AQSh prezidenti maxsus elchisi Serjio Gor O‘zbekiston va Qirg‘izistonga tashrif buyuradi
AQSh prezidentining Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Serjio Gor 3−7-fevral kunlari O‘zbekiston va Qirg‘izistonga tashrif buyuradi. U “B5+1” biznes forumida ishtirok etadi hamda biznes vakillari va hukumat amaldorlari bilan uchrashuvlar o‘tkazadi.






























