Íîâîñòè


SSV elektron retseptlar bo‘yicha murojaatlarni o‘rganmoqda

SSVda “Elektron retsept” tizimini joriy etish bo‘yicha ishchi guruh yig‘ilishi o‘tmoqda. Tizim ishga tushishi bilan ko‘plab aholi odatiy dori-darmonlarni sotib olish imkoniyatiga ega bo‘lmay qoldi. Masala tarmoqlarda qizg‘in muhokama qilinmoqda.

Shavkat Mirziyoyev Paragvay prezidenti bilan uchrashdi

Shavkat Mirziyoyev Ko‘ksaroy qarorgohida Paragvay prezidenti Santyago Penya bilan muzokara o‘tkazdi. Bu Lotin Amerikasi davlati prezidentining O‘zbekistonga ilk tashrifidir. Yetakchilar savdo-iqtisodiyot, madaniy-gumanitar, ta’lim va boshqa sohalardagi yo‘nalishlarni muhokama qildi.

Daniya ilk bor AQShni xavfsizlikka tahdid deb atadi

Daniya tashqi va harbiy razvedka xizmati ilk marta AQShni mamlakat xavfsizligiga potensial tahdid deb atadi. Aytilishicha, AQSh “o‘zining iqtisodiy va texnologik kuchidan hokimiyat quroli sifatida foydalanyapti”.

AQSh Venesuela qirg‘oqlarida neft tankerini egallab oldi

AQSh Venesuela qirg‘oqlarida sanksiyalangan neft tankerini egallab oldi. “Biz haqiqatan ham shu paytgacha ko‘rilgan eng ulkan tankerni qo‘lga kiritdik”, - dedi Tramp. Venesuela AQShni “oshkora o‘g‘rilik”da ayblab, tankerni egallashni “xalqaro qaroqchilik harakati” deb atadi.

Korrupsiya haqida xabar beruvchilarga himoya orderi beriladi

Prezidentga korrupsiyaning oldini olishga doir rejalar taqdimot qilindi - xavf yuqori sohalarda maxsus loyiha ofislari tashkil etiladi, korrupsiya haqida xabar beradiganlarga himoya orderi beriladi, sohaga hissa qo‘shganlar uchun ko‘krak nishoni ta’sis etiladi.

Davlat idoralari Korrupsiyaga qarshi kurashish klasteriga birlashadi

Prezident korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha yangilangan rejalar taqdimoti bilan tanishdi. Davlat idoralari o‘rtasida yagona “antikorrupsion klaster” tashkil etish, E-qaror portalida hujjatlar ochiq e’lon qilinishini ta’minlash va SI asosidagi Xavf-tahlil markazini yaratish ko‘zda tutilgan.

Ko‘chmas mulk va qurilish materiallari uchun soliqlar bozor narxida hisoblanadi

2026-yildan O‘zbekistonda ko‘chmas mulk va qurilish materiallari bo‘yicha soliq bazasi ularning bozor qiymatidan kelib chiqib hisoblanadi. O‘zbekistonliklarga onlayn tovar yoki xizmatlar sotadigan xorijiy kompaniyalar soliq organlarida ro‘yxatdan o‘tishi shart bo‘ladi - aks holda, ularning faoliyati cheklanadi.

O‘zbekistonga Xitoydan 50 dan ortiq agrodron olib kelinadi

O‘zbekistonga 2026-yilda Xitoydan yana 50 dan ortiq agrodron olib kelinadi. Agrar sohada dronlar uchun belgilangan uchish og‘irligi 100 kilodan 250 kilogacha oshiriladi. Avvalroq 2025-yil kuzida 100 dan ziyod agrodron olib kelinishi xabar qilingandi.

Ëó÷øåå

Akademik litseylarga qabul boshlandi

2025/2026-o‘quv yili uchun akademik litseylarga umumta’lim maktablarining 9-sinf bitiruvchilaridan hujjatlarni onlayn qabul qilish boshlanadi. Qabul jarayonlari 10-iyulga (shu kuni ham) qadar davom etadi.

Àêòóàëüíîå