Íîâîñòè


O‘zbekistonliklar Shvetsiyada magistraturada bepul o‘qishi mumkin bo‘ldi

O‘zbekiston fuqarolari Shvetsiyada magistraturada bepul tahsil olishi mumkin bo‘ldi. Mamlakat SISGP dasturi doirasida grant beriladigan davlatlar ro‘yxatiga kiritildi. Dastur Shvetsiyaning 29 ta yetakchi OTMlarida ingliz tilidagi magistratura dasturlarini qamrab oladi. Arizalar 15-yanvargacha qabul qilinadi.

“Alimentlar — ijrodagi eng muammoli masalalardan biri” — MIB rahbari

O‘zbekistonda alimentlar bo‘yicha ijro hujjatlari soni so‘nggi 5 yilda 41 foizga oshib, 476 mingtaga yetdi. MIB rahbari aliment to‘lovlari jamg‘armasi faoliyati, qarzdorlar to‘lovdan bo‘yin tovlashi uchun “bo‘shliqlar”ni yopish va korrupsiyaga qarshi kurash choralari haqida so‘zlab berdi.

Toshkent metrosida ayol mashinistlar soni 15 nafarga yetdi

2025-yilda Toshkent metrosida ilk bor 15 nafar ayol mashinist sifatida ish boshladi. Ular 11 oy ichida nazariy bilim olgach, dastlab yordamchi mashinist sifatida amaliyot o‘tadi. Hozirgi kunda ayol elektropoyezd haydovchisi “O‘zbekiston”, “Yunusobod” va “Yer usti halqa yo‘li” yo‘nalishlarida faoliyat yuritmoqda.

Inversiya sabab havo ifloslanishi 17-yanvargacha davom etadi — Ekoqo‘mita

O‘zbekistonda inversiya hodisasi tufayli havoning ifloslanishi 16−17-yanvargacha davom etishi mumkin. Ekoqo‘mitaga ko‘ra, o‘nlab korxonalar va avtotransportlarga nisbatan choralar ko‘rildi. Vaziyat keyingi hafta oxirida, yog‘ingarchilik va shamol kuchayishi bilan normallashishi prognoz qilinmoqda.

“Hikmatlar toshi"dan “Ajal tuhfasi"gacha. Garri Potter haqidagi filmlardan test

Qanday yashash insonning o‘z tanloviga bog‘liq. To‘g‘ri ammo oson bo‘lmagan hayot yo‘li sinovlarga boy - ularni esa faqat muhabbat, do‘stlik va adolat bilan yengish mumkin. Gazeta shu kabi g‘oyalar ajoyib vizual va kinematografik yechimlar orqali ifodalangan “Garri Potter” filmlari asosida test tayyorladi.

O‘zbekiston 2025-yilda: siyosat, iqtisodiyot va jamiyatdagi asosiy masalalar

2025-yil O‘zbekistonda nimasi bilan yodda qoldi? Mamlakat qator sammitlar o‘tkazdi, qatnashdi, energiya tariflari islohotini yakunladi, Ai-80 benzinidan voz kechdi va JSTga yanada yaqinlashdi. Elektron retseptlarga o‘tish boshlandi, terma jamoa JCHga chiqdi, ekologik vaziyat yil chaqirig‘iga aylandi. Gazeta sarhisobi.

O‘zbekistonda 1-yanvarda 1815 nafar chaqaloq dunyoga keldi

O‘zbekistonda 2026-yilning birinchi sutkasida 1815 nafar bola tug‘ildi. Dunyoga kelgan ushbu bolalar orasida 17 egizak (jami 37 nafar bola) bor. Ularning 30 nafari ikki homilalik, 3 nafari 3 homilalik, 4 nafari esa 4 homilalik egizakdir.

Test: “Uyda yolg‘iz”ni qanchalik yaxshi bilasiz?

Yangi yil - ezgu tilaklar, mandarin va shirinliklar bilan o‘ziga xos, ba’zi kinolar qayta-qayta tomosha qilinadigan bayram. Yangi yil kayfiyatini ulashuvchi filmlar ro‘yxatini esa “Uyda yolg‘iz”siz tasavvur qilib bo‘lmaydi.

Xotira: 2025-yilda vafot etgan taniqli o‘zbekistonliklar

Gazeta 2025-yilda vafot etgan o‘zbekistonlik jamoat, madaniyat, sport arboblari va boshqa mashhurni xotirlaydi. Shuningdek, Ismoil Jo‘rabekov haqida vazir Shavkat Hamroyev, Dilorom Omonullayeva haqida xonanda Kumush Razzoqova, Alisher Ro‘zioxunov haqida jurnalist Ilyos Safarov o‘z xotiralari bilan bo‘lishdi.

Prezident: 2025-yil katta o‘zgarishlar va yutuqlar yili bo‘ldi

2025-yil O‘zbekiston uchun “katta o‘zgarishlar va ulkan natijalar” yili bo‘ldi, dedi Shavkat Mirziyoyev xalqqa yo‘llagan Yangi yil tabrigida. Yangi yilda “har bir oilaning baxtli, farovon va sog‘lom hayot kechirishini ta’minlash uchun yangi imkoniyatlarni ishga solamiz”, dedi u.

Foto: 31-dekabrda Toshkent

Toshkentda yilning so‘nggi kuni qor bilan boshlandi, kunning o‘rtasida esa qor yomg‘ir bilan o‘rin almashdi. Noqulay ob-havoga qaramay, poytaxt aholisi bezatilgan ko‘chalar va bayram maydonchalari bo‘ylab sayr qilishga chiqdi.

O‘zbekiston — 2025-yilgi fotosuratlarda

O‘tayotgan yil ko‘plab muhim lahzalar, quvonchli va fojiali voqealar bilan yodda qoldi. 2026-yil bo‘sag‘asida Gazeta o‘tib borayotgan 2025-yilni fotosuratlarda eslab o‘tdi.

Damas qariyb 30 yil ichida ilk marta to‘liq yangilanmoqda

UzAuto Motors Chevrolet Damas’ning yangi - yo‘lovchi (Move) va yuk (Max) modellarini taqdim etdi. Bu qariyb 30 yil ichida modelning birinchi keng ko‘lamli yangilanishidir. Ular endi “zamonaviy talablarga to‘liq javob beradi”, xususan, xavfsizlik yostiqchalariga ega. Eski Damas ishlab chiqarish esa davom etadi.

Ëó÷øåå

AQSh Ukrainaga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi. Nimalar ma’lum?

AQSh Pentagonning zaxiralari kamayib ketganidan xavotirlanib, Ukrainaga ba’zi turdagi qurollarni, jumladan, havo hujumidan mudofaa raketalarini yetkazib berishni to‘xtatdi. Oq uyning ta’kidlashicha, bunday qaror “Amerika manfaatlarini birinchi o‘ringa qo‘yish” uchun qabul qilingan.

Toshkentdagi bog‘chada besh yoshli bola 2-qavatdan tushib ketdi

Chilonzor tumanidagi davlat bog‘chasida besh yoshli tarbiyalanuvchi nazoratsizlik oqibatida ikkinchi qavat derazasidan tushib ketdi. Oqibatda bola qo‘l, burun, jag‘ sohalari sinishi tashxisi bilan jonlashtirish bo‘limiga yotqizildi. Poytaxt MMTBga ko‘ra, hozirda uning ahvoli yaxshilangan.

Davronbek Sattarov Paxtaobod tumani hokimi bo‘ldi

Andijon viloyatining Paxtaobod tumaniga Davronbek Sattarov hokim etib tayinlandi. U bungacha viloyat hokimining turizm, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari vazifasida ishlagan.

Àêòóàëüíîå

Nega so‘m dollarga nisbatan noodatiy mustahkamlandi? Markaziy bank izohi

Markaziy bank raisi so‘mning dollarga nisbatan almashuv kursi so‘nggi oylar ichida noodatiy mustahkamlanganiga izoh berdi. Timur Ishmetov milliy valyutaning mustahkamlanish tendensiyasi bir qator omillar natijasida yuz berayotganini aytdi va Markaziy bank almashuv kursi shakllanishiga aralashmasligini eslatdi.

O‘zbekistonda pensiya yoshini oshirish rejalashtirilmoqda. Tafsilotlar

O‘zbekistonda pensiya yoshi chegarasini erkaklar uchun 60 yoshdan 63 yoshgacha, ayollar uchun 55 yoshdan 58 yoshgacha bosqichma-bosqich oshirish taklif etildi. Pensiya jamg‘armasi vakilining ma’lum qilishicha, yosh chegarasini oshirishning ikkita varianti ko‘rib chiqilmoqda.