Íîâîñòè


Milliy valyutadagi kreditlar ulushi 61 foizga yetdi — Markaziy bank

MB ma’lumotlariga ko‘ra, kreditlar tarkibida milliy valyutadagi kreditlar ulushi sezilarli oshib, 2026-yil boshida 61 foizga yetdi (2024-yilda - 55 foiz). Ularning asosiy qismi jismoniy shaxslar hissasiga to‘g‘ri kelib, ichki talabni qo‘llab-quvvatlovchi asosiy omillardan biri bo‘lib qolmoqda.

Toshkentda o‘qilgan ilk taroveh namozi — suratlarda

O‘zbekistonda Ramazon oyining ilk taroveh namozlari boshlandi. Xususan, Toshkentdagi “Rakat” masjidiga yuzlab namozxonlar jamoat ibodati uchun yig‘ildi. Gazeta muxbiri Shohruh Haydarov majmuadagi ilk taroveh shukuhini suratlarga muhrladi.

Shavkat Mirziyoyev Ramazon oyi munosabati bilan xalqqa tabrik yo‘lladi

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqini Ramazon oyi bilan tabrikladi. Prezident o‘z qutlovida mehr-muruvvat, mahallalarni obod qilish va ehtiyojmandlarga yordam berish muhimligini ta’kidladi. Shuningdek, Islom sivilizatsiyasi markazi va Imom Buxoriy majmuasida ehson dasturxonlari yozilishi aytildi.

Foto: Shavkat Mirziyoyev rafiqasi hamrohligida AQShga yetib bordi

Shavkat Mirziyoyev rafiqasi hamrohligida amaliy tashrif bilan AQShga yetib bordi. Davlat rahbarini AQSh-O‘zbekiston savdo palatasi raisi Kerolin Lemm va boshqa rasmiylar, Vashingtondagi qarorgohda esa mamlakat prezidentning maxsus vakili Paolo Zampolli kutib oldi.

Toshkent shahri hokimligi ko‘chalardagi chuqurlarning ko‘payishiga izoh berdi

Toshkentda yo‘llarni faol ta’mirlash martda boshlanadi, deb xabar berdi poytaxt hokimligi. Ishlarni barvaqt boshlashga ob-havo va yuqori namlik yo‘l qo‘ymayapti. Shahar markazidagi o‘ydim-chuqurlar sabab haydovchilar doimiy aylanib o‘tishga majbur bo‘lmoqda, ko‘plab avtomobillarning esa shinalari yorilmoqda.

Ëó÷øåå

O‘zbekiston Urugvay bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi

Futbol bo‘yicha 2026-yilgi jahon chempionatiga yo‘llanma olgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi musobaqaga tayyorgarlik doirasida Urugvay bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi. Uchrashuv 13-oktabr kuni Malayziya poytaxti Kuala Lumpurda bo‘lib o‘tadi.

Namangan shahri hokimi 60 ming dollar pora olganlikda gumonlanib ushlandi

DXX Namangan shahri hokimi Anvarjon Otaxodjayev fuqarolardan ko‘p qavatli uy qurish huquqini olib berish va moliyalashtirish evaziga 60 ming AQSh dollar pora olayotganida ushlanganini ma’lum qildi. Hokim deputat daxlsizligi huquqidan mahrum qilinib, unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Àêòóàëüíîå

O‘zbekistonda Raqamli prokuror axborot tizimlari kompleksi joriy etiladi

O‘zbekistonda 2030-yilgacha prokuratura organlari faoliyati avtomatlashtiriladi. Yangi Raqamli prokuror axborot tizimlari kompleksi qonunlar ijrosini masofadan nazorat qilish imkonini beradi, “E-tergov” tizimi tergov jarayonlarini to‘liq elektron shaklga o‘tkazishni ta’minlaydi.

YUNESKO 15-dekabrni Butunjahon turkiy tillar kuni deb e’lon qildi

YUNESKO Bosh konferensiyasining Samarqanddagi sessiyasida 15-dekabr Butunjahon turkiy tillar kuni deb e’lon qilindi. Bu sana ramziy ma’noga ega: 1893-yilning aynan shu kuni daniyalik olim Vilgelm Tomsen O‘rxun bitiklari alifbosini o‘qib chiqqanini e’lon qilgan.

2026-yildan chiqindi xizmatlari uchun to‘lovlarni uyma-uy undirish to‘xtatiladi

O‘zbekistonda 2026-yil 1-yanvardan chiqindi xizmatlari uchun to‘lovlar faqat onlayn tarzda amalga oshiriladi, ya’ni to‘lovlarni uyma-uy undirish amaliyoti to‘xtatiladi. Istisno tariqasida, internet aloqasi bo‘lmagan, olis hududlarda yashovchilar bank kassalari va “O‘zbekiston pochtasi” orqali to‘lov qilsa bo‘ladi.

O‘zbekistonda “Kelajak merosi” xalqaro mukofoti ta’sis etildi

Prezident qaroriga ko‘ra, 2025-yildan boshlab adabiyot, madaniyat, san’at, ilm-fan va raqamli texnologiyalar kabi sohalarda yuqori natijalarga erishgan ijodkorlar va olimlar “Kelajak merosi” xalqaro mukofoti bilan taqdirlanadi. G‘oliblar 10 ming dollar, diplom va statuetkaga ega bo‘ladi.