Íîâîñòè


UzAutoMotors Traverse Z71 avtomobilini taqdim etdi

UzAutoMotors Traverse Z71 avtomobili sotuvi boshlanganini ma’lum qildi. Krossover narxi 795 mln so‘m. Model 328 ot kuchiga ega 2,5 litrli turbo benzin dvigateli bilan jihozlangan. Yoqilg‘i sarfi aralash siklda har 100 kilometr masofa uchun o‘rtacha 11,7 litrni tashkil qiladi.

Hafta davomida harorat +18 darajagacha ko‘tariladi

Hafta davomida O‘zbekistonda beqaror ob-havo kuzatiladi. Harorat kechalari +5…+10, kunduz kunlari +13…+18 daraja atrofida bo‘ladi. Joylarda yog‘ingarchilik ham kuzatiladi. Juma kuni esa havo yana soviydi.

Yanvar — suratlarda

Yilning ilk oyi O‘zbekistonda va uning tashqarisida muhim voqealarga hamda yorqin lahzalarga boy bo‘ldi. Yanvarning so‘nggi kuni savdo markazida sodir bo‘lgan va bir bolaning umriga zomin bo‘lgan fojiali yong‘in bilan muhrlandi. Gazeta ushbu oyning e’tiborga molik suratlarini jamladi.

Yashnoboddagi savdo markazida yong‘in chiqdi

Toshkent shahridagi Aviator savdo majmuasida yong‘in sodir bo‘ldi. O‘t o‘chirish ishlari 15:53 da boshlangan. Voqea joyiga favqulodda vaziyatlar vaziri Azizbek Ikramov yetib kelgan.

Qorli Toshkent (22-yanvar)

Qor o‘ynagan bolalar, shosha-pisha tashlangan qadamlar, singan daraxt shoxlariyu shaharni tark etmagan Yangi yil shuhuki - Murod Yusuf Toshkentda yog‘gan navbatdagi qordan fotoreportaj tayyorladi.

“Eski tartib qaytmaydi”. Davos forumida jahon yetakchilari nimalar dedi?

Kanada bosh vaziri Mark Karni Davosdagi Jahon iqtisodiy forumidagi nutqida dunyo “burilish nuqtasi”ni boshdan kechirayotganini aytdi va o‘rta davlatlarni “birgalikda harakat qilishga” chaqirdi. Forumda AQSh, Fransiya prezidentlari va boshqa yetakchilar ham so‘zga chiqdi. Ularning nutqi - Gazeta materialida.

Ëó÷øåå

Mudofaa vazirligi tizimidagi OTMlarga rahbarlar tayinlandi

Yangi tashkil etilgan Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti rahbarining birinchi o‘rinbosari, uning tarkibidagi to‘rtta harbiy institut boshliqlari, shuningdek, Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni tayinlandi.

1-avgustdan O‘zbekistonda nimalar o‘zgaradi?

Ish haqi va stipendiyalar 10 foizga oshadi, elektr uchun to‘lovlar chiqindi xizmati to‘loviga bog‘lanadi, davlat organlarida majburiy jismoniy tarbiya va harakat faolligi tadbirlari boshlanadi, davlat xizmati lavozimlariga yangi tartibda tanlov o‘tkaziladi - O‘zbekistonda 1-avgustdan nimalar o‘zgaradi?

Hisob palatasiga qo‘shimcha vazifalar yuklatildi

Hisob palatasiga prezident topshiriqlari doirasida ajratilgan pullarning maqsadli sarflanishini o‘rganish bilan birga ularning aholi hamda tadbirkorlar uchun samaradorligini tahlil qilish vazifasi topshirildi.

O‘rta koridor: Markaziy Osiyo yangi tranzit yo‘lini qanday izlamoqda?

Gazeta sharhlovchisi Dmitriy Povarov Transport vazirligi tashabbusi bilan mahalliy va xorijiy hamkorlar ishtirokida tayyorlangan O‘rta (Transkaspiy) koridor istiqbollariga oid hisobotni o‘rgandi. Unda mutaxassislar Yevropaga Rossiyani chetlab o‘tadigan tranzit oqimlari konfiguratsiyasini belgilashga urinadi.

Afrika — O‘zbekiston diplomatiyasidagi yangi yo‘nalish. Nega aynan hozir?

2023-yildan boshlab Toshkent Afrikadagi 13 ta mamlakat bilan aloqalarni yo‘lga qo‘ydi. Gazeta ekspertlar bilan mintaqaga bo‘lgan qiziqish sabablari, hamkorlikning ehtimoliy yo‘nalishlari, shuningdek, Markaziy Osiyo va Afrika o‘rtasida mintaqalararo aloqalarni o‘rnatish istiqbollari haqida suhbatlashdi.

Tibbiyot universiteti Hindiston hukumati tanqidlarini asossiz deb atadi

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Chirchiq filiali Hindiston Milliy tibbiyot komissiyasining filial ta’lim sifatini tanqid qiluvchi bayonotini asossiz deb atadi va qoraladi. Unga ko‘ra, oliygohdagi ta’lim xalqaro standartlarga javob beradi, “talabalar huquqlarini himoya qilish ustuvor”.

Àêòóàëüíîå

Dushanbeda elektr samokat va skuterlar taqiqlandi

Dushanbeda 2030-yilgacha yo‘llar va piyodalar o‘tish joylarida elektr samokatlar va skuterlarda harakatlanish taqiqlandi. Alohida ajratilgan joylar mustasno. Rasmiylar samokatlar va skuterlar bilan bog‘liq YTHlar sonini shu orqali kamaytirish niyatida.

Dunyoda 100 milliondan ortiq odam veyp chekyapti — JSST

JSST hisob-kitoblariga ko‘ra, bugungi kunda dunyoda 100 milliondan ortiq odam elektron sigaretlar (veyp) chekmoqda, ularning kamida 15 millioni 13−15 yoshlilardir. JSST ekspertlarining fikricha, bu sayyorada “nikotinga qaramlikning yangi to‘lqini”ga olib kelishi mumkin.

Chet el fuqarolari uchun maxsus soliq rejimi joriy etiladi

Prezident farmoniga muvofiq, O‘zbekistonda chet el fuqarolari uchun maxsus soliq rejimi joriy etiladi. 50 ming dollar miqdorida maxsus yig‘im to‘lagan va O‘zbekistonda bank hisobvarag‘ini ochgan chet el fuqarolarining O‘zbekistondan tashqaridagi manbalardan olingan daromadlari daromad solig‘idan ozod qilinadi.

Afg‘onistonda internet to‘liq o‘chirildi

29-sentabr oqshomidan boshlab Afg‘onistonda internet butunlay o‘chirildi. Mobil internet va sun’iy yo‘ldosh televideniyesi xizmatlarida ham uzilishlar kuzatilmoqda. NetBlocks xalqaro veb-monitoring xizmati vaziyatni “Tolibon” tomonidan ko‘rilayotgan “axloqiy me’yorlarni mustahkamlash” choralari bilan bog‘ladi.