Íîâîñòè


Qozog‘iston superprezidentlik boshqaruv shaklidan voz kechmoqda — Toqayev

Qozog‘iston superprezidentlik boshqaruv shakli bilan uzil-kesil xayrlashib, kuchli parlamentga ega prezidentlik respublikasiga o‘tmoqda, deb bayonot berdi prezident Qasim-Jomart Toqayev. Bu o‘zgarishlar yangi Konstitutsiyada mustahkamlab qo‘yiladi, uning loyihasi hozirda muhokama bosqichida turibdi.

Qatardagi Art Basel ko‘rgazmasida Buxoro biyennalesi modeli namoyish etildi

2025-yil sentabrdan noyabrgacha 1,8 mln tashrif buyuruvchi borib ko‘rgan Buxoro biyennalesi modeli Qatardagi Art Basel san’at yarmarkasida namoyish etildi. Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi Buxoroning zamonaviy konteksti, hunarmandchiligi va me’moriy merosiga asoslangan loyihani taqdim etdi.

Sohibjon Murodov Davaktiv direktori bo‘ldi

Prezident qarori bilan Sohibjon Murodov Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori lavozimiga tayinlandi. Yaqinda tashkilotning avvalgi rahbari agentlikdagi talon-torojliklar ortidan ishdan olingandi.

Test: Alisher Navoiyning asarlarini bilasizmi?

Turkiy tilda yozilgan ilk “Xamsa” asari, “Xazoyin ul-maoniy”, “Lison ut-tayr”, “Muhokamat ul-lug‘atayn” singari bebaho asarlar muallifi Alisher Navoiy tavalludiga 9-fevralda 585 yil to‘ldi. Sana munosabati bilan Gazeta shoir va mutafakkirning adabiy merosi asosida test tayyorladi.

“Kitoblar men uchun eng yaxshi tasalli”. Joan Rouling hikoyasi

Gazeta xotin-qizlar haqidagi stereotiplarni parchalab, o‘z faoliyati bilan tarixda iz qoldirgan ayollar haqidagi hikoyalarni davom ettiradi. Bu gal bolalarda mutolaaga qiziqish uyg‘otib, dunyo bo‘ylab 500 milliondan ortiq nusxada sotilgan Garri Potter haqidagi romanlar muallifining hayotiga nazar tashlaydi.

Norvegiyada Epshteyn ishi bo‘yicha sobiq bosh vazirga nisbatan tergov boshlandi

Norvegiya politsiyasi sobiq bosh vazir va Nobel qo‘mitasi sobiq rahbari Turbyorn Yaglandga nisbatan Epshteyn bilan aloqalari sababli yuzaga kelgan korrupsiya gumonlari bo‘yicha tergov boshladi. Ishga oid hujjatlarda moliyachining, shuningdek, Norvegiya kronprinsessasi Mette-Marit bilan yozishmalari ham aniqlangan.

Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi tashkil etildi

O‘zbekiston sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari sohasida yagona boshqaruvni joriy etmoqda. Bu mamlakatda yuqori texnologiyali va raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish uchun qiymat zanjirini yaratishga, shu bilan birga, tashqi omillarga bog‘liqlikni kamaytirishga qaratilgan.

Yozuvchi va tarjimon Boboxon Muhammad Sharif vafot etdi

Adabiyotshunos, tarjimon va noshir Boboxon Muhammad Sharif 77 yoshida vafot etdi. U qator asarlarni o‘zbekchaga tarjima qilgan, turk va ozarbayjon tilida kitoblar chiqargan. Ijodkor “Mendirman Jaloliddin” serialining ssenariy mualliflaridan biri va serialning bosh maslahatchisi bo‘lgan.

Xitoy kompaniyalari O‘zbekistonda 5 ta GESni modernizatsiya qiladi

Xitoyning Sinohydro va TBEA kompaniyalari O‘zbekistonda 5 ta GESni modernizatsiya qiladi. Shahrixon (GES-5A, GES-6A) va Quyi Bo‘zsuv (GES-19, 22, 23) kaskadlaridagi stansiyalar modernizatsiya qilinib, ularning quvvati oshiriladi va qo‘shimcha elektr energiya ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi.

Ëó÷øåå

Mubashshir Ahmad ustidan sud jarayoni boshlandi

Mubashshir Ahmad taxallusi bilan tanilgan Alisher Tursunovga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi yuzasidan sud boshlandi. U diniy ekstremizm va aqidaparastlik g‘oyalarini targ‘ib etuvchi materiallarni OAV orqali tarqatishda ayblanmoqda.

O‘zbekistondagi falastinliklarga ijtimoiy yordam paketi joriy etildi

Prezidentning yangi farmoni O‘zbekistonga olib kelingan falastinlik fuqarolarga qator ijtimoiy yordamlar joriy etadi. Keksa va mehnat yoshidagi mehmonlar uchun nafaqalar, uy-joy ijarasi xarajatlarini qoplash, farzand tug‘ilganda va dafn etishda o‘zbekistonliklarga belgilangan miqdorda to‘lov shular jumlasidan.

Àêòóàëüíîå

O‘zbekistonda yo‘ldoshli internet 2026-yildan yo‘lga qo‘yiladi

SI infratuzilmasiga 100 mln dollardan ortiq sarmoya kiritgan kompaniyalar uchun Qoraqalpog‘istonda elektr energiyasi narxi 5 sent etib belgilanadi (hozirda yuridik shaxslar uchun - 8,3 sent). 2026-yildan boshlab O‘zbekistonda olis hududlar uchun sun’iy yo‘ldosh internet operatorlari ishga tushadi, dedi prezident.

Namanganda 38 yoshli erkak 7 yoshli qizni zo‘rladi

Yangiqo‘rg‘on tumanida 38 yoshli erkak o‘z qarindoshi bo‘lgan 7 yoshli qizni zo‘rladi. Erkak 2 kunlik qidiruvdan so‘ng ushlangan. U avval jinsiy ehtiyojni zo‘rlik ishlatib g‘ayritabiiy usulda qondirish va nomusga tegish jinoyatlarini sodir qilib, sudlangan.