Íîâîñòè


Moldova MDHdan chiqish jarayonini boshladi

Moldova MDH nizomi, MDHni tuzish to‘g‘risidagi bitim va tegishli ilovani denonsatsiya qilish tartibini boshladi, dedi bosh vazir o‘rinbosari Mixay Popshoy. Uning aytishicha, bu qadam hamdo‘stlikdan chiqish jarayonini yakunlab beradi.

Xitoyda tug‘ilish ko‘rsatkichi 1949-yildan beri eng past darajaga tushdi

Xitoy aholisi ketma-ket to‘rtinchi yil qisqarmoqda: 2025-yilda mamlakat aholisi 3,39 mln kishiga kamayib, 1,404 mlrd kishini tashkil qildi. O‘tgan yilda jami 7,92 mln kishi tug‘ildi va bu 1949-yilda qaydlar yuritila boshlanganidan beri eng past ko‘rsatkichdir. Tug‘ilishni rag‘batlantirishlar hozircha ish bermayapti.

O‘zbekistonda metan zapravkalari faoliyati yana cheklandi

O‘zbekistonda metan zapravkalari faoliyati yana cheklandi. Energetika vazirligining ma’lum qilishicha, bu havo haroratining pasayishi bilan bog‘liq. Toshkentda ular bir kun oldin yopilgandi. Shoxobchalarning aniq ish vaqti ko‘rsatilmagan. Propan zapravkalari esa ishlamoqda.

O‘zbekistonda deyarli 2,5 mln xonadon ro‘yxatga olib bo‘lindi

15-yanvardan beri O‘zbekistonda qariyb 2,5 mln xonadon, shuningdek, 31 ming fermer xo‘jaligi va agrar korxonalar onlayn tarzda ro‘yxatga olindi, deya ma’lum qilindi prezidentga. Ro‘yxatga olish tadbirlarini o‘tkazish uchun asosan “mahalla yettiligi” a’zolaridan iborat 60 mingga yaqin mutaxassis o‘qitildi.

Xayriddin Sultonovga O‘zbekiston xalq yozuvchisi unvoni berildi

Prezident maslahatchisi - spichrayteri Xayriddin Sultonov O‘zbekiston xalq yozuvchisi unvoni bilan mukofotlandi. Unvon yozuvchiga milliy adabiyot va madaniyat rivojiga qo‘shgan hissasi, davlat idoralaridagi ko‘p yillik xizmati va tavalludining 70 yilligi munosabati bilan berildi.

Qarshi neft bazasi direktori lavozimidan ozod etildi

Yo‘l qo‘yilgan tizimli kamchiliklar va boshqaruvdagi xatoliklar sabab Qarshi neft bazasi direktori lavozimidan ozod etildi “O‘zbekneftgaz” boshqaruv raisi Abdug‘ani Sanginov boshchiligidagi ishchi guruh Qarshi neft bazasida o‘rganish ishlarini olib borgan va bazaning bugungi holatini qoniqarsiz deb topgan.

Navoiyda otasi og‘ziga paypoq tiqqan 5 oylik chaqaloq vafot etdi

Xatirchi tumanida yig‘lagani uchun otasi og‘ziga paypoq tiqib qo‘ygan besh oylik chaqaloq vafot etdi. Bola to‘rt kun davomida shifoxonaning jonlantirish bo‘limida qolgan. Gumonlanuvchiga jinoiy ish ochilib, qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llandi.

Nukus shahriga ilk elektrobuslar oliib kelindi

Nukus shahri jamoat transporti yo‘nalishlariga ilk bor elektrobuslar chiqariladi. Buning uchun Xitoydan dastlabki 12 ta transport vositasi olib kelindi. Yil yakuniga qadar shaharga jami 200 ta avtobus yetkazib berilishi kutilmoqda.

Nukus shahriga ilk elektrobuslar olib kelindi

Nukus shahri jamoat transporti yo‘nalishlariga ilk bor elektrobuslar chiqariladi. Buning uchun Xitoydan dastlabki 12 ta transport vositasi olib kelindi. Yil yakuniga qadar shaharga jami 200 ta avtobus yetkazib berilishi kutilmoqda.

Xalqaro o‘zbeklar kuni ta’sis etiladi

Xalqaro o‘zbeklar kunini belgilash va butun dunyoda bu kunni elchixonalar yordamida nishonlash rejalashtirilmoqda. Taklif O‘zbekistonning AQShdagi elchisi Furqat Sidiqov tomonidan yetkazildi, prezident ma’qulladi.

Nima tayyorlaymiz: nonushtalar

Suluguni sirniklari, qiymali grenkalar, menemen, lavashdan tayyorlangan tezpishar pirojkalar va boshqa nonushta retseptlari - Zira.uz jamlanmasida.

Ëó÷øåå

Soliqqa oid nizolar bo‘yicha ekspert kengashi tashkil etiladi

Prezident soliq masalasidagi nizolarni tadbirkorlar uchun osonroq va arzonroq hal etish maqsadida yangi tartib joriy etdi. Unga ko‘ra, Savdo-sanoat palatasi huzurida Soliqqa oid nizolar bo‘yicha ekspert kengashi tashkil etilib, soliq organlari qaroridan norozi tadbirkorlar murojaatini sudgacha ko‘rib chiqadi.

Raqobat qo‘mitasi 43 mlrd so‘mlik noqonuniy tenderlarni bekor qildi

O‘zbekiston bo‘ylab “noxolislik va raqobatni cheklovchi shartlar” bilan o‘tkazilgan jami 43 mlrd so‘mlik davlat xaridlari Raqobat qo‘mitasi aralashuvidan so‘ng bekor qilindi. Respublika miqyosida o‘nlab buyurtmachilar, xususan, SamAuto, Uzbekistan Airways, Xalq banki tenderlarida qonunbuzarliklar aniqlandi.

Àêòóàëüíîå

Bolalar adabiyotining global tendensiyalari. Ularga ergashish nima uchun muhim?

Janubiy Koreyada Osiyo-Tinch okeani mintaqasi mamlakatlari yozuvchi, noshir va rassomlari ishtirokida Bolalar va o‘smirlar adabiyoti xalqaro kengashining (IBBY) konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Yozuvchi Dinara Mo‘minova bolalar adabiyotining dolzarb tendensiyalarni to‘plab, ularga ergashishning ahamiyatini tushuntirdi.