasi yangi rahbari Saida Mirziyoyevaning jamoatchilik asosida mustaqil maslahatchisi bo‘ldi. U so‘z erkinligi, investitsiya va innovatsiyalar sohalarida ekspertlik yordami ko‘rsatadi.

Volkswagen 2026-yilgacha O‘zbekistonda avtomobil ishlab chiqarishni qayta boshlaydi

O‘zbekistonda Volkswagen avtomobillarini ishlab chiqarish 2026-yilgacha qayta boshlanishi rejalashtirilmoqda. “O‘zavtosanoat” xabariga ko‘ra, Alyans Auto bilan loyiha litsenziyalangan yirik uzelli yig‘ishni, keyinchalik yangi sedanlar va yo‘ltanlamaslarni qo‘shgan holda to‘liq ishlab chiqarishga o‘tishni nazarda tutadi.

Àêòóàëüíîå

1-yanvardan Vakolat.uz platformasi ishga tushadi

1-yanvardan davlat xizmatlaridan boshqa shaxslar vositasida foydalanish imkonini beruvchi Vakolat.uz platformasi ishga tushiriladi. Unda, shuningdek, ishonchnomalarni ixtiyoriy ro‘yxatdan o‘tkazish hamda barcha turdagi ishonchnomalarning haqiqiyligini tekshirish mumkin. Platformadan foydalanish bepul bo‘ladi.

Oliy ta’lim vazirining barcha o‘rinbosarlari lavozimidan ozod etildi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining o‘rinbosarlari Shoxrux Daliyev, Otabek Mahkamov va Sarvarxon Buzrukxonov lavozimidan ozod etildi. Shuningdek, Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi direktori Adxam Xudaykulov va Innovatsion rivojlanish agentligi direktori Sharof Rajabbayev ham ishdan olindi.

O‘zbekistonliklar to‘liq Oy tutilishiga guvoh bo‘ladi

O‘zbekistonning barcha aholisi 7-sentabr kuni to‘liq Oy tutilishining guvohi bo‘ladi. Jarayon Toshkent vaqti bilan soat 21:27 da boshlanadi va maksimum fazasiga soat 23:11 da yetadi. Uni ko‘rish uchun maxsus jihozlar talab qilinmaydi va oddiy ko‘z bilan kuzatish mumkin, deydi mutaxassis.

Shavkat Mirziyoyevning 24-oktabr kuni Bryusselga tashrifi kutilmoqda

O‘zbekiston prezidentining 24-oktabr kuni Bryusselga tashrifi kutilmoqda, u yerda Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitim imzolanishi rejalashtirilgan. Bu haqda Yevropa Ittifoqi prezidenti Antoniu Koshta mustaqillikning 34 yilligi munosabati bilan yo‘llagan tabrigida ma’lum qildi.